Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA NOTA SAVODXONLIGINI ÒRNI VA AHAMIYATI
ÒRNI VA AHAMIYATI · Jovliyeva Marjona Panji qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Mazkur ishda musiqa madaniyati darslarida nota savodxonligini shakllantirish va uning o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, notani o‘qish va yozish ko‘nikmalari orqali musiqani to‘g‘ri anglash, ijro etish va baholash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Amaliy yondashuv va didaktik usullar orqali nota savodxonligini o‘rgatishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: nota savodxonligi, musiqa madaniyati, musiqiy tafakkur, didaktik yondashuv, ijro, musiqiy savod, estetik tarbiya. Bugungi globallashuv davrida ta'lim jarayonlarida san’at va madaniyatning tutgan o‘rni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, musiqa madaniyati fanida o‘quvchilarning musiqiy tafakkurini, eshitish qobiliyatini va estetik didini rivojlantirishda nota savodxonligi muhim omillardan biridir. Nota – bu musiqiy savodning asosidir. U orqali o‘quvchi nafaqat asarni ijro etadi, balki musiqiy matnni o‘qib, o‘z ijodiy dunyoqarashini kengaytiradi. Shu jihatdan, ushbu mavzuning o‘rganilishi ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. XXI asrning dastlabki o‘n yilligi keskin nazariy izlanishlar davri sifati mamlakatimiz tarixiga kirdi. Bu davrda o‘quv jarayonining tamoyillari, mazmuni, tashkiliy shakllari va usullarini ishlab chiqish davri yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi sezilarli darajada isloh qilindi. Natijada, umumta’lim maktabining yangi o’quvchilari, tamoyillari, meyoriy-huquqiy ta’minoti to‘la-to‘kis va uzil-kesil ishlab chiqildi. O‘n bir yillik bepul ta’lim maktabi, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim (1-4-sinf) bosqichdan iborat etib belgilandi. Umumta’lim zarur va majburiy deb tan olindi. Mazkur jarayonda musiqa ta’limi ham chetda qolgan emas. Aksincha “ommaviy musiqiy ta’lim” davlat siyosatiga aylandi va qo‘shiq darsi rasmiy ravishda boshqa majburiy maktab fanlari bilan bir qatorga qo‘ladi. Bu vaqtda umumta’limda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etishda musiqa ta’limidan foydalanish asosiy vosita sifatida qaralishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda musiqa pedagogikasi sohasida katta nazariy va uslubiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Birinchi marta musiqa ta’limining ko‘plab masalalari o‘rtaga qo‘yildi va ma’lum darajada hal qilindi. Umumta’lim maktabi uchun musiqa fani dasturlari takomillashtirildi, musiqa o‘qituvchilari uchun musiqa fani bo‘yicha uslubiy 75 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference to‘plamlar nashr etildi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limini tashkil etishga yangi yondashuvlar, shuningdek, kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etildi. Umumta’lim maktabi musiqa ta’limini sahnalashtirishning asosiy masalalari qayta ko‘rib chiqildi. Maqsad shaxsning hissiy sohasini rivojlantirish. Tajribali musiqa o‘qituvchisi musiqa ta’limi jarayonida musiqa haqidagi bilimlar birinchi o‘ringa qo‘yish orqali uni idrok etish, paydo bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirish, ularni tanish va zarur ehtiyojga aylantirish qobiliyatini rivojlantirish lozim. Ushbu pozitsiyani mustahkamlash borasida musiqa ta’limi jarayonini har tomonlama qo‘llab- quvvatlashdan iborat. Musiqa tarbiyasi shunday ta’limiy jarayonki unda badiiy tarbiyani o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘yishi kerakligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizdagi uzluksiz ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlar aynan musiqa ta’limining asosiy yo‘nalishi, maqsadlari va vazifalarida, musiqa darsida ham aks etdi. O’zining avvalgi shaklini saqlab qolgan holda, u o‘quvchilar faoliyatining yangi turlari – musiqa tinglash, ritm, improvizatsiya bilan boyitilib, boshqa tarkibga ega bo‘ldi. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim musiqa darsi o‘quv mashg‘ulotlarida musiqa savodxonligini ta’minlash o‘quv jarayoni samaradorligini kafolatlash bilan bir Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно- теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal qatorda musiqa ta’limining yuksalishi davrini ta’minlashga xizmat qiladi. Musiqa fani o‘qituvchilari musiqa darsining asosiy muammolarini hal qilishga murojaat qilish davrida uni yuzaga kelish sharti va oqibatlarini o‘rganishga harakat qiladilar. Ushbu jarayonda maktabda musiqa ta’limining mazmunini aniqlash asosida vazifa bo‘lib, avvalambor ilmiy tadqiqotchilardan musiqa terminalogiyalarini aniqlashtirishni talab qiladi. Bunda “boshlang‘ich ta’lim”, “boshlang‘ich ta’limda musiqa”, “boshlang‘ich ta’limda musiqa savodi”, “maktabda musiqa”, “musiqa”, “nota savodxonligi”, “nota o‘qish”, “nota yrodamida kuylash” kabi bir qator tushunchalar yuzaga keldiki, ularni to‘g‘ri tushunish, tahlil qilish va shu yordamida musiqiy-nazariy tushunchalarning tubdan farqlanishga e’tibor berish lozimligini ko‘rsatadi. Bu musiqa pedagogikasida keng tarqalgan quyidagi ta’riflarni izohlashga olib keldi. Shunday qilib, musiqa savodxonlik tushunchasi musiqa bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiya yig‘indisi sifatida aniqlandi, shu jumladan, ko‘nikma, malakala
Доказательный фрагмент
«Mazkur ishda musiqa madaniyati darslarida nota savodxonligini shakllantirish va uning o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ishda musiqa madaniyati darslarida nota savodxonligini shakllantirish va uning o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nota savodxonligi, ijro, musiqa madaniyati, musiqiy savod, musiqiy tafakkur, estetik tarbiya., didaktik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024