Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING EMOTSIONAL INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Shamshaddinova Roza Saken Qizi · Nizomiy nomidagi O‘MPU
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
This article analyzes the pedagogical foundations of the formation and development of emotional intelligence of students in the process of primary education. The content of the concept of emotional intelligence, its components and its role in the socio-psychological development of the child are revealed. Also, teaching methods, taking into account the emotional state of students during the lesson, the role of the teacher and methods of creating an effective environment are highlighted. 104 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Emotional intelligence, primary education, pedagogical approach, emotional state, development of the student's personality, socio- emotional competence, educational process. Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘quvchi shaxsining har tomonlama rivojlanishiga e’tibor qaratish zamonaviy pedagogikaning eng muhim vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, insonning hissiy olami va ijtimoiy ko‘nikmalarini ifodalovchi emotsional intellekt tushunchasi ta’lim tizimida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Global miqyosda olib borilayotgan pedagogik tadqiqotlar va amaliyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, emotsional intellekti rivojlangan bolalar nafaqat o‘z his-tuyg‘ularini boshqara oladi, balki tengdoshlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnata oladi, stress holatlarini yengib o‘tish qobiliyatiga ega bo‘ladi va bu holat ularning o‘quv faolligi va akademik muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang‘ich ta’lim davri bola (boshlang‘ich sinf o‘quvchisi) ning shaxs sifatida shakllanishi va asosiy psixologik xususiyatlarining rivojlanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Shu sababli mazkur davrda o‘quvchilarning emotsional-intellektual rivojiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish dolzarb va zaruriy masala bo‘lib qolmoqda. Ayni shu munosabat bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining emotsional intellektini rivojlantirishning pedagogik asoslari, bu boradagi samarali yondashuvlar va metodlar, shuningdek, o‘qituvchining bu jarayondagi o’rni borasida tahlil olib borish o‘rinlidir. Insonning to‘laqonli shaxs sifatida shakllanishi faqat akademik bilimlar asosida emas, balki uning emotsional va ijtimoiy rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liqdir. Ayniqsa, bugungi o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy muhitda bolalarning o‘z his-tuyg‘ularini anglay olish, boshqara bilish, boshqalar hissiyotini tushunish, hamdardlik qilish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabi fazilatlarini rivojlantirish pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylanmoqda. Emotsional intellekt (EI) tushunchasi birinchi bor amerikalik psixolog Piter Salovey va tadqiqotchi Jon Meyertomonidan 1990-yillarda ilgari surilgan. Ularning fikricha, emotsional intellekt — bu insonning o‘z hissiyotlarini anglash, boshqarish, motivatsiya qilish, boshqalar hissiyotini tushunish va munosabatlarni boshqarish qobiliyatidir. Keyinchalik bu tushuncha Daniel Goleman tomonidan ommalashtirildi. U EI’ni inson muvaffaqiyatining muhim omili sifatida talqin qildi. Golemanning fikricha, emotsional intellekt yuqori 105 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference bo‘lgan insonlar jamiyatda muvaffaqiyatliroq, barqarorroq va ijtimoiy faolroq bo’ladi. Sharqda esa, xususan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Al-G‘azzoliy kabi mutafakkirlar inson tarbiyasida his-tuyg‘ularni nazorat qilish, axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, o‘zini anglash va boshqalar bilan sog‘lom muomala qilishni muhim tarbiyaviy vazifa sifatida ta’kidlab o‘tganlar. Masalan, Forobiy insonning baxtli hayot kechirishi uchun nafaqat aql, balki ma’naviy va hissiy jihatdan to‘la shakllangan bo‘lishi zarurligini uqtirgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi esa bolaning psixologik va hissiy rivojlanishida eng muhim davr hisoblanadi. Bu davrda bola atrof-muhitni yangi ko‘z bilan anglay boshlaydi, o‘zini jamiyat a’zosi sifatida his eta boshlaydi. Shunday paytda emotsional intellektni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar — bolaning o‘z hissiyotlarini anglash, dars davomida o‘z fikrini erkin ifoda etish, tengdoshlari bilan sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy pedagogikada emotsional intellektni rivojlantirish uchun interfaol metodlar, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, jamoaviy ishlar kabi usullar samarali deb topilgan. Masalan, dars jarayonida o‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ularini so‘z bilan ifoda etish, boshqalar fikriga quloq solish, vaziyatlarga nisbatan empatiya bilan yondashishni mashq qilishadi. Bu orqali ularning EI komponentlari — o‘zini anglash, o‘zini boshqarish, ijtimoiy anglash, munosabatlarni boshqarish kabi jihatlar rivojlanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilda tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni”da ham ta’limning asosiy maqsadlaridan biri sifatida “barkamol shaxs tarbiyasi” belgilangan bo‘lib
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the pedagogical foundations of the formation and development of emotional intelligence of students in the process of primary education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the pedagogical foundations of the formation and development of emotional intelligence of students in the process of primary education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Emotional intelligence, primary education, pedagogical, pedagogik yondashuv, boshlang’ich ta’lim, Emotsional intellekt, ta’lim jarayoni., ijtimoiy-emotsional kompetensiya, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, hissiy holat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014