К содержанию
РецензированоUZ2025

KICHIK BIZNESDA MIJOZLAR FIKRINI TAHLIL QILISH ORQALI XIZMAT SIFATINI YAXSHILASH

XUSUSIYATLARI TAHLILI · Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich · Rasulov Xamidjon Yakubovich

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 168-170 · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda kichik biznes subyektlarida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (Customer Relationship Management – CRM) strategiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Kichik biznes uchun mijozlar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish nafaqat daromadni oshirish, balki bozor raqobatbardoshligini ta’minlashda ham muhim omil hisoblanadi. Shu sababli maqolada CRM strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda kichik korxonalar duch keladigan imkoniyatlar va muammolar yoritilgan. Tezisda amaliy tavsiyalar ham berilgan bo‘lib, ular kichik korxonalarga o‘z mijozlar bazasini kengaytirish, ularning ehtiyojlarini chuqurroq anglash va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishda yordam beradi. Kirish. Kichik biznes bugungi kunda eng yirik ish beruvchi va xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratish, ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini anglashda faol ishtirok etayotgan mamlakatlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Taqqoslash ko‘rsatkichi sifatida kichik va o‘rta biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi qo‘llaniladi. Masalan, Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich 51%, Germaniyada - 53%, Finlyandiyada - 60%, https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 255 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Niderlandiyada - 63% va Amerika Qo‘shma Shtatlarida - taxminan 50%1. Mamalakatimizda bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq ulushga ega. O‘zbekistonda tadbirkorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash zarurati tufayli, hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarga qo‘shimcha ravishda, kichik va o‘rta biznes vakillarining boshqaruvi uchun tashkilot faoliyatining turli sohalarida zamonaviy boshqaruv vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Asosiy yo‘nalishlar qatoriga quyidagilar kiradi: inventarizatsiya, ishlab chiqarish jarayoni, logistika, marketing, tashkilot xodimlari va boshqalar. Yigirmanchi asrning oxirida texnologiya va bozor munosabatlarining rivojlanishi kichik biznesni boshqarish uchun yangi raqobat muammolarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ishlab chiqarish hajmini oshirishdan tashqari, TQM (Total Quality Management) ham birinchi o‘ringa chiqadi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini saqlash va yaxshilash, kadrlar tayyorlash darajasini, shuningdek, jarayonlarning o‘zini tashkil etish sifatini oshirishning ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, mijozlar bilan ishlashni optimallashtirish va korxona ichidagi jarayonlarni yaxshilash uchun birinchi elektron tizimlar paydo bo‘ldi. PLM (Mahsulotning hayot aylanishini boshqarish tizimi) konsepsiyasi 1985 yilda American Motors korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniyaning dizayn va ishlanmalar bo‘yicha vitse-prezidenti Fransua Kasteyn kompaniyaning raqobatchilari tadqiqot va texnologik innovatsiyalar uchun ajratadigan byudjetlarni taqqoslab, kompaniya o‘zining asosiy mahsulotlarining hayot aylanishini qo‘llab- quvvatlashga e’tibor qaratishni e’lon qilgan2. O‘sha paytda kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan asosiy yaxshilanishlar quyidagilardan iborat edi: muhandislik ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradigan mahsulot ma’lumotlarini boshqarish tizimi, shuningdek, ishlab chiqarishni optimallashtiradigan, kompyuter yordamida 1 Росстат раскрыл сложности с оценкой вклада МСП в экономику. [Электронный ресурс] // Новостной портал «РБК» - код доступа: https://www.rbc.ru/newspaper/2019/11/01/5db9abe99a794773c1fbd2e0 2 Cunha, Luciano. Manufacturing Pioneers Reduce Costs By Integrating PLM&ERP. – onwindows.com Retrieved 15 May 2020 https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 256 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari loyihalash (SAPR) tizimi va muhandislarning loyihalari3. Keyinchalik, ushbu kompaniya Chrysler avtomobil kompaniyasi tomonidan sotib olinganidan so‘ng, PLM texnologiyasidan foydalanish avtomobil ishlab chiqarish tannarxini sezilarli darajada kamaytirishga va natijada o‘sha davrdagi raqobatchilarning ko‘pchiligidan o ‘zib ketishiga imkon berdi. 1986 yilda Conductor Software o‘sha paytdagi noyob aloqalarni boshqarish dasturini chiqardi. Elektron aloqalarni boshqarish tizimlarining rivojlanishidan so‘ng, 1995 yilda mijozlar bilan ishlash uchun front-ofis ilovalarini birlashtirgan "CRM" (mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) atamasi paydo bo‘ldi. 1990 yilda ERP (Korxona resurslarini rejalashtirish) paydo bo‘ldi - bu MRP II ning takomillashtirilgan versiyasi hisoblanib, (MRP II korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun ishlatilgan), korxona resurslarini rejalashtirish va boshqarish tizimi xom ashyo uchun, ishlab chiqarish quvvatlarining yukini, xarajatlarini rejalashtirish, ishlab chiqarish jarayonining modelini yaratish, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishga xizmat qilgan.4 CRM tizimlari kompaniyalar uchun amaliy dasturiy ta’minot bo‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda kichik biznes subyektlarida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (Customer Relationship Management – CRM) strategiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda kichik biznes subyektlarida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (Customer Relationship Management – CRM) strategiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ishlab chiqarish, kichik biznes, kichik rta, tomonidan ishlab, ishlab chiqilgan, paydo ldi, boshqarish tizimi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники