Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO'PCHILIK BOLALARDA KUZATILGAN NUTQ KECHIKISHINING SABABLARI
KECHIKISHINING SABABLARI · Karlibaeva Juldiz Amangeldi qizi · Otajonova Gulyor Alisher qizi (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'rbiya va)
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются основные причины задержки речи у детей на сегодняшний день, включая социальные, психологические, физиологические и педагогические факторы. Особое внимание уделяется важности совместной работы педагогов и родителей в устранении речевых нарушений и её значении в жизни ребёнка. Ключевые слова: Педагог, психолог, невроз, невропатолог, (ЦНС), логопедический пункт. Hozirgi kunga kelib bolalarning nutqiy rivojlanishi muammolari nafaqat pedagogika sohasida, balki bolalar hayotida dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Ayniqsa, erta yoshdagi bolalarda nutq kechikish holatlari ko'payib bormoqda. Bu holat bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, mazkur muammoning ildizlarini aniqlash va ularni bartaraf etish kelajakdagi va hozirgi pedagoglarning muhim vazifasidir. Bolalarda nutq kechikishi juda ko'p sabablarni o'z ichiga oladi. Markaziy asab tizimidagi buzilishlari (nevroz-"nevr" asabiylik-uzoq davom etgan ruhiy 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference iztiroblar natijasida nerv sistemasining faoliyatining buzilishidan kelib chiqadigan asabiy-ruhiy kasalliklar) tug'ma yoki irsiy omillar, eshitish nuqsonlari, ya'ni bola tovushlarni yaxshi eshitmagani sababli ularda nutq rivojlanishida turli muammolari yuzaga kelib chiqishi mumkin.Undan tashqari oiladagi ikki tillilik natijasida taqlid asosida rivojlanishi bolada nutq kechikishini keltirib chiqaradi. Zamonaviy dunyoda texnalogiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biroq, ularning noto'g'ri yoki me'yordan ortiqcha qo'llanilishi, ayniqsa, yosh bolalar hayotida salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.Yaqinlari bilan muloqot o'rnini virtual o'yinlar, bolalarning aql (IQ) darajasining rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan turli xil ilovalar egallab borayotgani, bu esa bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishiga, aqliy faoliyatining o'sishiga kuchli zarba beradi. Masalan, jonli muloqotning kamayishi, bu holatda bola atrofdagilar bilan gaplashish o'rniga ekranga qaram bo'lib qoladi, real fikr almashish jarayonidan uzoqlashadi. Buning natijasida autizm spektridagi buzilishlar (ASB) - bu o'xshash ko'rinishni hosil qiluvchi, turli shakllarda namoyon bo'ladigan, real borliqdan ketish holati virtual autizm kuzatiladi. Bolalardagi (ASB) belgilari kasallik boshidanoq atrofdagilardan ajralgan, jim yuradi, odam bilan muomala qilmaydi. Ko'zini olib qochadi, harakatlar tor doirada chegaralangan bo'ladi.[1] Dunyo bo'ylab jahon miqyosida telefon va gadjetlar natijasida ko'z bilan bog’liq turli kasalliklar, ko’z saratoni maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar orasida juda keng tarqalgan. O'smir yoshidagi ko'pchilik bolalar ham planshet va televizor oldida juda ko‘p vaqt o‘tkazishmoqda. Bunday passiv mashg‘ulotlar bolalarda nutqiy faolligini kamaytiradi. Bola eshitadi, lekin javob bermaydi. Natijada u o‘z fikrini ifodalashda qiynaladi, lug‘at boyligi kambag'al bo'ladi. Shuningdek, texnologiyalarga berilib ketgan bola tengdoshlari bilan kam muloqotda bo‘ladi, bu esa uning ijtimoiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Shular kabi planshet yoki boshqa ekran nuri uyqu ritmining buzilishi, kam harakat qilish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar,xususan, umurtqa pog'onasining qiyshiq o'sishi, baland ovozda musiqa tinglash ham eshitish bilan bog'liq muammolar, ko'pgina ko'z kasalliklari va psixologik kasalliklarga sabab bo'ladi. Bolada asabiylik, jizzakilik, yig'loqilik holatlari kuzatiladi. Nutqiy taqlid kamayadi – bola kattalarning mimika, harakat va talaffuzini real va jonli ishtirokchisi bo’lmaganligi sababli, o‘rganish qobiliyati susayadi.Ko‘z va miya charchoqlari – uzoq vaqt ekranga qarash bola e’tiborini pasaytiradi, bu esa darslarga yoki og‘zaki mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishning kamayishiga sabab bo'ladi. Bularning barchasi ota-onaning farzandga bo'lgan e'tiborsizligi, bolalarni 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference haddan ziyod erkalatish yoki bolalarga o’ta qattiqqo’llik qilish, bolalar bilan individual tarzda shug'ullanmaslik natijasida yuzaga keladi. Shu joyida shuni qo'shimcha qilish mumkinki, bolalarda nutqning kechikishi nutqning buzilishiga shu bilan birga intellektning orqada qolishiga ham olib keladi. Bolalarda normal nutq asosan 3-4 yosh atrofida rivojlanadi. O'zbekistonda M. Ayupova ma'lumotiga ko'ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi.[2] Nutq kechikishining natijasida talaffuzdagi kamchiliklar, dislaliya (bu termin grekchadan olingan bo'lib, "dis"- buzilish, "lalia"-nutq degan ma'noni anglatadi) nutning buzilishi kelib chiqishi mumkin. Bu nutq kamchiligida bola so'zlarni talaffuz qilganda ayrim tovushlarni talaffuz qilishda qiynaladi, ayrim tovushlarni tushurib qoldiradi yoki almashtirib talaffuz qiladi. Shuning uchun bu bolalardagi nutq kamchiligini bartaraf etishda asosiy ro'lda ota-ona, pedagog va tibbiy xodimlarning, logopedik shahobchalardagi logoped va
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются основные причины задержки речи у детей на сегодняшний день, включая социальные, психологические, физиологические и педагогические факторы.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются основные причины задержки речи у детей на сегодняшний день, включая социальные, психологические, физиологические и педагогические факторы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Teacher, psychologist, neurosis, neuropathologist, (CNS), (ASB), nevroz, nevropatolog, psixolog, Pedagog, logopedik shahobcha.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026