К содержанию
РецензированоUZ2025

QISHLOQ XOʻJALIGINI “YASHIL” IQTISODIYOT ASOSIDA BARQAROR RIVOJLANTIRISH

BARQAROR RIVOJLANTIRISH · Xashimova Salima Nigmatullayevna

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Hozirgi vaqtda ekologik muammolar tufayli qishloq xo'jaligi organik qishloq xo'jaligi modeliga o‘tkazilmoqda. Maqolada barqaror rivojlanishni ta’minlashda organik qishloq xo'jaligining ahamiyati, mohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, organik qishloq xo'jaligiga o‘tish zarurati keltirtilgan. Kalit so‘zlar: barqaror rivojlanish, qishloq xo'jaligi, resurs tejamkorligi, ekologiya, organik qishloq xo'jaligi,sof ekologik mahsulot. Qishloq xo'jaligi yashil iqtisodiyotga o'tish jarayonida muhim rol o'ynaydi. Organik qishloq xo'jaligi amaliyot va texnologiyalari bir vaqtning o'zida atrof- muhitni degradatsiyasini oldini olish va yashil is o‘rinlarini tashkil etish, smbagallik darajasini kamaytirishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligi O‘zbekistonda asosiy iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. U YaIMning qariyb 27 foizini tashkil etadi, mamlakatdagi jami aholining 40 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi. Bugungi kunga qadar qishloq xo‘jaligida 20 million gektardan ortiq yer, jumladan, 3,2 million gektar sug‘oriladigan ekin maydonlarida aholi ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. O‘zbekistonda yillik suv iste’molidan qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. 5-To’plam 1-son May , 2025 114 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari 2022-yilda isteʼmol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan. Yerlarning 70 foizi eski usulda sug‘orilgani bois, 5–6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanadi. Qishloq xo‘jaligini “yashil” iqtisodiyot asosida rivоjlantirish zaruriyati umumglobal rivojlanish tendensiyalariga mos keladi. Jumladan, mamlakat aholisining qariyb 49,4 foizi qishloq hududlarida istiqomat qiladi. Mamlakatda tug‘ilish darajasi yuqori (23,3 promille) va shunga mos ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. Aholining 45,5 foizini 25 yoshgacha bo‘lganlar, 55 foizdan ko‘prog‘ini esa 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligini “yashil” iqtisodiyot asosida rivоjlantirishda organik qishloq xo‘jaligiga o‘tish muhim ahamiyatga ega. Organik qishloq xo‘jaligi — biologik xilma-xillik va tabiiy resurslarni saqlab qolish bilan birga eng yaxshi ekologik tajribalarni birlashtirgan ishlab chiqarish va qayta ishlashni boshqarish tizimi hisoblanadi. Asosiy e'tibor barqaror ekotizimlarga erishish va sintetik moddalardan foydalanishni organik usullar bilan almashtirishga qaratilgan. Zamonaviy organik qishloq xo‘jaligi ilmiy yondashuv asosida rivojlantiriladi. O‘simliklarni yetishtirish jarayoni, tuproqshunoslik, ozuqa yem ishlab chiqarish, chorvachilik va boshqa sohalarni intensiv “yashil texnologiyalar”ni qo‘llash orqali rivojlantirish taqozo etiladi. Organik qishloq xo‘jaligini yuritishning tamoyillari 1980-yilda Xalqaro organik qishloq xo‘jaligi harakati federatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va quyidagilardan iborat: salomatlik, ekologiya, adolat va g‘amho‘rlik. Organik qishloq xo‘jaligi global “yashil iqtisodiyot”ning muhim yo‘nalishi sifatida dunyoning 181 mamlakatida rivojlantirilmoqda. Organik ishlab chiqarish uchun ajratilayotgan yer maydonlari yildan yilga ko‘payib bormoqda. Global kontekstda organik qishloq xo‘jaligi ko‘plab muammolarni hal qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu tuproq unumdorligini oshiradi, suv resurslarini tejaydi va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradi. Iqlim oʻzgarishi va biologik xilma-xillikning yoʻqolishi kabi global ekologik muammolarni hisobga 5-To’plam 1-son May , 2025 115 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari olgan holda, organik qishloq xoʻjaligi dunyo aholisining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga yordam beradigan barqaror yechimlarni taklif etadi. Yashil" iqtisodiyotning eng muhim sohalaridan biri bu barqaror qishloq xo'jaligidir, bu zamonaviy sharoitda "organic qishloq xo'jaligi" ga aylanadi. Ayni paytda qishloq xo'jaligi global dunyoning zamonaviy talablarini to'liq qondirmaydi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish organik dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirishda namoyon boʻlmoqda. O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ekologik toza barqaror ishlab chiqarish tizimlarini rag‘batlantirish mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy omiliga aylanmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra 2050- yilga qadar jahon oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi aholi ehtiyojlariga mos ravishda 70 foizga ortadi. Chiqindilarni qisqartirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligini “yashillashtirish”ning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tarmoqda yetishtirilayotgan hosilning zararkunandalar va oziq- ovqatlarni saqlash, taqsimlash, sotish bilan bog‘liq holda nobud bo‘lish darajasi aholi uchun zarur ishlab chiqarilayotgan ozuqa ka

Доказательный фрагмент

«Hozirgi vaqtda ekologik muammolar tufayli qishloq xo'jaligi organik qishloq xo'jaligi modeliga o‘tkazilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi vaqtda ekologik muammolar tufayli qishloq xo'jaligi organik qishloq xo'jaligi modeliga o‘tkazilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
resurs tejamkorligi, organik qishloq xo'jaligi, ekologiya, sof ekologik mahsulot., Kalit so‘zlar: barqaror rivojlanish, qishloq xo'jaligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники