Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODA ILMI DARYO ALLOMA, QOMUSIY BILIM SOHIBI
Ikramova Feruza Xayrullayevna · Imomova Mohidil Furqat qizi
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 1928
Аннотация
Ushbu maqolada Maqsud Shayxzodaning eng go’zal va o’ziga xos asarlaridan biri bo’lgan “Toshkentnoma” dostoni to’g’risida keltirilgan. Shayxzodaning ijodi aynan Toshkentda dunyoga kelgan. Shu yurtda uning o’zi ijod qilib, shu yurtda vafot etgan. Qisqa 59 yil umr ko’rgan bo’lsa-da, havas qilarlik ijod qilgan Shayxzodaning yashagan yurti haqida yozilgan “Toshkentnoma” barcha ijodkor va kitobxonlarning mehrini qozongan. Ushbu asar darsliklarga ham kiritilgan bo’lib, yana ming yillar yashashiga biz yoshlarning ishonchimiz komil. Kalit so’zlar: Toshkentnoma, doston, urush, poytaxt, tinchlik, Salomobod, ziyoratgoh, turist, falsafiy, tarixiy, adabiy, qadimiy, yetim, bayt, satr, poema Maqsud Shayxzoda Ozorbayjonda tug’ilgan. O’rta va oliy ta’limni Ozorbayjonda olgach, bir necha yillaruyerda ishlaydi ham. 1928-yilga kelib esa vatanini mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblangan va Toshkentga badarg’a qilingan. O’sha vaqtdan boshlab uning 39 yil davomidagi hayoti va ijodi Toshkentda davom etadi. Shu davr ichida Toshkentga mehri tushgan https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 98 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Shayxzoda uyerni ham o’z vatani hisoblaydi. 1957-yilda azim poytaxtimiz bo’lmish Toshkent haqida teran adabiy, falsafiy, tarixiy va ehtirosli tuyg’ularga boy bo’lgan “Toshkentnoma” dostonini bitgan. Dostonda Toshkent shunday go’zal ta’riflanganki, hatto uning ta’rifini eshitganlar ishonmay, borib ko’rmoqlikni istaydi va uning ta’rifiga shaharni ko’rgach ishonishadi. Quyosh nuri doim kulib charaqlaydigan yurtimizning suvi, soyi, soyasi ko’pligi aytilgan. Ammo “Toshkentnoma” dostonida jahonda 2-jahon urushi bo’lib o’tganiga ko’p o’tmasdan yozilganligi uchun urush haqidagi satrlar ham o’rin egallagan. Tinchlik bizga qimmat tushdi, Erk yo’lida el urushdi. Xotirlardan chiqmas, evoh, Og’ir sinov haftalari… Ushbu satrlarda keltirilgan urush “evoh”lari xalq dardini, ularning urush davridagi og’ir hayot kechinmalarini, va doston yozilgan vaqtda ham urush asoratlari bitmagani ochiq-oydin yoritilgan. Lekin doston davomida Toshkent yengilmasligini, poytaxtimiz shuhrat topganligini tushunib yetamiz. Bunga sabab, o’zbek xalqining ochiqko’ngil, mehribon, saxiy ekanligini ushbu doston orqali ham ko’rib olish qiyin emas. Sababi urush yillari qiyin, o’ta og’ir, ocharchilik tarzda kechgan bo’liahiga qaramay, 14 nafar yetim bola asrab olgan o’zbekistonlik temirchi Shoaxmad aka va Bahri opaga rahmatlar aytsak arziydi. Sharqning havo darvozasi bo’lgan Toshkent avvalgi vaqtlarda “Salomobod” deb atalgan. Qadimiy va ziyoratgoh joylari ko’p va ko’rkam bo’lgani uchun dunyoning yetti iqlimidan ko’rish uchun turistlar tashrif buyurishgan. Hozirgi vaqtdagi buning yagona farqi yurtimiz yanada dunyoga tanilgan va turistlarning soni ancha balanddir. Azim poytaxtimiz Toshkentning ko’rkam visolini doston eng go’zal va ta’rif etib bo’lmas so’zlar bilan bitilganidan ham bilib olish mumkin. Toshkent, sen o’zingsan azim poema, https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 99 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Seni asrab keldi ona kabi vaqt, Hech qachon, yo’limni tugatdim,- dema! Sen mangu shaharsan, kunday bezavol, Seni ta’rif qilgan dostonchining ham Baytlari tugashi, bu-amri mahol. Ushbu satrlarni o’qigan har qanday yurt farzandi Toshkent jamolini ko’rgisi keladi albattvaq Dostonda nafaqat Toshkent go’zalligi ta’riflangan, balki unda o’zbek xalqi odamlari, ochiqyuzliligi, mehribon, mehmondo’stligi, shirin so’zliligi bolajon xaqlligi ochiq ko’rsatib berilgan. Ta’rif etsa so’z kamligi ham alohida aytib o’tilgan. Hozirgi kunda ushbu yurt yanada ko’rkam qiyofa olgan. Yoshlari shijoatli, ilmga chanqoq. Mehnatkash xalqi, izlanuvchan yoshlar va Shayxzoda shogirdlari kabi ijodkorlar bilan yurt yanada dunyo yuzini ko’rib, rivojlanib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: — “Toshkentnoma” , Maqsud Shayxzoda; 1957-yil; — Adabiyot (5-sinf). Axmedov S.; Qosimov B.; Qo‘chqorov R.; Rizayev Sh. — https://arboblar.uz https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 100
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Maqsud Shayxzodaning eng go’zal va o’ziga xos asarlaridan biri bo’lgan “Toshkentnoma” dostoni to’g’risida keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Maqsud Shayxzodaning eng go’zal va o’ziga xos asarlaridan biri bo’lgan “Toshkentnoma” dostoni to’g’risida keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- homeland, inson falsafasi, meros, immunitet, Kalit so‘zlar: she’riyat, heritage, human philosophy, inson obrazi, human image, Keywords: poetry, immunity, vatanparvarlik, ideology, mafkura, xotira., memory., patriotism
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014