Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'QITUVCHI FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI
Kadirova Omadxon Sobirjonovna (Andijon davlat pedagogika instituti) · Sirojiddinova Umidaxon Muxtorjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
This article provides brief information on the formation of a culture of communication in the professional activity of a teacher, the improvement of professional skills of young teachers who are just starting their pedagogical activity, the formation of mutual relations between teachers and students, the culture of pedagogical communication, and certain situations that occur between teachers and students. Keywords: Pedagogical, professional skills, communication, critical, conflict situation, planning, mandatory. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko'zga tashlanadi. O'qituvchi muloqotining negizida so'z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o'qituvchining saviyasi, ma'naviy dunyosi, madaniyatiga asoslanadi. O'qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarga, balki shu bilan birga ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, jamiyat hayotiga ham kerakligini hisobga oladigan bo'lsak, bugungi kunda talaba, talabalar fe'l-atvorini o'rganish, ularning bir-birlariga mehr-muruvvatli bo'lishga o'rgatish, diniy aqidaparastlik tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish naqadar dolzarbligini anglash mumkin. Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Kishilar xulqi, fe'l-atvori bilan bir-birlaridan farq qiladilar, ammo ular orasidagi o'xshashlik ma'lum darajada saqlanib qoladi. Demak, odamzotning tashqi turqi tarovatigina, balki ichki olami, maslagi, insoniy qiyofasi, hozirgi ko'rinishi uzoq tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot zamirida esa kishilar o'rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati turganligi sir emas. Shu sababli o'qituvchining muloqot madaniyatida ham oqilona ehtiyojni anglab olish muhim vazifadir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb tanlash motivlari, kasbiy 5-To’plam 1-son May , 2025 172 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim: - o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi; - muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar hattiharakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish; - o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish; - pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shartsharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro 5-To’plam 1-son May , 2025 173 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish; O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur. O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotda bi
Доказательный фрагмент
«This article provides brief information on the formation of a culture of communication in the professional activity of a teacher, the improvement of professional skills of young teachers who are just starting their pe…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides brief information on the formation of a culture of communication in the professional activity of a teacher, the improvement of professional skills of young teachers who are just starting their pe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogical, professional skills, communication, critical, профессиональные навыки, planning, Ключевые слова: педагогический, конфликтная ситуация, conflict situation, обязательный., ziddiyatli vaziyat, Keywords: Pedagogical, tanqidiy, majburiy., планирование, kasbiy mahorat, mandatory., критический, коммуникация, rejalashtirish, muloqot, Kalit so’zlar: Pedagogik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026