К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI MASHG'ULOTLARDA IJTIMOIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH

FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH · Boyqulova Gulmira · Norboyeva Roza

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

The article discusses the issues of organizing extracurricular activities in reading lessons of primary schoolchildren. Key words: methodology, literature, experience, independent work, teacher, student, goal, phrase. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol g'oyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta'lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta'lim jarayonida o'qitishning tajribada sinovlardan o'tgan shakl va usullari boyitilib, zarurat bo'lganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta'lim vositasida ma'naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Uning nechog'li to'g'ri amalga oshirilishi ko'p jihatdan boshlang'ich ta'lim tizimining samaradorligiga bog'liq. 5-To’plam 2-son May , 2025 243 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'limning eng muhim bo'g'inidir. "O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi Nizomda ta'kidlanganidek: "Boshlang'ich ta'lim o'qish, yozish, sanash, o'quv faoliyatining asosiy malaka va ko'nikmalari, ijodiy fikrlash, o'zini-o'zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog'lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta'minlashga da'vat etilgan. Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qishga kichik yoshdagi o'quvchilarni ona tilini puxta o'zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o'qishning maqsadi - kichik yoshdagi o'quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. Sinfdan tashqari o'qish dasturining mazmuniga ko'ra ta'limning har bir bosqichida ikki asosiy bo'lim ajratiladi: 1-bosqichda o'qish doirasi, ya'ni o'qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o'qish bilan tanishtirish yuzasidan o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. 2-bosqichda shu o'quv materiallari asosida bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy o'rta ta'limning davlat standartlari va o'quv dasturiga ko'ra 1-sinfda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida savod o'rgatish darslarida hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar- tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. Sinfdan tashqari o'qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o'rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg'otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o'quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o'qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o'rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf ovquvchilari uchun 5-To’plam 2-son May , 2025 244 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O'qituvchi bolalarning his-tuyg'ularini o'stiradigan kitoblarni o'qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go'zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o'tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg'otadi[1]. 2-sinfda o'quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o'qituvchining yordami va topshirig'i asosida mustaqil o'qishga o'tadilar. Bu sinfda 2 hadada bir marta sinfdan tashqari o'qish darsi o'tkaziladi. Ona - Vatan va ota-bobolar jasorati, o'simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o'qituvchi topib, tanlab o'quvchilarga o'qishga tavsiya etadi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida o'quvchilarning mustaqil o'qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma'naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o'qish darslari ikki haftada bir marta o'tkaziladi. Bu sinflarda o'qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo'lgan o'quvchilar yoshiga mos kitoblarni to'plashni. Sinfdan tashqari o'qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o'qituvchi va o'quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o'qib borilsagina o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi[4]. Sinfdan tashqari o'qish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuyg'ularini uyg'otish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini o'zgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe'l-atvorini, xatti-harakatini baholash orqali ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega.

Доказательный фрагмент

«The article discusses the issues of organizing extracurricular activities in reading lessons of primary schoolchildren.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the issues of organizing extracurricular activities in reading lessons of primary schoolchildren. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
methodology, literature, experience, independent work, teacher, ibora., литература, самостоятельная работа, mustaqil ishlar, maqsad, goal, o'quvchi, Ключевые слова: методика, adabiyot, tajriba, фраза., phrase., Tayanch so'zlar: metodika, ученик, o'qituvchi, учитель, Key words: methodology, цель, опыт, student
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники