К содержанию
РецензированоRU2025

Историография книги Авеста (на примере исследований азербайджанских ученых)

Dilovar NASRIDDINOV · The Avesta book (Termez State University) · F. Gosimzoda (Termez State University) · T. Hojiyev (Termez State University) · I. Aliyev (Termez State University)

Общество и инновации · 6 · 432-438 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье в хронологическом порядке книга Авеста, анализируются исследования азербайджанских ученых по "листы памяти", изучению книги "Авеста", излагаются общие "благая мысль, представления в зороастрийской религии. Авторы в своих благое слово, благое дело", трудах приводят собственные выводы касательно анализ трудов А.О. некоторых проблем, связанных со священной книгой Маковельского, "Авеста". Ф. Гасымзоды и Т. Ходжиева, И. Алиева, А. Фазили и других ученых, древние руины Антрапотепа. “Avesto” kitobi haqida ko‘plab xorijiy olimlar tomonidan asarlar yozilgan bo‘lib, umumiy savollarga yechimlar topishga harakat qilingan. Ana shunday olimlar misolida ozarbayjonlik olimlarni misol keltirishimiz mumkin. Ushbu olimlar o‘z asarlarida oldingi davr mualliflari asarlaridan foydalanib,o‘z xulosalarini kitoblarida aks ettirishgan. Mualliflar o‘z kitoblarida “Avesto” kitobiga umumiy sharhlar,Zardushtiylik dinining paydo bo‘lish omillari,kitobdagi ijtimoiy fikrlar va tahlillar qatorida ba’zi xatolar (Zardushtiylikning vatani sifatida Ozarbayjon hududlari deb hisoblash) ham keltirilgan. Ozarbayjon olimlari tomonidan Zardushtiylik diniga qiziqish va “Avesto” kitoblari tahlili o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. 1950-yillarning boshlarida A.O.Makovelskiyning bir nechta maqolalari e’lon qilingan bo‘lib, ular uning "Avesto" nomli umumlashtiruvchi monografiyasiga kiritilgan. Bu monografiya ozarbayjon tarixshunosligida Avestoni ilmiy tushunishga bo‘lgan birinchi urinish edi[1]. Avvalo, muallif tarixshunoslik sharhini amalga oshiradi va Avestoni o‘rganishdagi asosiy yo‘nalishlarni tahlil qiladi. So‘ngra Avesto tarkibi, uning tili avesto alifbosi ko‘rib chiqiladi, Avesto kitoblari tahlil qilinadi, Gatlar va Yasnaning ba’zi boblari qisqacha mazmuni keltiriladi[2]. A.O.Makovelskiy Avestoning "g‘arbiy" va "sharqiy" kelib chiqishi to‘g‘risida mualliflarning fikrlarini tahlil qiladi, Avestoning ayrim qismlarini tuzishning turli davrlarga oidligi va ularning Kichik Osiyo, Ozarbayjon, Eron va O‘rta Osiyo hududlarida shakllangan bo‘lishi mumkinligi haqida to‘xtaladi. So‘ngra muallif asosan Videvdatning "Geografik poema"si materiallari asosida Avestoning tarixiy geografiyasini qayta tiklashga harakat qiladi. U "Avesto" xalqining afsonaviy vatanidan tarqalishi tasvirlanganini, Videvdatda ko‘rsatilgan hududlar esa bu xalqning vaqtinchalik "to‘xtash joylari" ekanligini taxmin qiladi.Ba’zi Avesto toponimlarini asossiz ravishda Ozarbayjon, aniqrog‘i Midiya va Atropatena bilan bog‘laydi. O.Makovelskiy esa Yasna va Yashtlarning "xotira varaqalari" deb ataluvchi, Zardusht qarindoshlari va birinchi izdoshlari, shuningdek "birinchi inson" Gayomartdan boshlab afsonaviy shohlar ro‘yxati keltirilgan qismlarini tahlil qiladi 433 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2025) / ISSN 2181-1415 A.O.Makovelskiy avesto jamiyatining iqtisodiy turmushi va ijtimoiy tuzilishini qayta tiklash jarayonida, ayniqsa mag‘larning kelib chiqishi va ularning ijtimoiy hamda diniy hayotdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratadi. Muallif Avestoga singib ketgan dualizmni ta’kidlab, axloq va huquqiy g‘oyalarni tahlil qiladi, mashhur zardusht uchligini - "ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal"ni qayd etadi, Zardushtning diniy faoliyatini dastlabki ko‘pxudolikni yakkaxudolikka aylantirish bo‘yicha islohotchilik deb hisoblaydi, Ahmoniylar dinini esa "Zardushtsiz zardushtiylik" deb ataydi[3]. Muallif Zardusht tarixiy shaxs bo‘lgan degan xulosaga keladi, biroq uning miloddan avvalgi VI asrda yashagani va hatto fors shohi Kambizdan nafratlanganini taxmin qiladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, avesto atamalarining, toponimlari va atoqli otlarining ko‘plab noto‘g‘ri talqinlari aynan uning asari orqali Ozarbayjon tarixshunosligiga Avesto va zardushtiylik bo‘yicha kirib kelgan. I. Aliyev "Midiya tarixi" asarida Avestoning Ozarbayjonda yaratilishi mumkin emasligi haqidagi nuqtai nazarga moyil bo‘lgan.Uning fikricha, Avestoda tasvirlangan chorvador-dehqonchilik turmush tarzini yurituvchi va asta-sekin o‘troqlashayotgan qabilalarning hayot tarzi tasvirlangan. I. Aliyevning fikricha, dastlabki avesta ta’limotlarining vatanini eng yaxshi holatda faqat sharqiy midiyalik qabilalar yashaydigan hududlardagina izlash mumkin. Muallif Avestoni ahmoniylardan oldingi davrga tegishli deb hisoblaydi. I. Aliyev Zardusht Sharqiy Midiya viloyati (shahri) Ragadan kelib chiqqan deb taxmin qiladi [4]. F.G‘osimzoda va T.Hojiyevning "Avestodan hozirgi kungacha" nomli sharh risolasida mualliflar ta’kidlaydilarki, bir necha asrlar davomida (miloddan avvalgi IX asrdan VI asrgacha) tuzilgan Avesto Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining yodgorligi hisoblanadi. Ular qayd etadilarki, rivoyatlarga ko‘ra 21 kitobdan iborat bo‘lgan Avestodan Iskandar Makedoniydan keyin faqat uchta kitob, arab istilosidan so‘ng esa undan ham kamrog‘i saqlanib qolgan. Ularning fikricha, Gatlarning muallifi miloddan avvalgi VI asrda yashagan midiyalik Spitama

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье в хронологическом порядке книга Авеста, анализируются исследования азербайджанских ученых по "листы памяти", изучению книги "Авеста", излагаются общие "благая мысль, представления в зор…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье в хронологическом порядке книга Авеста, анализируются исследования азербайджанских ученых по "листы памяти", изучению книги "Авеста", излагаются общие "благая мысль, представления в зор… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, F. Gosimzoda and T. Hojiyev, древние руины Антрапотепа, И. Алиева, A. Foziliy and other scholars, Antrapotepa qadimiy xarobasi, A.Foziliy va boshqa olimlar asarlari tahlili, I. Aliyev, good word, Ф. Гасымзоды и Т. Ходжиева, благое слово, ezgu so`z ezgu amal”, "memory sheets, анализ трудов А.О. Маковельского, А. Фазили и других ученых, A.O.Makovelskiy, " "good thought, Avesto kitobi, ”xotira varaqlari”, F.G‘osimzoda va T.Hojiyev, "благая мысль, “ezgu fikr, The Avesta book, "листы памяти", книга Авеста, ancient ruins of Antrapotepa, " analysis of works by A.O. Makovelskiy, благое дело", good deed
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники