Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
ETUVCHI OMILLAR · Qobuljonova Mumtozbegim Odiljon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
The place that influences children's readiness for preschool education: preschool educational institution, special education at the place of residence, and information on the role of the family in preparing children for school education. Key phrases: Aesthetic education, humanity, profession, kindness, morality, goodness. 5-To’plam 1-son May , 2025 194 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni juda kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo`shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki boshqa hech qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruvvat, rahm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadokat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo`shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino ko`rish va tahlil qilish, qiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hakozolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga etayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va 5-To’plam 1-son May , 2025 195 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha tar`lim tashkilotlari xodimlari pedagogik omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning muhim vazifasidir. Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks yondashishga, tarbiyaviy muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning birligiga bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabtalarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani bog‘chadayoq yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan ta`limiy faoliyatlar jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o‘rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda qancha mashg‘ulot o‘tkazish maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim- tarbiya dasturida belgilab qo‘yilgan. Har bir MTTda metodik xonalar mavjud bo‘lib, unda MTTda ta’limtarbiya dasturining hamma bilimlari bo‘yicha metodik qo‘llamalar bo‘ladi. Tarbiyachi ta`limiy faoliyat jarayon
Доказательный фрагмент
«The place that influences children's readiness for preschool education: preschool educational institution, special education at the place of residence, and information on the role of the family in preparing children f…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe place that influences children's readiness for preschool education: preschool educational institution, special education at the place of residence, and information on the role of the family in preparing children f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Эстетическое воспитание, гуманность, профессия, fazilat., доброта, morality, благость., profession, Key phrases: Aesthetic education, mashg’ulot, ma’naviy axloq, Ключевые слова: Эстетическое воспитание, humanity, kindness, Kalit so’zlar: Estetik tarbiya, insonparvarlik, goodness., mehr-muruvvat, нравственность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026