Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO SUR QORAKO‘L QO‘YLARI AVLODLARIDA SINFLARGA VA GUL TIPLARIGA TAQSIMLANISHI.
Yarmanov M.S-tayanch doktorant · Mamatov B.S
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 3 · 2025
Аннотация
This article presents the results of the distribution of steam- colored lambs into classes and flower types obtained as a result of research and their analysis. Key words: sur-colored black lambs, flower types, semi-circular, rib- shaped, flat, sedge, elite Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning katta qismini egallagan cho‘l hududi uchun eng qulay chorva hayvoni bu qorako‘l qo‘ylaridir. Bunday qo‘ylarni ko‘paytirish va seleksiyalash uchun yil davomida bir nechta muhim mavsumiy ishlar bor. Qorako‘lchilikda eng asosiy mavsumlardan biri bu qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) dir. Baholash davomida 30 dan ziyod belgi va xususiyatlar inobatga olinadi. Bular ichida qo‘zining sinfi va gul tipi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 306 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari [3] o‘z tadqiqotlarida qalamgullarning o‘lchamli ko‘rsatkichlarini uzunligini o‘rganish jarayonida yassi va qovurg‘asimon tipli qo‘zilarda boshqa tiplarga nisbatan uzun bo‘lishini aniqlagan va seleksiya jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda ushbu ko‘rsatkichni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan. [4, 1] aytishlaricha, yassi tipli terilar sathida aynan yassi qalamgullar yoki faqatgina yol gullar bo‘lishi, ba’zan ushbu gullar ma’lum miqdorda dona gullar bilan aralashgan holda ham uchrashi mumkin. Bunday holatlar qorako‘l mahsuloti xilma-xilligini ko‘paytiradi. [2] tadqiqotlarida gullarning shakl va o‘lchamlarining qo‘zilarning teri va uning qatlamlarining qalinligiga, ma’lum konstitutsiya tipiga mansubligiga, jun tolalaridan uning uzunligi va qalinligiga bog‘liq holda shakllanishi kuzatgan. Rangbarangliklarni mustahkamlashda gomogen tanlash yaxshi samara beradi. Gomogen tanlash olib borilganda o‘ziga o‘xshash rangbaranglikdagi qo‘zilarni olishda shamchiroq rangbarangligidagi qo‘ylarda 71,6% ni, po‘lati rangbarangligidagi qo‘ylarda 71,5% ni, o‘rikgul rangbarangligidagi qo‘ylarda 68,8% ni, qamar rang-barangligidagi qo‘ylarda 65,8% ni tashkil etgan. Naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilari sinflarga taqsimlanganda, sara va birinchi sinfga mansublik shamchiroqgulda 66,3%, o‘rikgulda 60,5%, po‘latida 63,7%, qamarda 44,1-53,0 foiz atrofida bo‘lganligi aniqlangan [5; 6]. Tadqiqotning maqsadi. “Yangikazgan nurli diyor” MChJ dagi buxoro sur qorako‘l qo‘chqorlarini buxoro sur qorako‘l sovliqlari bilan juftlash natijasida olingan avlodlarining gul tiplari va sinfi bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlari misolida urganishdan iborat. Tadqiqot manzili, manba va usullari. Tadqiqotlar Navoiy viloyati, Konimex tumanining “Yangikazgan nurli diyor” MChJ sharoitidagi mavjud buxoro sur qorako‘l qo‘zilarida bajarildi. Tajribadan olingan raqamli ma’lumotlar variatsion statistika usullarida qayta ishlandi [5] Har bir belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (S ), o‘zgaruvchanlik koeffitsienti(C ) x v hisoblandi. Guruhlar ko‘rsatkichlari orasidagi farqlanishlarning ishonchlilik 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 307 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari darajasi (P) aniqlandi. Raqamli ma’lumotlarga ishlov berish variatsion statistika usullarida (N.A.Ploxinskiy, 1969) amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari. Shuni ta’kidlash joizki, Qorako‘l qo‘ylarining zotdorlik va nasliy qimmatliligini aniqlashda gul tiplari muhim ahamiyatga ega. Gul tiplarini urganish borasidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Avlodlarning gul tiplariga taqsimlanishi, % Gul tipi Guruhlar Yarim Yassi Qovurg‘asimon O‘siqgul n doira Tajriba 30 17,7±3,65 11,7±3,15 65,2±4,66 5,4±2,30 Nazorat 30 24,1±3,53 8,9±2,45 62,4±4,09 4,6±1,76 Nazorat 30 14,2±2,74 35,7±3,57 40,1±4,34 10,0±2,65 1-jadval ma’lumotlari tahlili shundan dalolat beradiki, qimmatli gul tiplari bo‘yicha ma’lum taffovudlar aniqlangan. Yarim doira qalamgul tipidagi avlodlar 1-nazorat guruhida ko‘p olingan bo‘lib (24,1±3,53%), boshqalarga nisbatan tegishlicha 6,4% (17,7±3,65) va 9,9% ga (14,2±2,74) ustunlik qilgan. Qovurg‘asimon gul tipi tajriba guruhida ko‘proq (65,2±4,66%) bo‘lganligiga esa, xo‘jalikdagi seleksiya ishlari asosan qovurg‘asimon gul tipiga ixtisoslashganligi sabab bo‘lgan. Bonitirovkada hisobga olinadigan eng muhim jihatlardan yana biri bu qo‘zilarning sinfi. Har jihatdan sog‘lom va qimmatli qo‘zilar albatta, elita va birinchi sinfga taaluqli bo‘ladi. 2-jadval. Avlodlarning sinflarga taqsimlanishi, % Sinfi Guruhlar n Elita I II Tajriba 30 25,4±3,69 61,9±4,21 12,7±3,12 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 308 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Nazorat 30 21,7±4,16 58,4±4,87 19,9±3,89 Nazorat 30 25,2±3,76 56,7±4,35 18,1±3,42 2-jadvaldan shunday xulosa kelib chiqadiki, sinflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetarli darajadagi qoniqarli natijalarni ko‘rish mumkin. Tajriba guruhi qo‘zilarining 25,4±3,69 % i elita bo‘lib, bu qolgan guruhlarga 3,7 va 0,2 % ga ustunlik qildi. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish mum
Доказательный фрагмент
«This article presents the results of the distribution of steam- colored lambs into classes and flower types obtained as a result of research and their analysis.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the results of the distribution of steam- colored lambs into classes and flower types obtained as a result of research and their analysis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sur-colored black lambs, flower types, semi-circular, rib-, gul tiplari, yarimdoira, qovurg‘asimon, rib-shaped, sedge, flat, yassi, elite, elita., Kalit so‘zlar: sur rangli qorako‘l qo‘zilari, Key words: sur-colored black lambs, o‘siqgul
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024