Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAVZU:DAVLAT-SIYOSIY TIZIM SUBYEKTI SIFATIDA SIYOSIY REJIMLARNING QIYOSIY TAHLILI
Ma’rufov Adhambek
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 1901
Аннотация
Ushbu maqolada davlat siyosiy tizimining sub’ekti sifatida siyosiy rejimlar tushunchasi, ularning tasnifi va o‘zaro farqlari tahlil qilinadi. Demokratik, avtoritar, totalitar va gibrid rejimlarning hokimiyat manbalari, fuqarolik huquqlari, axborot erkinligi va institutsional mustahkamligi jihatidan qiyosiy taqqoslanadi. Maqola natijalariga ko‘ra, har bir rejim turi davlat siyosiy tizimida o‘ziga xos rol o‘ynaydi va mamlakat siyosiy barqarorligi hamda fuqarolarning siyosiy ishtiroki darajasini belgilaydi. Davlat siyosiy tizimi – bu hukumat organlari, qonunchilik va sud tizimi, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa sub’ektlar majmuasidir. Ularning o‘zaro munosabatlari siyosiy rejim orqali tartibga solinadi^[1]. Siyosiy rejim – hokimiyat manbalari, ularning qo‘llanish usullari va institutsional mexanizmlar to‘plami sifatida aniqlanadi. Rejim tahlili nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim: u orqali davlat boshqaruvi samaradorligi, fuqarolarning siyosiy huquqlari va barqarorlik darajasi baholanadi. XX asrning 20-yillarida bu soha rivojlanishiga turtki bo’ladigan hodisa yuz berdi: biologiya fani sohasida tizimlar nazariyasi yaratildi. “Tizim” tushunchasini ilmiy muomalaga birinchi bo’lib, nemis biolog olimi L.Fon Bertalanfi (1901- 1972yy.) tomonidan kiritilgan. Siyosatshunoslik sohasida esa, bu “siyosiy tizim” tushunchasiga ilk bor o’z e’tiborini qaratgan olimlardan biri bu – fransuz olimi Etann Bonno de Kondilyakdir. U 1749-yilda “Tizimlar haqida traktat” asarini yozadi. Unda Kondilyak “tizim” tushunchasiga quyidagi ta‟rifni beradi: “Har qanday tizim qandaydir amaliy faoliyat yoki fanning barchasi bir-birlarini o’zaro qo’llab-quvvatlaydigan, oxirgisi birinchisini dalillaydigan turli qismlarning 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 310 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari ma’lum bir tartibda jaylashuvidan boshqa narsa emas. Uning boshqa qismlarini dalillaydigan qismlari esa prinsiplar deb ataladi.” Bu olim nazariyasida “Undagi unsurlar bir-birlari bilan shunday bog’langanki, bir unsurning o’zgarishi natijasida butun unsurlar o’zgarib ketadi degan jumlalar ham mavjud.L.Fon Bertalanfi ishlab chiqqan tizimlarning umumiy nazariyasiga tayangan holda AQSH olimi T.Parsons jamiyatda murakkab boshqaruvdan iborat nisbatan avtanom tizimlar mavjud ekanligiga e’tibor qaratdi. Uningcha, siyosiy tizim – umumiy maqsadlarni ishlab chiqish, integratsiyalash va amalga oshirishni ta‟minlab beradi. U tizimni 4 guruhga: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy tizimlarga ajratadi. Siyosiy tizim nazariyasini AQSH siyosatshunos olimi D.Iston har tomonlama keng rivojlantirib, siyosiy tizim asoschisi sifatida ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan. D.Iston “Siyosiy tizim” (“The Political System”, 1953y.), “Siyosiy tahlil me’yori” (1965), “Siyosiy tahlil uchun konseptual struktura” (“A Framework for Political Analysis”, 1965 y.) “Siyosiy hayotning tizimli tahlili” (“A Systems Analysis of Political Life”, 1965 y.) asarlarida siyosiy tizimni “tashqaridan keladigan impulslarga – buyruqlarga faol aks-sado beradigan, rivojlanuvchan va o’zini-o’zi muvofiqlashtiruvchi organizm” sifatida ta‟rifladi. Shuningdek, olim o’zining “Iston siyosiy tizim modeli” ni yaratadi[2] Davlat siyosiy tizimi sub’ekti sifatida siyosiy rejimlar turlicha xususiyatlarga ega. Demokratik rejim fuqarolarni ishtirokga jalb etib, shaffof boshqaruvni ta’minlasa, avtoritar va totalitar rejimlar barqarorlik va tezkor qaror qabul qilishga e’tibor qaratadi. Gibrid rejimlar esa ikki ekstremal modelni uyg‘unlashtirib, murakkab siyosiy maydon yaratadi. Mamlakat siyosiy tizimini takomillashtirish uchun rejim turining ijtimoiy, tarixiy va madaniy kontekstga mos ravishda tanlanishi va demokratik institutlarni mustahkamlash zarur. Yuqoridagi ilmiy tadqiqotlar va ularning asoschilarining yondashuvlari ikki fenomenda farqlar yaqqol ko’rinmoqda. Bu davlat va jamiyat fenomenlaridir. Ya’ni, davlatning roli yuqori pozitsiyada bo’lsa, siyosiy jarayonlardagi ta’siri baland bo’ladi. Bu holat davlatning siyosiy tizimni kuchaytirishga, uni kristall holatini mustahkamlashga 4-To’plam 2-son Aprel , 2025 311 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari to’g’ri keladi. Bu esa siyosiy tizimning siyosiy rejim holatidan kelib chiqishiga hamda bu siyosiy tizim va siyosiy rejim tushunchalarining bir xil ma’no ifodalashiga olib keladi. Siyosiy rejimning ham ta’siri deyarli siyosiy tizimga qarailadi va katta ahamiyat darajasida ifodalanadi. Biroq davlat emas, jamiyatning davlatga ta‟sir ko’lami yuqori bo’lsa unda siyosiy tizim siyosiy rejimga ta’sir ko’rsatadi jumladan bunday holatda Iston, Doych, Almond ta’kidlaganidek, me’yorlar, munosabatlar, axborotlar aylanishi va harakati kuzatiladi. Oqibatda esa siyosiy tizim va siyosiy rejim jamiyat va davlat o„rtasida adaptatsion jarayonni hosil qilishini ko„rsatadi. Xilma–xil yondashuvlar va qarashlarning umumiy nuqtasi davlat b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada davlat siyosiy tizimining sub’ekti sifatida siyosiy rejimlar tushunchasi, ularning tasnifi va o‘zaro farqlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada davlat siyosiy tizimining sub’ekti sifatida siyosiy rejimlar tushunchasi, ularning tasnifi va o‘zaro farqlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- siyosiy tizim, siyosiy rejim, davlat siyosiy, tizim siyosiy, sub ekti, ekti sifatida, sifatida siyosiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024