К содержанию
РецензированоUZ2025

XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARINING KOMPOZITSION O‘ZIGA XOSLIGI

MATYOQUBOVA GO’ZAL SALIYEVNA

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

This article analyzes the artistic and functional significance of detail in the stories of Khayriddin Sultan. In the author's stories, detail is used as a central tool that sets the plot in motion, reveals the idea and content. In the example of stories such as "Plastinka", "Uch tup khurmo", "Onaming yurt" (Mother's Land), details are closely connected with the development of events and the spiritual experiences of the characters. With the help of portraits, landscapes and lyrical digressions, the writer artistically observes the human psyche, moral problems in society and human values. Keywords: Khayriddin Sultan, story, detail, artistic thought, composition, lyrical digression, portrait, landscape, plot, moral problem, human psyche, modern Uzbek prose. 5-To’plam 1-son May , 2025 228 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy jihat – bu asarning mazmuni va shakli o‘rtasidagi uyg‘unlik, syujetning hayotiy haqiqatga asoslangan holda badiiy vositalar orqali ifodalanishidir. Uning hikoyalarida voqealar rivoji, obrazlar tizimi va til unsurlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikni ta’minlaydi. Adib hikoya yozishda klassik an’analarni saqlagan holda, zamonaviy badiiy izlanishlarni ham qo‘llaydi. Asarlardagi voqealar ketma-ketligi ko‘pincha xronologik tartibda emas, balki ichki psixologik holat, xarakter o‘zgarishi, muhit ta’siri kabi omillarga qarab shakllanadi. Bu esa hikoya kompozitsiyasining ichki dinamikasini kuchaytiradi. Xayriddin Sulton hikoyalarida ekspozitsiya, rivojlanish, avj nuqtasi va yakun an’anaviy shaklda mavjud bo‘lsa-da, bu qismlar har doim qat’iy tartibda emas, balki hikoya mazmuniga mos holda o‘zgartirilgan bo‘ladi. Hikoyaning boshlanishidayoq asosiy konflikt yuzaga chiqadi va bu o‘quvchini darhol asarga jalb etadi. Ba’zan hikoya yakunida aniq xulosa berilmaydi, natijada o‘quvchi o‘zicha mulohaza yuritishga undaladi. Ayniqsa, psixologik kechinmalar orqali voqeani berish usuli Xayriddin Sultonga xos uslubdir. U tashqi tasvirdan ko‘ra, ichki holatni aks ettirishga urg‘u beradi. Shuningdek, xarakterlar yaratishda har bir obrazning hikoyadagi vazifasi aniq belgilangan bo‘lib, ularning harakati, so‘zlari va ichki holati umumiy g‘oyani ochishda xizmat qiladi. Adib hikoya yaratishda badiiy tahlilga, ruhiy holatlarni teran ochishga katta e’tibor beradi. Hayotiy haqiqat voqealar orqali emas, balki obrazlar dunyosi, tafakkur tarzi va ularning ichki tortinchoqlari, iztiroblari, orzulari orqali beriladi. Shu boisdan ham Xayriddin Sulton hikoyalarida syujetdan ko‘ra badiiy muhit, ichki holat ustuvorlik kasb etadi. U o‘z hikoyalarida hayotni to‘qimasiz, bo‘yoqsiz aks ettirishga intiladi, ammo bu aks ettirish oddiy kuzatuv emas, balki san’atkorona tasvir orqali beriladi. Kompozitsiyaning bunday shakllanishi yozuvchining adabiy mahoratini, badiiy tafakkurini va uslubiy yondashuvini namoyon etadi. Shu bois Xayriddin Sulton hikoyalarini o‘rganishda kompozitsiyaning nafaqat tashqi tuzilishi, balki ichki garmoniyasi ham alohida ahamiyat kasb etadi[1.58]. 5-To’plam 1-son May , 2025 229 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Muallifning «Uch tup xurmo» hikoyasi kompozitsiyasini shu nuqtai nazardan kо‘zdan kechiraylik. Hikoya birgina voqeaga asoslangandek tuyulsa-da, syujet rivoji davomida u ancha murakkablashib, boshqa hodisalar, tugunlar va ziddiyatlar hosil qiladi. Hikoyada barcha badiiy syujet va kompozitsiya unsurlari — ekspozitsiya, tugun, yechim, ziddiyatlar, portret, peyzaj, detal tasviri о‘rni- о‘rnida qо‘llangan bо‘lib, asosiy g‘oyaning ochilishiga xizmat qilgan. Hammasi ochiq-oshkor kо‘rinib turgan pyesaning bir pulga qimmat ekanini ta’kidlagan edi buyuk K.Stanislavskiy. Buni hikoya janriga nisbatan ham aytish mumkin. «Uch tup xurmo» hikoyasini о‘qish jarayonida kitobxon har xil jumboqlarga duch keladi va ular birin-ketin yechila boradi; voqealar rivoji asnosida qahramonning qalb sirlari, shuning barobarida esa badiiy g‘oya — muallifning ijodiy niyati ham oydinlashadi[5.69]. Hikoya Fayzulla — hikoyachi-qahramonning о‘zi bilan bog‘liq ayrim tafsilotlarni bayon etishi bilan boshlanadi. Muxtasar ekspozitsiyadan uning tushlik chog‘i uch-tо‘rt hamkasbi bilan shahar tashqarisiga kabobxо‘rlikka chiqqani ma’lum bо‘ladi. Ishxonaga kelganida unga direktor yо‘qlatganini aytishadi. Shosha-pisha boshliq huzuriga kirgan Fayzullaga uning hech bir izohsiz «Siz besh-о‘n kun о‘ynab keling, о‘g‘lim», deydi. Dabdurust?dan aytilgan bu gapga tushunolmay u turfa о‘ylar girdobida qoladi. Fayzullaga qо‘shilib kitobxonning ham qiziqishi ortadi. Hikoya mazkur tugun bilan boshlanadi. Shundan sо‘ng asosiy qahramon Mallayev paydo bо‘lib, ilk tugun yechiladi, ammo voqealar mobaynida boshqa tugunlar yuz kо‘rsata boradi. Kitobxon nazdida Mallayev qanchalik sir-sinoatli odam sifatida gavdalansa, Fayzulla uchun ham u x

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the artistic and functional significance of detail in the stories of Khayriddin Sultan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the artistic and functional significance of detail in the stories of Khayriddin Sultan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khayriddin Sultan, story, detail, artistic thought, composition, portret, syujet, inson ruhiyati, human psyche, axloqiy muammo, plot, modern Uzbek prose., lirik chekinish, detal, Kalit so‘zlar: Xayriddin Sulton, peyzaj, badiiy tafakkur, Keywords: Khayriddin Sultan, portrait, kompozitsiya, moral problem, landscape, lyrical digression, hikoya, zamonaviy o‘zbek nasri.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники