К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAXSNING IQTISODIY YO‘NALGANLIGI PSIXOLOGIYA SOHASI TADQIQOTI MUAMMOSI SIFATIDA

YO‘NALGANLIGIGA TA’SIRI · Dilso‘z Ismoilova

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu maqola shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga maqsadlar va ideallarning ta’sirini o‘rganadi. Unda muallif shaxsning iqtisodiy faoliyatini belgilovchi muhim omillar sifatida maqsadlar (qisqa va uzoq muddatli rejalashtirilgan natijalar) va ideallarning (shaxs intiladigan oliy maqsadlar va qadriyatlar) rolini tahlil qiladi.Maqolada, shuningdek, shaxsiy o‘sish, kasbiy rivojlanish va jamiyat farovonligiga erishishda maqsadlar va ideallarning ahamiyati ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Maqsadlar, ideallar, shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligi, iqtisodiy faoliyat, motivatsiya, qadriyatlar, iqtisodiy xatti-harakat, axloqiy tamoyillar, ijtimoiy ta’sir, kasbiy rivojlanish. Kirish. Sotsiallashuv jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallardir. Ushbu tushunchalar shaxsning kelajakni tasavvur qilish, rejalashtirish va ularga erishishga intilishini ta’minlaydi. Maqsad va rejasiz inson ma’naviyatsiz hisoblanadi. Maqsadlar shaxsning anglanganligi va real imkoniyatlariga bog‘liq holda shakllanadi. Ularning shakllanishida ideallar ham muhim rol o‘ynaydi. Ideallar shaxsning hozirgi imkoniyatlaridan tashqaridagi orzu-umidlari bo‘lib, ular maqsadlar qo‘yishga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Ushbu maqola shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga aynan shu maqsadlar va ideallarning ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Asosiy qism. Shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligi uning kelajakdagi iqtisodiy faoliyati va moliyaviy farovonligiga intilishini belgilab beradi. Bu https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 104 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yo‘nalishning shakllanishida esa maqsadlar muhim o‘rin tutadi. Shaxsning moliyaviy barqarorlikka erishish, ijtimoiy maqomini oshirish yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish kabi iqtisodiy maqsadlari uning kundalik xatti- harakatlariga, moliyaviy resurslarni boshqarishiga va iqtisodiy qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, yuqori daromad olishni maqsad qilgan shaxs ko‘proq ishlashi, o‘z malakasini oshirishi yoki investitsiya qilishga harakat qilishi mumkin. Umuman olganda, iqtisodiy yo‘nalganlik shaxsning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishiga, investitsiya qilishda muvaffaqiyatga erishishiga va xarid qilishda oqilona yondashuvni ta'minlashga yordam beradi. Shaxsning iqtisodiy yoʻnalganligi nima – bu insonning oʻz hayoti va faoliyatining asosiy qismini iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirishini anglatadi. Bu tushuncha insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish, boylik toʻplash, iqtisodiy mustaqillikka erishish va iqtisodiyotda muvaffaqiyat qozonishga boʻlgan intilishini ifoda etadi. Iqtisodiy yoʻnalganlikning asosiy belgilari: Moddiy boyliklarni toʻplashga intilish: bu pul, mulk, qimmatbaho buyumlar va boshqa moddiy resurslarni oshirishga qaratilgan harakatlarni oʻz ichiga oladi. Iqtisodiy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish - bu bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalarini bilish, moliyaviy savodxonlik, investisiya qilish va biznes yuritish koʻnikmalarini oʻzlashtirish demakdir. Iqtisodiy mustaqillikka erishish - bu moddiy jihatdan boshqalardan qat'iy nazoratsiz boʻlish, oʻz mehnati bilan yashash va kelajagini ta'minlashga intilishdir. Iqtisodiy muvaffaqiyatga erishish - bu yuqori daromad olish, mansab to‘plash, iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa iqtisodiy maqsadlarga erishishdir. Iqtisodiy yoʻnalganlikning omillari: shaxsning tarbiyasi va ta'limi iqtisodiy bilim va koʻnikmalarni erta yoshdan boshlab oʻrganish shaxsning iqtisodiy https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 105 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yoʻnalganligiga ta'sir qiladi. Ijtimoiy muhit: Oila, doʻstlar, jamiyatning iqtisodiy holati va qiziqishlari shaxsning iqtisodiy yoʻnalganligini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Shaxsning psixologik xususiyatlari: Ambisiya, tavakkal qilishga tayyorlik, maqsadga intilish kabi shaxsiy xususiyatlar ham iqtisodiy yoʻnalganlikka ta'sir qiladi. Iqtisodiy yoʻnalganlikning ijobiy va salbiy jihatlari:Iqtisodiy yoʻnalganlik shaxsning rivojlanishi va jamiyatning farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlishi bilan birga, ba'zida salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Ijobiy jihatlari: ⚫ Iqtisodiy oʻsish va rivojlanishga hissa qoʻshadi. ⚫ Shaxsning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi. ⚫ Yaxshi turmush kechirish imkonini beradi. Salbiy jihatlari: ⚫ Ma'naviy qadriyatlarni unutishga olib kelishi mumkin. ⚫ Shaxsiy munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. ⚫ Stress va depressiyaga olib kelishi mumkin. Shaxsning iqtisodiy yoʻnalganligi – bu inson hayotidagi muhim jihat boʻlib, uning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'sir qiladi. Iqtisodiy yoʻnalganlikning ijobiy va salbiy jihatlarini hisobga olib, har bir inson oʻzi uchun muvozanatli yoʻlni tanlashi muhimdir. Ideallar esa shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligining yanada kengroq va chuqurroq qatlamini tashkil etadi. Garchi ideallar hozirgi imkoniyatlardan tashqarida bo‘lsalar ham, ular sha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga maqsadlar va ideallarning ta’sirini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligiga maqsadlar va ideallarning ta’sirini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Kalit so‘zlar: Shaxsning iqtisodiy yo‘nalganligi, tadqiqot muammosi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, iqtisodiy xulq-atvor, psixologik omillar, madaniy omillar., moliyaviy qarorlar, iste’molchi psixologiyasi, psixologiya, tadbirkorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники