К содержанию
РецензированоRU2025

ALISHER NAVOIY ASARLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Nusratillayeva Sevarabonu Rustam qizi. · Ilmiy rahbar: Sharipova Nodira Choriqulovna

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

В статье анализируются просветительские аспекты произведений выдающегося представителя узбекской классической литературы Алишера Навои, таких как «Махбуб ул-кулуб», «Хайрат ул-аброр», «Фарход и Ширин». КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Навои, щедрость, доброта, порядочность, совершенство ANNOTATION: This article analyzes the educational aspects of the works of Alisher Navoi, a prominent representative of Uzbek classical literature, "Mahbub ul-qulub", "Khairat ul-abror", "Farhod and Shirin". KEYWORDS: Navoi, generosity, kindness, decency, perfection Kirish.Alisher Navoiy nafaqat o'zbek xalqini,balki butun dunyoni maftun etgan shoirlardan biridir.Uning tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan bir qancha asarlari insonni komil inson sari yetaklashi,shubhasiz.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz"asarida shunday yozgan edilar:"Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga 5-To’plam 1-son May , 2025 80 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari hurmat- ehtirom ko'rsatish,ul zotning tabarruk merosini o'rganish,yosh avlodimizga bezavol yetkazish borasida ibratli ishlar qilinayotganini alohida ta'kidlashni istardim".¹(Sh.Mirziyoyev "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz"Toshkent 2017-y 113-bet) Bugunki kunda Navoiy asarlarini nafaqat o'zbeklar,hattoki boshqa millat vakillari ham o'qib,o'rganib kelishyapti.Shuning uchun asarlari rus,ukrain,nemis,belorus, qozoq, ozarbayjon, Turkman, xitoy, arab tillarida chop etilgan .Navoiyga atab yozilgan kitoblar,she'rlar,qissalar ham kundan kunga oshmoqda.Mirkarim Osim o'z ijodini Navoiyga bag'ishlangan asarlardan boshlagan va uni "Astrobod" nomi bilan a tagan.Shundan keyin ijodkor Navoiyga atab boshqa janrdagi qissa va hikoyalarni yoza boshlagan.Biz yoshligimizdan sevib o'qiydigan Oybekning "Navoiy" romani,Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur","Badarg'a","Navoiyning xislatlari","Ulug'bek va Navoiy" tarixiy qissa va hikoyalarida Navoiy siymosini yaxlit holda ko'rishimiz mumkin. "Mahbub ul-qulub"asari(Ko'ngillarning sevgani) 1500-yilda Alisher Navoiy tomonidan yozilgan tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi pandnoma asar.Ushbu asar Navoiyning hayoti davomida ko'rgan-kechirganlarini chuqur tahlil qilib,xulosa chiqarilgan qimmatli asar hisoblanadi.Bu asari orqali shoir jamiyatni saxovatli bo'lish ga undaydi,saxovatsiz kishilarni esa qattiq qoralaydi.Saxovat insoniyat bog'ining borvar shajaridur,balki ul shajarning mufid samaridur.Odamiyliq kishvarining bahri mavjvari,balki ul mavj bahrining samin gavhari.Saxovatsiz kishi-yog'insiz abri bahor va royihasiz mushki totor.²(A.Navoiy "Mahbub ul-qulub" Yoshlar nashriyot uyi Toshkent 2018-y 86- bet)"Mahbub ul-qulub"asaridan olingan ushbu jumlalar orqali Navoiy saxovatli insonni qimmatbaho gavharga qiyoslab,saxovatsiz kishini yog'insiz bahorga mengzamoqda. Saxosiz kishi birla gavharsiz sadafning bir hukmi bor.Dursiz sadaf bila o'lub qurug'an kashafg'a ne e'tibor.³(A.Navoiy "Mahbub ul-qulub" Yoshlar nashriyot uyi Toshkent 2018 86-bet).Asardan olingan bu parchada saxovatsiz kishilar gavharsiz sadafga o'xshatilgan.Jumla orqali agar inson saxovatdan mahrum bo'lsa, u qiymatsiz chig'anoqdek bo'ladi,ya'ni hech kimga 5-To’plam 1-son May , 2025 81 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari keragi bo'lmaydi degan ma'no kelib chiqadi.Shoir ushbu asarda ilm to'g'risida ham qimmatli saboqlar berib o'tadi.Unda ilmli kishilarni ulug'laydi,ilmsiz insonlarni esa qattiq tanqid qiladi.Ilm inson vujudining favokihlig' bog'idur,odamiylig' olamining javohirlig' tog'i.⁴(A.Navoiy "Mahbub ul-qulub" Yoshlar nashriyot uyi Toshkent 2018-y 90-bet).Insonning tarbiyasi,axloqi uning o'zligini anglatib qo'yadi.Shuni ham alohida aytish joizki,shoir ilmsiz insonlarni qadrlamasligini bot-bot takrorlaydi. Imsiz kishilar-jamiyatdagi axloqiy inqirozning belgisi sifatida tasvirlangan. Ilm odob va sabrni tarbiyalasa,saxovat muruvvat va mehrni tarbiyalaydi.Har ikki ulug' xislatlar insonni kamolotga yetkazadi,jamiyatni esa yuksaltiradi.Navoiy bu asari bilan inson qachonki ezgu fazilatlarni o'zida uyg'otib bilsa,o'shandagina tarbiyaviy muhitni yaratsa bo'ladi demoqchi. "Xamsa" asaridagi birinchi doston bu "Hayrat ul-abror".Bu asar ayrim sababga ko'ra "Hayrat ul-abror"deb nomlangan.Navoiy do'sti bo'lmish Jomiyning asarlarini sevib o'qib,ular forsiy tilda yozilganini bilib oladi.Shunda u o'z ona turkiy tilida bir asar yaratib,o'z xalqini mamnun qilmoqchi bo'ladi.⁵(A.Navoiy "Hayrat ul-abror" Toshkent 2006 G'.G'ulom nomidagi nashriyot 5-bet) Hayrati abror ko'rib zotini "Hayrat ul-abror" dedim otini Nuktai tarixiki,ahsan edi Sakkizu sekiz yuzu seksan edi⁶(A.Navoiy "Hayrat ul-abror"Toshkent 2006 G'.G'ulom nomidagi nashriyot 6-bet) Navoiyning "Hayrat ul-abror"asaridan olingan ushbu jumlalar asar nomlanishi sababidir.Ya'ni yaxshi kishilarni hayron qoldirgani uchun uni "Hayrat ul-abror" deb atadim.Yozilish tarixi esa 888 hijriy yili bo'

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются просветительские аспекты произведений выдающегося представителя узбекской классической литературы Алишера Навои, таких как «Махбуб ул-кулуб», «Хайрат ул-аброр», «Фарход и Ширин».»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются просветительские аспекты произведений выдающегося представителя узбекской классической литературы Алишера Навои, таких как «Махбуб ул-кулуб», «Хайрат ул-аброр», «Фарход и Ширин». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Navoi, generosity, kindness, decency, perfection, hilm, доброта, KEYWORDS: Navoi, щедрость, порядочность, совершенство, KALIT SO'ZLAR: Navoiy, saxovat, komillik, КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Навои, odob
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники