К содержанию
РецензированоUZ2019

QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATINI TURLI RISKLARDAN SUG‘URTALASHNING MOLIYAVIY JIHATDAN DOLZARBLIGI

Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovich

Развитие и инновации в науке · 2019

Аннотация

Maqolada qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda qayta ishlovchi tarmoqlar o‘rtasida uzluksiz zanjirni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, qishloq faoliyatini qishloq xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashning moliyaviy jihatdan dolzarbligi asoslangan holda ustuvor rivojlantirish qaratilgan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash, risk turlari, sug‘urta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi risklari, paxta hosilini sug‘urtalash holati. Kutilmagan tabiiy ofatlar bilan bilan bog‘liq risklarning sodir bo‘lishi pirovardida qishloq xo‘jaligida doimo kutilgan natijani bermaydi. Birinchi o‘rindagi asosiy masala qishloq xo‘jaligini turli risklardan ko‘rilgan zararlarni bartaraf etishda zaruriy moliyaviy instrumentlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 2019-yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF- 5853-sonli Farmonida “qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati tarmog‘ining strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish” ga qaratilgan vazifalar belgilab berildi1. Dunyoning turli mamlakatlarida global muammoga aylangan iqlim o‘zgarishi ta’sirida havo haroratining ko‘tarilishi, antropogen omillar ta’sirida atmosferaning ifloslanishi, atmosferada SO gazining ortishi, chuchuk suv 2 hajmining kamayishi, tuproqlar degradatsiyasining ortishi natijasida atrof- muhitning tabiiy ravishda izdan chiqishi oqibatida mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga keskin ta’sir ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining kamayishiga hamda qishloq xo‘jaligi mavsum davomida kutilgan natijani olishiga bevosita qishloq xo‘jaligi faoliyatiga jiddiy ta’sir qilayotgan iqlimiy xavflar bevosita qishloq xo‘jaligida risklarni kamaytirish zaruriyatini talab qiladi. Biroq, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishdagi katta muammolardan biri sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mol-mulki, ular tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligida band aholi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan to iste’molchiga yetib borguncha bo‘lgan jarayondagi kutilmagan risklardan sug‘urtalash orqali turli 81 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference moliyaviy yo‘qotishlardan ko‘rilgan zararlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilayotgan ekinlar hosilini turli risklardan sug‘urtalash borasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratilmayapti: - qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalashda mavjud tariflarning diferensiallashmaganligi yoki sug‘urtalanuvchilarning hududiy nuqtai-nazardan daromadi hisobga olinmaganligi; - qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urtalovchi tashkilotlar tomonidan xorijiy tajribalar joriy etilmaganligi; - qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtaviy himoyalash borasida sug‘urtalanuvchilarda sug‘urta faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarining yetishmasligi; - qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini turli iqlimiy risklardan sug‘urtalash borasida o‘z vaqtida targ‘ibot-tashviqot ishlarining sustligi; - qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya davrida o‘simlik kasalliklari hamda turli zararlantiruvchi hashoratlarga qarshi kurashish ishlarining o‘z muddati va me’yorida tashkil etilmasligi; - sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi yoki turli nizolarni bartaraf etishda da’voni qondirilish bilan bog‘liq muddatlarning cho‘zilib ketishi; - qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini qayta sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tariflarining yuqoriligi va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi risklari sifatida tabiiy ofatlar, stixiyali va texnogen tusdagi hodisalar, ekstremal hodisalar, issiqlikning me’yoridan ortishi, turli epidemik kasallik va viruslar tarqalishi, yoppasiga zararkunandalar va chigirtkalar bosishi, atrof-muhitning ifloslanishi va ekologiyaning izdan chiqishi kabi xavf-xatarlar bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga keskin ta’sir qiladi. Mamlakatimiz agrar tarmoqlarida jami klasterlar soni 669 tani tashkil etadi. Bugungi kunda paxta-to‘qimachilik klasterlari 153 ta, g‘allachilik klasterlari 126 ta, meva- sabzavotchilik klasterlari 136, sholichilik 41 ta, dorivorchilik 8 ta, chorvachilik 34 ta, qorako‘lchilik 46 ta, parrandachilik 11 ta, baliqchilik 38 ta va pillachilik 76 tani tashkil etmoqda2. O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmoqlari hamda paxtani qayta ishlovchi klasterlarning asosiy xom ashyo ma

Доказательный фрагмент

«Maqolada qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish orqali qishloq…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish orqali qishloq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qishloq xo‘jaligi risklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sug‘urta, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash, paxta hosilini sug‘urtalash holati., risk turlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники