К содержанию
РецензированоUZ1917

1917-1924-YILLARDA O`ZBEKISTONDA MAKTAB VA MADRASALARDAGI TA`LIM TIZIMDA JADIDCHILIK HARAKATINING O‘RNI.

HARAKATINING O‘RNI. · Salohiddin Usmonov Dushan o‘g‘li · Namozova Sevinch Asqar qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 1917

Аннотация

This article discusses the dramatic changes in the lives of the peoples of Central Asia after the February events of 1917 and the October Revolution - socio-political, economic, spiritual and ideological, including in the fields of public education - and the role of the study of the Jadid movement of this period in the current education system. Keywords: Turkestan, education system, Jadid movement, madrasa, school, Jadid method. Аннотация. В статье рассматриваются кардинальные изменения в жизни народов Средней Азии после февральских событий 1917 года и Октябрьской революции — социально-политические, экономические, духовно-идеологические, в том числе в сфере народного образования, — и роль изучения джадидского движения этого периода в современной системе образования. Ключевые слова: Туркестан, система образования, джадидское движение, медресе, школа, джадидский метод. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 19- iyulda qabul qilingan “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish” to‘g‘risida qarorining asosiy maqsadi hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtai nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etish, 109 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodning vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalashdir.Bugungi kunda jadidchilik harakati o‘ganish va uning ilg‘or tajribalarini keng hayotimizga hamda ta’lim tizimi oldidda turgan muammolarni hal etishga qaratish barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy vositalardan biri bo‘lib qolmoqda[1]. XIX asrning boshlariga kelib Turkistonda islom dini keng tarqalib, mustahkam o’rnashib o’z mavqeiga ega edi. Bu davrga kelib diniy e’tiqod asosiy tarbiya kuchi sifatida maydonga chiqdi. Islom dini murakkab ta’limot bo’lganligidan u turlicha talqin qilina boshladi. Islom dinida turli xil oqimlar vujudga kela boshladi. Bu holat islom dinini sofligi uchun kurashuvchi ilg’or kishilarni qoniqtirmas edi. Shuning uchun ham Buxorodagi ma’rifatparvarlar, musulmon ruhoniylar va ziyolilar orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’la boshladi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidlar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar. “Jadid” - so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi”, jadidizm esa yangilik tarafdorlari degan ma’noni anglatadi. XIX asrning o`rtalarida Turkiston o`lkasida boshlang`ich ma`lumot beradigan maktab hamda o`rta va oliy diniy ta`lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko`pchligi diniy ta`lim beruvchi eng oddiy boshlang`ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari,savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o`qitish eng oddiy diniy vazifalarni o`rgatish bilan, ya`ni arab tilida yozilgan Qur`onni o`qishni o`rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo`lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanar edi. Shahar maktablarida diniy ta`limotdan tashqari, umumiy ta`lim elementlari – yozish va hisoblash yo`llari o`rgatilar edi. Shahar maktablarida o`quvchilar soni 20-30-taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O`qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o`zlashtirishiga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval “ Haftiyak”, keyin “ Qur`on” yod olinar, so`ng “ Chor kitob”ga o`tilardi[5]. Har qanday ijimoiy tuzum maktab-maorif, ilm-fan va shu kabi muhim soha vazifalarini hal etmasdan istiqbol sari ko‘z tikolmasligi ayondir. Shu bois sovet hokimiyati mutasaddilari ham bu masalalarga ahamiyat berar ekanlar, avvalo, ularni o‘z sinfiy manfaatlaridan kelib chiqib hal etishga intildilar. Ayniqsa, yangi tuzum xalq ta’limi tizimini o‘z sotsialistik maqsad va g‘oyalari ruhida shakllantirishga alohida urg‘u berdi. Toshkentning eski shaharida uzoq 110 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference yillar davomida politsiya boshlig'i lavozimida ishlagan N. S. Likoshinning o’zbek bolalarining bilimga chanqoqligi va tabiiy qobiliyatlariga baho bergani diqqatga sazovordir. «Men, - deb yozgan edi N. S. Likoshin, - eski maktabni bitirib, to’g’ri shahar bilim yurtiga kelgan bolalarni ko'rganman. Ruslar orasida yurgan bu bolalar tezda o'z tengdoshlari bilan chiqishib, ruscha biyron gaplashadigan bo'lib ketishdi. Buning asosiy sababi, mahalliy bolalarning rus bolalari bilan birga bo'lishidadir. O'yinlarda bolalik mashg'ulotlarida og'izaki nutq tez rivojlanadi». Oliy lavozimdagi mustamlaka ma'murlari ruslashtirish siyosatida Turkiston yoshlariga e'tiborini kuchaytirgani

Доказательный фрагмент

«This article discusses the dramatic changes in the lives of the peoples of Central Asia after the February events of 1917 and the October Revolution - socio-political, economic, spiritual and ideological, including in…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the dramatic changes in the lives of the peoples of Central Asia after the February events of 1917 and the October Revolution - socio-political, economic, spiritual and ideological, including in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Turkestan, education system, Jadid movement, madrasa, school, maktab, Turkiston, usuli jadid., ta`lim tizimi, jadidchilik harakati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники