К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLASHUV JARAYONINING XALQARO NORMALARGA TA’SIRI VA MILLIY QONUNCHILIKKA TA’SIRI

Halilova Shahnoza Rustam qizi

Академические исследования в современной науке · 81-94 · 2026

Аннотация

This thesis analyzes the global development of the digitalization process and its impact on international legal standards. In particular, the new socio-economic relations arising from digital technologies require a reassessment of international norms and conventions. The thesis also emphasizes the necessity of implementing these global standards into national legislation. Based on the research findings, practical recommendations are provided regarding the legal, institutional, and technical aspects of the implementation process. 80 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Keywords: Digitalization, international legal standards, digital rights, international cooperation, digital transformation, legal systems adaptation. Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va global raqamli transformatsiya jarayonlari barcha sohalarda yangi imkoniyatlar va chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, xalqaro huquqiy normalar va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish zarurati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamlashtirish jarayonining xalqaro normalarga ta’siri, shuningdek, milliy qonunchilikka implementatsiyasi, global hamkorlik va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli texnologiyalar va global normalar orasidagi munosabatlar, ayniqsa, har bir mamlakatning o‘z qonunlarini zamon talablariga moslashtirishni taqozo qiladi. Shu bilan birga, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish, global iqtisodiy tizimda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatlar ham katta rol o‘ynaydi, chunki qonunchilikning to‘liq amalga oshirilishi nafaqat huquqiy tizimning samarali ishlashini ta’minlaydi, balki mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu tezisda raqamlashuv jarayonining xalqaro normalarga ta’siri va uning milliy qonunchilikka implementatsiya qilish zarurati muhokama qilinadi. Bunda xalqaro tajriba va amaliyotlar asosida raqamli qonunchilikni yaratishning istiqbollari hamda uning mamlakatlararo hamkorlikka qo‘shadigan hissasi yoritiladi. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sо‘z erkinligi tushunchasining о‘zini transformatsiyalashga sabab bо‘lmoqda. Agar an'anaviy talqinda sо‘z erkinligi asosan matbuot, radio va televideniye kabi ommaviy axborot vositalari orqali о‘z fikrini erkin ifoda etish sifatida tushunilib kelingan bо‘lsa, bugungi kunda bu tushuncha ancha kengaydi va murakkablashdi. Martin Bujela raqamli muhitda sо‘z erkinligi "nafaqat о‘z fikrini erkin ifoda etish, balki internetga erkin kirish, raqamli platformalardan foydalanish, о‘z ma’lumotlari ustidan nazorat qilish, kiberhujumlardan himoyalanish kabi huquqlarni ham о‘z ichiga oladi" deb ta’kidlaydi. Bu esa sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarning yangilanishi va zamonaviylashtirilishi zarurligini kо‘rsatadi. Raqamlashuv jarayoni sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarga quyidagi yо‘nalishlarda ta’sir kо‘rsatmoqda: 1. Internetga kirish huquqi – bugungi kunda dunyoning kо‘plab mamlakatlarida internetga kirish asosiy inson huquqlaridan biri sifatida tan 81 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference olinmoqda. 2016-yilda BMT Inson huquqlari kengashi "raqamli uzilish"ni bartaraf etish va internetga kirish imkoniyatlarini kengaytirish bо‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiya internetga kirishni cheklash sо‘z erkinligi huquqini buzish deb e'tirof etadi. Internetga kirishning huquqiy maqomi sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarni transformatsiyalashning muhim yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2. Raqamli platformalarda sо‘z erkinligi – ijtimoiy tarmoqlar, messengerlari, onlayn forumlar, bloglar va boshqa raqamli platformalar sо‘z erkinligini amalga oshirishning asosiy vositalariga aylanmoqda. Biroq bu platformalar kо‘pincha xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi va ularning о‘z qoidalari va kontentni moderatsiya qilish siyosati mavjud. David Key ta’kidlaganidek, "xususiy kompaniyalar kontentni moderatsiya qilish orqali sо‘z erkinligini tartibga solishda tobora muhim rol о‘ynamoqda, bu esa davlatlar bilan xususiy sektor о‘rtasida yangi munosabatlarni shakllantirmoqda". Bu holat sо‘z erkinligi sohasidagi xalqaro normalarda xususiy sektorning roli va mas'uliyati masalalarini ham qayta kо‘rib chiqishni talab qilmoqda. 3. Ma’lumotlar xavfsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligi – raqamli makon sо‘z erkinligi bilan shaxsiy hayot daxlsizligi о‘rtasidagi yangi ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Zamonaviy texnologiyalar shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashning keng imkoniyatlarini yaratmoqda, bu esa shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini himoya qilish zarurligini kuchaytirmoqda. GDPR (Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti) kabi yangi xalqaro standartlar ushbu masalalarda muhim rol о‘ynamoqda. 4. Dezinformatsiya va "fake news" bilan kurash – internet va ijtimoiy tarm

Доказательный фрагмент

«This thesis analyzes the global development of the digitalization process and its impact on international legal standards.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis analyzes the global development of the digitalization process and its impact on international legal standards. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digitalization, international legal standards, digital rights, xalqaro huquqiy standartlar, milliy qonunchilik, xalqaro hamkorlik, huquqiy tizimlarni moslashtirish., Raqamlashuv, raqamli transformatsiya, raqamli huquqlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники