К содержанию
РецензированоUZ2025

DASTURIY TA’LIM VOSITALARI ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA OID TEXNIK-KONSTRUKTRLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN MODELI

FAOLIYATGA OID TEXNIK-KONSTRUKTRLIK · KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING · TAKOMILLASHTIRILGAN MODELI · Jo‘rayev Akmal Razzoqovich (Buxoro davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy” fanlar dekani) · Shodiyeva Sitora Ulug‘bek qizi (Buxoro davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy” fanlar dekani)

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2 · 2025

Аннотация

Respublikamizda bugungi kunga kelib ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturiy ta’lim vositalari ishlab chiqilib, ularga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron kutubxonalar, elektron kataloglar, elektron o‘quv metodik majmua kabi turli dasturiy ta’lim vositalarini misol qilib keltirish mumkin. O‘quv jarayonida dasturiy vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishga doir bo‘lganlari dasturiy vositalar va bundan faqat o‘quv jarayoniga doir bo‘lganlari dasturiy ta’lim vositalari deb qo‘llaniladi Kalit so‘zlar: Texnik-dizayn, kompetensiya, salohiyat, kasbiy kompetensiya, kasbiy faoliyat, qobiliyat, faoliyat, ko‘nikma, dizayn, modellashtirish. “Texnologik ta’lim” yo‘nalishidagi mutaxassis kadrlar bilim darajasi, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshliligi sifatli ta’lim jarayonining mahsuli hisoblanadi. 60112300 – Texnologik ta'lim yo‘nalishi talabalarini mutaxassislik fanlar bo‘yicha dasturiy ta’lim vositalari asosida texnik- konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish modeli mazmunan takomillashtirildi. Ushbu model, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini texnik- konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishda kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan yangicha yondashuvni ifodalaydi. Modelning asosiy tarkibiy qismlari 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 161 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari quyidagi komponentlardan tashkil topgan: “Maqsad”, “Tashkiliy”, “Mazmun”, “Natija” (2.1-rasmga qarang). Dasturiy ta’lim vositalari asosida talabalarni texnik-kostruktorlik kompenentligini rivojlantirish modeli komponentlari quyidagicha tavsiflanadi: 1-rasm. Dasturiy ta’lim vositalari asosida talabalarni texnik-kostruktorlik kompenentligini rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 162 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Malaka talablari: Oliy ta’lim muassasalarining 60112300 – Texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning malakalariga qo‘yiladigan minimal talablar asosida kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi izohlangan. Model maqsadi: talabalarni, ya’ni texnik-konstruktorlik kompetentligi rivojlangan bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchisi bilimi darajasini dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish asosida o‘qitishdan iboratdir. Modelda dasturiy ta’lim vositalari asosida talabalarni texnik-kostruktorlik kompenentligini rivojlantirishdan maqsad, bo‘lajak “Texnologiya” fani o‘qituvchilarini ilg‘or pedagogik yondashuvlar va tamoyillarga asoslanib kreativ fikrlovchi pedagog sifatida shakllantirishda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning didaktik, tashkiliy-metodik xususiyatlari o‘rganildi. “Texnologik ta’lim” yo‘nalishida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlardan dars mashg‘ulotlarining dasturiy o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish, amaliy mashg‘ulotlarda ob’yektlar konstruksiyasini tuzish orqali talabalarning mustaqil-ijodiy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu jarayon o‘quv materiallarini zamonaviylik, interaktivlik, vizuallik, tizimlilik, individuallik, ijtimoiy sog‘lom muhitni yaratish, mustaqillik, o‘quv axborotlarining izchil bayon etilishi kabi tamoyillarga asoslanadi. Talabalarning innovatsion sifatlarini rivojlantiruvchi metod, shakl, vosita va texnologiyalarning maqsadli va izchil qo‘llanilishi, shuningdek, dasturiy ta’lim vositalari asosida ularning texnik-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish, elektron axborot ta’lim muhitida ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashtirish qobiliyatlarini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Kredit-modul tizimi – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlanmasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayon hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 163 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari O‘quv-metodik va didaktik ta’minot –“Texnologik ta’lim” yo‘nalishining o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha tayyorlangan (darslik, elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy majmua) orqali talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu materiallardan maqsadli va samarali foydalanish orqali talabalarning mustaqil ishlash, innovatsion fikrlash va amaliy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlar ta’minlanadi. Yondashuvlar – “Texnologik ta’lim” yo‘nalishi talabalarini texnik- konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish hamda kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning (Mantiqiy, e

Доказательный фрагмент

«Respublikamizda bugungi kunga kelib ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturiy ta’lim vositalari ishlab chiqilib, ularga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron kutubxonalar, elektron kataloglar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Respublikamizda bugungi kunga kelib ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturiy ta’lim vositalari ishlab chiqilib, ularga elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron kutubxonalar, elektron kataloglar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kasbiy faoliyat, ko‘nikma, Kalit so‘zlar: Texnik-dizayn, salohiyat, kasbiy kompetensiya, modellashtirish., kompetensiya, faoliyat, dizayn, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники