К содержанию
РецензированоRU2026

SOMONIYLAR DAVLATIDA ISMOIL SOMONIYNING QO‘SHIN ISLOHOTI

To‘rayev Anvar Ismoilovich · Otamurodov Shaxrizod Olimjon o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article describes the military reform carried out by Ismail Somoni in the Samanid state, the activities of soldiers in the army, their composition, service activities and army supply. Военная реформа Исмаила Самани в государстве Самани Ключевые слова: Гази, армейская реформа, раб, воинское звание, Исмаил Сомани, хаджиб, “Сьосатнама”, военная служба. Аннотация: В данной статье описывается реформа армии, проведенная Исомилом Сомани в государстве Самани, деятельность воинов в армии, их состав, служебная деятельность и обеспечение армии. Ilk o’rta asrlar davrida natural xo‘jalik va mulkdorlarning bosh-boshdoqligi katta muntazam qo‘shin saqlash imkonini bermagan. Bu davrdagi harbiy hokimiyat bevosita yer-mulki bilan bog‘liq edi. Yirik mulkdorlar o‘zlarining kichik harbiy qismlariga ega bo‘lib, faqat harbiy harakat vaqtidagina bir qadar yirik lashkarlar qo‘shini tuzilgan. Bu holni Movarounnahrning o‘rta asrlardagi barcha mayda mulklarida ham uchratish mumkin edi. Faqatgina Somoniylar davrida mulkchilikning rivojlanishi, shaharlarning o‘sishi, davlat boshqaruvining markazlashuvi bilangina Somoniylar saroyidagi ko‘p sonli xos qism (gvardiya) asosida muntazam yollanma qo‘shin tashkil qilish imkoni 131 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tug‘ilgan. Viloyat va tumanlardagi mahalliy hokimlarga tegishli lashkarlar ancha vaqtgacha mavjud bo‘lgan[1.238]. Ismoil Somoniyning amalga oshirgan eng muhim ishlaridan biri bu qo‘shin islohoti edi. Ungacha qo‘shin faqat chaqiriq bo‘yicha ma’lum vaqtda to‘planib harbiy xizmat o‘tovchi askarlar va jihod urushlarini olib boruvchi ko‘ngilli g‘oziylardan iborat edi. Bu qo‘shinlar dehqonlar va xatiblarga bo‘ysinar edi. Amir ularga bevosita o‘z hukmini to‘la o‘tkaza olmas edi va faqat dehqonlar va xatiblar orqali ish olib borishga majbur edi. Shuning uchun amir bu vositachilarga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Ismoil Somoniy Abbosiy xalifalardan o‘rnak olib, ilk bor yollangan askarlardan iborat muntazam professional qo‘shin tuzishga kirishdi. Bu qo‘shin endi dehqonlar yoki xatiblarga emas, balki bevosita uning o‘ziga va unga shaxsan sodiq bo‘lgan ishonchli odamlariga bo‘ysingan. Qo‘shin harbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan turk “g‘ulom” lari, ya’ni yollangan askarlar va qullardan tashkil topgan edi, ularga maosh hukumat tomonidan, ya’ni amir g‘aznasidan berilar edi. G‘ulomlar qo‘shinga asosan g‘uzlar va turkman qabilalaridan yollangan va saroy qoshida xizmat qilar edi.[3.38] Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarida Somoniylarning saroy qo‘shini haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Somoniylar zamonida shunday tartib bor edi. G‘ulomlarning darajalari xizmat va hunarlariga qarab ko‘tarilgan. Аgarda biror qulni sotib olsalar, u bir yil rikobda zandanachi kiyimida va oddiy etik kiyib piyoda xizmat qilardi. Bu qulga bir yil davomida yashirin yoki ochiq otga minish man etilardi. Mabodo shu farmonga itoat qilmasa, jazolanardi. Bir yillik shunday xizmatdan keyin vusoqboshi hojibga aytib, unga bir yaxshiroq kiyim va bir turkcha ot oddiy egari bilan olib berilardi. Bir yil shu ot va qamchi bilan xizmat qilganidan so‘ng uchinchi yili beliga bog‘lash uchun qarochuri qilich olishga sazovor bo‘lardi. To‘rtinchi yili beliga bog‘lash uchun unga kesh (o‘qdon) va qin berishardi, beshinchi yili yaxshiroq egar-jabduq, yulduzli jilov, qizil kiyim va xalqaga osilgan temir gurzi berilardi. Oltinchi yili otda yurishi uchun maxsus etik berib, soqiylikka tayinlab, beliga qadah osib yurishga amr etilardi, yettinchi yili bu g‘ulom bir to‘nlikka erishardi, sakkizinchi yili o‘n olti tirgovichli chodir va endi sotib olingan qullardan uch nafari berilib, unga vusoqboshi laqabi qo‘yilardi, kumushdan ziynatlangan bosh kiyim va ganjali kiyim inʼom qilinardi. Shu tariqa har yili kiyim-kechaklari ko‘payib, uning askarlari va martabasi xaylboshi bo‘lguniga qadar oshib borardi. Shundan keyingina hojiblikka erishardi. Uning shoyistaligi va hunari, shijoati hammaga maʼlum bo‘lganidan so‘ng ulug‘ ishlar qo‘lidan kelardi, odamlar va xudovandi 132 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo‘lgan shohiga do‘st bo‘lardi, to o‘ttiz besh yoshga to‘lgunicha amirlik unvonini bermasdilar va viloyatlarga ham hokim etmasdilar.[2.101] Hojib saroy g‘ulomlarining eng katta boshlig‘i bo‘lib, uning qo‘l ostida saroy va hukumat muassasalarini qo‘riqlovchi ko‘p sonli soqchilar qo‘shini bo‘lgan. Urush bo‘lgan vaqtlarda bu qo‘shinga eng mas’uliyatli ishlar topshirilgan. Hojiblarning boshlig‘i hojibi buzurg, ya’ni “bosh hojib” deb atalgan, u saroydagi eng yuqori martabali amaldorlardan biri hisoblangan. Hojiblar boshqaruv ishlarini olib borishda muhim o‘rin egallaganlar. Harbiy xizmatdan ko‘tarilgan g‘ulomlar mavqeiga ko‘ra oddiy g‘ulomlar, ya’ni qullardan katta farq qilib, hatto ozod odamlarda ham bo‘lmagan imtiyozlarga ega bo‘lganlar va yuqori tabaqali hukmron tabaqa tarkibiga kirganlar. Ular yonida doim qurol olib yurganlar, hukmdor huzuriga kirish huquqiga ega bo‘lgan

Доказательный фрагмент

«This article describes the military reform carried out by Ismail Somoni in the Samanid state, the activities of soldiers in the army, their composition, service activities and army supply.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the military reform carried out by Ismail Somoni in the Samanid state, the activities of soldiers in the army, their composition, service activities and army supply. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ghazi, military reform, slave, military rank, Ismail Somoni, “Siyosatnoma”, qo’shin islohoti, harbiy unvon, G‘oziy, g‘ulom, harbiy xizmat., Ismoil Somoniy, hojib
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники