Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA RUS TILI DARSLARINI O'RGATISHNING INTERFAOL USULLARI
Nazirova Laziza Shamsiddin qizi
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada rus tili fanini milliy sinflarda samarali o‘rgatishning interfaol metodlari yoritilgan. Til o‘rgatish jarayonida o‘yinli topshiriqlar, guruhli ishlar, rolli o‘yinlar, axborot texnologiyalaridan foydalanish va vizual materiallar orqali o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda rus tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada o‘qituvchining innovatsion yondashuvi va metodik mahorati til o‘rgatish jarayonining muvaffaqiyatiga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: rus tili, milliy sinflar, interfaol metodlar, til o‘rgatish, o‘yinli mashg‘ulotlar, guruhli ish, axborot texnologiyalari, vizual vositalar, kommunikativ yondashuv, ta’lim jarayoni. Hozirgi davrda ta’lim jarayonida yangicha yondashuvlar, innovatsion metodlar va interfaol usullardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga chet tillarini, xususan rus tilini o‘rgatishda samarali metodik yondashuv muhim hisoblanadi. O‘zbekiston maktablarining aksariyatida rus tili milliy sinflarda xorijiy til sifatida o‘rgatiladi. Shu bois, bu fanni o‘qitishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, psixologik tayyorgarligi va ona tiliga nisbatan farqli bo‘lgan rus tilining fonetik, grammatik hamda leksik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Aynan shunday holatlarda interfaol metodlardan foydalanish til o‘rganish jarayonini soddalashtirish, o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undash va o‘zlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi. 5-To’plam 1-son May , 2025 35 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Interfaol metodlar deganda, o‘quvchining darsda faqat tinglovchi emas, balki ishtirokchi, fikr bildiruvchi, tahlil qiluvchi va mustaqil xulosa chiqaruvchi sub’ektga aylanishi tushuniladi[5.57]. Bu yondashuvda o‘qituvchi ko‘proq yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi rolni bajaradi. Rus tilini o‘rganish jarayonida ayniqsa o‘yinli mashg‘ulotlar, juftlikda va guruhda ishlash, rolli o‘yinlar, suhbatlar, interaktiv testlar, rasmli topshiriqlar, dramatizatsiya, multimediadan foydalanish kabi usullar katta samara beradi. Bunday mashg‘ulotlar orqali o‘quvchi nafaqat bilim oladi, balki tilga nisbatan qiziqishi ortadi, mustaqil fikrlash va nutqiy faolligi rivojlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tiliga bo‘lgan dastlabki qiziqish va til o‘rganishga motivatsiyani shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanish muhim o‘rin tutadi[1.81]. Ayniqsa, so‘z boyligini oshirishda ko‘rgazmali vositalar bilan birgalikda o‘yinli topshiriqlarni qo‘llash yuqori samaradorlikka ega. Rasmli kartochkalar yordamida o‘quvchilar yangi so‘zlarni obrazlar bilan bog‘lab eslab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “So‘z va rasmni moslashtir” kabi mashqlar orqali o‘quvchilarda vizual tafakkur rivojlanadi, bu esa til o‘rganish jarayonini yengillashtiradi. Shuningdek, “Kim tez?” singari musobaqaviy xarakterga ega bo‘lgan o‘yinlar orqali o‘quvchilar darsda faol harakatga kirishadi, o‘zaro raqobat orqali o‘rgangan so‘z va iboralarni mustahkamlashga intiladi. Bu esa dars jarayonining jonlanishiga, o‘quvchilarning darsga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishiga xizmat qiladi. O‘yin orqali o‘rganilgan bilim esa bolalar ongida yanada mustahkamroq saqlanadi. O‘rta sinf o‘quvchilari bilan ishlashda esa ularning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, muloqotga asoslangan topshiriqlarga alohida e’tibor qaratish lozim. “Suhbatni davom ettir”, “Vaziyatdan chiqish”, “Intervyu olish”, “Muloqotni davom ettirish” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilar real hayotdagi muloqotga tayyorlanadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilarni rus tilida og‘zaki fikr bildirishga, o‘z nuqtai nazarini erkin ifoda etishga undaydi. Ular mavzuga mos dialoglar tuzish, savol-javob shaklida muloqot qilish, rolda chiqish kabi faoliyatlar orqali muloqotda ishtirok etishni o‘rganadilar. Bu jarayonda 5-To’plam 1-son May , 2025 36 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari o‘quvchilarda o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan ishonch kuchayadi, rus tilidagi so‘z va iboralarni kontekstda qo‘llash malakasi shakllanadi. Eng muhimi, o‘quvchilar o‘rtasida muloqotga asoslangan darslar orqali faol til muhitini yaratish imkoni tug‘iladi. Bu esa ularning rus tilini nafaqat darsda, balki kundalik hayotda ham qo‘llashga bo‘lgan tayyorgarligini mustahkamlab boradi. Interfaol metodlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular orqali o‘quvchilar orasida hamkorlik, jamoaviylik, do‘stona muhit shakllanadi[6.24]. Guruhiy ishlarda har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi, tilni faol qo‘llashga harakat qiladi, bu esa bilimning mustahkamlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, rus tilida so‘zlashish uchun qo‘rquv, ichki to‘siqlar bartaraf etiladi. Chunki guruhli yoki juftlikdagi faoliyat o‘quvchilar uchun yanada erkin va qulay bo‘ladi. Axborot texnologiyalari ham rus tilini o‘rgatishda keng imkoniyatlar yaratad
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada rus tili fanini milliy sinflarda samarali o‘rgatishning interfaol metodlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada rus tili fanini milliy sinflarda samarali o‘rgatishning interfaol metodlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- milliy sinflar, til o‘rgatish, kommunikativ yondashuv, o‘yinli mashg‘ulotlar, axborot texnologiyalari, ta’lim jarayoni., interfaol metodlar, vizual vositalar, Kalit so‘zlar: rus tili, guruhli ish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014