К содержанию
РецензированоUZ2026

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNING AXLOQIY TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING RO‘LI

SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI PEDAGOGIK · TEXNOLOGIYALARNING RO‘LI · Sobirova Bonu Matkarimovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This thesis discusses the importance of game pedagogical technologies in the formation of moral education of young children, their impact on the educational process and their use as an effective method for educators. The role of game activity in the life of a child is very large. He plays a role in this process and manages it, and leadership skills begin to develop in it. This thesis presents various pedagogical recommendations, various scientific and practical studiesю Kalit so‘zlar: axloqiy tarbiya, o‘yinli texnologiyalar, maktabgacha ta’lim, pedagogika, ijtimoiy kompetensiya. Bugungi kunda bolalarning shaxs sifatida to‘laqonli shakllanishida axloqiy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davrida bola shaxsiyatining poydevori qo‘yiladi. Shu bois zamonaviy pedagogikada bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashda o‘yinli texnologiyalarning o‘rni alohida e’tiborni talab qiladi. O‘yin – bolalar hayotining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonida kuchli vosita sifatida xizmat qiladi.. Shu jihatdan, pedagogik 136 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference jarayonda innovatsion yondashuvlar, xususan o‘yinli pedagogik texnologiyalarning roli tobora ortib bormoqda. Asosiy qism O‘yin – bolalar tarbiyasida asosiy vosita Psixolog va pedagoglarning fikricha, o‘yin bolalar hayotining ajralmas qismidir. Ular orqali bola nafaqat o‘yin-kulgi qiladi, balki axloqiy normalarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy rol va munosabatlarni o‘rganadi. Axloqiy fazilatlar – halollik, mehr-shafqat, to‘g‘rilik, hurmat kabi qadriyatlar o‘yin orqali yanada samarali singdiriladi. Mashhur sovet pedagogi V. A. Suxomlinskiy “O‘yin – bu bolalikning eng yorqin va samimiy ifodasidir. Agar biz bolada yaxshilik, mehribonlik va halollikni tarbiyalamoqchi bo‘lsak, bu fazilatlarni o‘yin orqali singdirishimiz kerak”, degan edi. Bu fikr o‘yin orqali axloqiy tarbiyaning samaradorligini ta’kidlaydi. L. S. Vygotskiy esa o‘yinning bola tafakkuri, ijtimoiy tajribasi va shaxsiy ongining rivojida muhim omil ekanligini asoslab bergan. Unga ko‘ra, o‘yin ijtimoiy hayotga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Jumladan inson ulg’ayib, kamolga yetar ekan u jamiyatning ajralmas bo’lagiga aylanadi. U bu dunyoni shu qiziqarli o’yin faoliyatida anglaydi. O‘yinli pedagogik texnologiyalar turlari Kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yinli pedagogik texnologiyalar quyidagilardan iborat: Rol o‘yinlari (masalan, “do‘kondor va xaridor”, “shifokor va bemor”): ijtimoiy rollarni o‘rganish va boshqalarga nisbatan hurmat hissini tarbiyalaydi. Didaktik o‘yinlar: axloqiy tushunchalarni mustahkamlash uchun foydalaniladi. Masalan, “To‘g‘ri va noto‘g‘ri”, “Yaxshi-yomon xatti-harakatlar”. Dramatik sahna ko‘rinishlari: ertak yoki voqealar asosida sahnalashtirish orqali bolalarda empatiya, adolat tuyg‘usi shakllanadi. Harakatli o‘yinlar: jamoaviylik, qoida asosida harakat qilish va boshqalarga yordam berish fazilatlarini rivojlantiradi. Pedagogning roli Pedagog bu jarayonda faqat kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchi bo‘lishi lozim. U o‘yinlarni rejalashtirish, bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, har bir o‘yin orqali axloqiy xulq-atvorni mustahkamlashga intilishi zarur. Pedagogning metodik yondashuvi Pedagogik jarayonda o‘yinli texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash, ularni maqsadga muvofiq qo‘llash muhimdir. Z. M. Boguslavskaya ta’kidlashicha, 137 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference “tarbiyaviy o‘yin faqat zavq emas, balki bolaning axloqiy kamoloti uchun muhim ijtimoiy darsdir.” Pedagogning asosiy vazifasi – o‘yin jarayonida bolalar o‘rtasidagi munosabatni kuzatish, kerak bo‘lsa muvofiqlashtirish, baholash va o‘rnak bo‘lishdir. Bu orqali bola o‘zini boshqalarning o‘rniga qo‘yishni, empatiya qilishni o‘rganadi. Amaliy tavsiyalar Har bir dars yoki mashg‘ulotda kamida bitta axloqiy mazmunga ega o‘yinli faoliyat tashkil etish. Bolalarning yosh xususiyatlariga mos o‘yin shakllarini tanlash. O‘yinlarda baholovchi emas, ishtirokchi va yo‘naltiruvchi sifatida qatnashish. Ijtimoiy holatlar asosida yaratilgan vaziyatli o‘yinlar orqali bolalarni mustaqil axloqiy qaror qabul qilishga undash. Xulosa Xulosa qilib aytganda, o‘yinli pedagogik texnologiyalar kichik yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasida nihoyatda muhim vositadir. Ular orqali bolalar axloqiy qadriyatlarni tabiiy va ongli ravishda o‘zlashtiradi. O‘yinli pedagogik texnologiyalar kichik yoshdagi bolalar axloqiy tarbiyasida eng samarali metodlardan biridir. Ular orqali bola ijtimoiy hayotga, jamiyatga, oilaga mos shaxs sifatida shakllanadi. V. A. Suxomlinskiy, L. S. Vygotskiy kabi buyuk pedagoglar ta’kidlaganidek, o‘yin bola uchun hayot maktabidir. Pedagoglar esa bu maktabning ustoz va yo‘lboshchilari bo‘lib, o‘yinlar orqali bolani yaxshilik sari yetaklaydilar. Pedagogik faoliyatda bu texnologiyalarni to‘g‘ri va tizimli qo‘llash bolalar shaxsining barkamol rivojlanishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Vygotskiy L. S. “Bola psixologiyasi”. – Mo

Доказательный фрагмент

«This thesis discusses the importance of game pedagogical technologies in the formation of moral education of young children, their impact on the educational process and their use as an effective method for educators.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis discusses the importance of game pedagogical technologies in the formation of moral education of young children, their impact on the educational process and their use as an effective method for educators. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘yinli texnologiyalar, axloqiy tarbiya, ijtimoiy kompetensiya., maktabgacha ta’lim, pedagogika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники