К содержанию
РецензированоRU2024

Актуальные вопросы подготовки будущих преподавателей технологии

Shodyorbek DUSCHONOV · December -/© in Science LLC. (Urgench State Pedagogical Institute)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 232-236 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье проанализированы актуальные концепция, вопросы подготовки будущих преподавателей предмета технология, «Технология» с научно-педагогической точки зрения. теория, Выявлены причины и последствия существующих проблем. практика, программа, Также изложены мнения и соображения, направленные на международный стандарт, их устранение. производство, проектирование, моделирование, STEAM, 3D моделирование. Zamonaviy ta’lim tizimida texnologiya fani o‘zining amaliy yo‘naltirilganligi, kasbga yo‘naltirishdagi ahamiyati va o‘quvchilarda innovatsion tafakkurni shakllantirishdagi o‘rni bilan ajralib turadi. Ushbu fan orqali o‘quvchilar mehnat jarayonlariga tayyorlanadi, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishadi va muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydi. Shunday ekan, texnologiya fanini o‘qituvchi mutaxassislar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, pedagogik yondashuvlarni puxta egallagan, o‘quvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltira oladigan bo‘lishi zarur. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini tayyorlashda qator muammolar mavjud. Jumladan, ta’lim jarayonining nazariy yo‘nalishda kechayotgani, amaliy mashg‘ulotlarning yetarli darajada tashkil etilmagani, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalariga mos kompetensiyalar shakllanmayotgani bugungi kun uchun dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlar, loyiha asosida o‘qitish, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kabi elementlarning sust qo‘llanilishi kelajakdagi o‘qituvchi salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 2022-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqish va ularni Milliy malaka ramkasi, Ta’limni xalqaro standart klassifikatori (MSKO-2011), o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini bir-biriga muvofiqlash vazifalari qo‘yildi [1]. Shu o‘rinda texnologiya fanining mazmuni tezkor rivojlanayotgan zamonaviy ishlab chiqarish, innovatsion texnologiyalar, raqamli qurilmalar, ekologik muammolar va barqaror taraqqiyot tamoyillari bilan bevosita bog‘lanmoqda. Shu bois, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining o‘quv rejalari, dasturlari va o‘qitish metodikasi ishlab chiqarishning real talablari va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. 233 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2024) / ISSN 2181-3701 Texnologiya fani o‘zining mohiyatiga ko‘ra amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan fan hisoblanadi [5]. Bu fan o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy, ijodiy va kasbiy kompetensiyalarni ham shakllantirishni maqsad qiladi. Shu bois, ushbu yo‘nalishda ta’lim beruvchi bo‘lajak o‘qituvchilar bir qator zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi zarur. Jumladan: ➢ texnologik tafakkur va muammoli vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyati; ➢ ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar; ➢ modellashtirish va loyihalash bo‘yicha amaliy malaka; ➢ zamonaviy asbob-uskunalar bilan samarali ishlay olish; ➢ innovatsion yondashuv hamda muammoni ijodiy hal eta olish salohiyati. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab holatlarda bu kompetensiyalar o‘quv jarayonida yetarli darajada shakllantirilmayapti. Bunga bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda, xususan: amaliy mashg‘ulotlarning yetarli darajada tashkil etilmasligi, foydali va hayotga yaqin loyihalar bilan ishlash imkoniyatlarining cheklanganligi, hamda ta’lim jarayonida hali-hanuz eskirgan metodik yondashuvlarning qo‘llanilayotganligi. Zamonaviy ta’lim konsepsiyalarida esa o‘quvchilarning faol, ijodiy va mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllanishi ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilanmoqda. Shu jihatdan, ijodiy loyiha metodi texnologiya fanini o‘qitishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu metod o‘quvchilarni real hayotiy vaziyatlarga mos ravishda muammo aniqlash, g‘oya ishlab chiqish, modellashtirish, texnologik jihatdan amalga oshirish va yakuniy mahsulotni tahlil qilish kabi bosqichli faoliyatga yo‘naltiradi. Shu sababli, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda ijodiy loyiha asosida tuzilgan metodik tizimni ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bug

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье проанализированы актуальные концепция, вопросы подготовки будущих преподавателей предмета технология, «Технология» с научно-педагогической точки зрения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье проанализированы актуальные концепция, вопросы подготовки будущих преподавателей предмета технология, «Технология» с научно-педагогической точки зрения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6/S-pp232-236, production, design, 3D modellashtirish, технология, концепция, теория, practice, xalqaro standart, проектирование, technology, theory, program, международный стандарт, amaliyot, concept, ishlab chiqarish, моделирование, программа, dastur, STEAM, international standard, производство, 3D моделирование, loyihalash, texnologiya, modellashtirish, 3D modeling, практика, konsepsiya, modeling, nazariya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники