К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKSIDA ISLOMIY MOLIYALASHTIRISH VOSITALARINING KICHIK BIZNESNI QO‘LLAB – QUVVATLASHDAGI ROLI

QUVVATLASHDAGI ROLI · Abdulloyev Furqat Olimdjonovich

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu tezis islomiy moliyalahtirish tushunchasining mohiyati, uning asosiy instrumentlari va tamoyillari, shu jumladan, iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesning rolini oshirish chora-tadbirlari, O‘zbekiston – 2030 strategiyasi, to‘g‘risidagi Prezident qaror va farmonlarida ko‘zda tutilgan maqsadlar hamda bugungi kunda ushbu sohada mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli sa’y – harakatlar va ularning natijalari, shu bilan birga, mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan nufuzli banklardan biri hisoblanmish, “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijortat bankining islomiy moliyalashtirish sohasida amalga oshirayotgan faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Kalit so‘zlar: Islomiy moliyalashtirish, islomiy bank, murobaha, mudoraba, mushoraka, ijara, ribo, kichik biznes, xusisiy sektor. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va ijtimoiy farovonlikning ta’minlanishida kichik va o‘rta biznes muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda ushbu sektorning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilib, davlat tomonidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yil 19- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesning rolini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-50-sonli Farmonida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab- 5-To’plam 3-son May , 2025 9 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.1 Mazkur farmonda 2025-yil yakuniga qadar kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga yetkazish, 70 milliard AQSH dollari miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratish, 1,5 million doimiy ish o‘rni tashkil etish kabi muhim maqsadlar belgilangan. Shuningdek, kichik biznes eksportini 9 milliard dollardan 12 milliard dollarga oshirish, 100 ta yangi milliy brendni ishlab chiqish va 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish rejalashtirilgan . Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda muqobil moliyalashtirish vositalarining, xususan, islomiy moliyalashtirishning ahamiyati ortib bormoqda. Islomiy moliyalashtirish vositalari, shariat tamoyillariga asoslangan holda, foizsiz (ribo) moliyalashtirish, tavakkalchilikni adolatli taqsimlash va real iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bu esa kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy resurslarga kirishni osonlashtiradi va ularning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Islomiy moliyalashtirish tushunchasini mohiyati to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak: Islom banki, islomiy moliya yoki Shariatga muvofiq moliya – bu shariat (Islom qonunlari) va uni islom iqtisodini rivojlantirish orqali amalda qoʻllashga mos keladigan bank yoki moliyalashtirish faoliyati. Islomiy bank yoki moliyaning baʼzi usullari orasida Mudoraba (foydani taqsimlash va zarar koʻrish), Vadiya (xavfni saqlash), Mushoraka (qoʻshma korxona), Murobaha (narx-plyus) va Ijara (lizing) kiradi.2 O‘zbekiston Respublikasida ham yurtboshimiz Sh. MIrziyoyevning 2023 – yil 11 – sentabrdagi PF – 158 – son farmonida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra, bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantrirish maqsadida kamida 3ta tijorat banklarida islom moliyasi me’zon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-50-son “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” https://lex.uz/uz/docs/-7444738; 2 “Islom bank ishi va moliyasi” https://uz.wikipedia.org/wiki/Islom_bank_ishi_va_moliyasi#O%CA%BBzbekistonda_islom_moliyasi; 5-To’plam 3-son May , 2025 10 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari bo‘yicha maqsadlar belgilangan.3 Shu asnoda, bugungi kunda O‘zbekistonning 12 ta banki, jumladan, “Agrobank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak yo‘li” banki va boshqalar xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi kredit liniyalari orqali murobaha, ya’ni, xarid narxi va ustama miqdorini ma’lum qilgan holda, tovarni uning haqqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. “Trastbank” ning Trast Muamalat sho‘ba korxonasi islomiy lizing xizmatlarini taqdim etmoqda.4 Islomiy moliyalashtirish sohasida mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan nufuzli banklardan biri “Ipak Yo‘li” AITB ham ilg‘or sa’y – harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekistonda Islomiy moliyalashtirilish Islom bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha loyihalari ko‘rinishida taqdim etilgan bo‘lib, u uzoq vaqt davomida “Ipak yo‘li” banki bilan ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Moliyalashtirish Murobaha prinsiplariga muvofiq kafolatlarni ta'minlash uchun banklarga moliyalashtirish liniyalar

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis islomiy moliyalahtirish tushunchasining mohiyati, uning asosiy instrumentlari va tamoyillari, shu jumladan, iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesning rolini oshirish chora-tadbirlari, O‘zbekiston – 2030 str…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis islomiy moliyalahtirish tushunchasining mohiyati, uning asosiy instrumentlari va tamoyillari, shu jumladan, iqtisodiyotda kichik va o‘rta biznesning rolini oshirish chora-tadbirlari, O‘zbekiston – 2030 str… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islomiy bank, xusisiy sektor., mushoraka, Kalit so‘zlar: Islomiy moliyalashtirish, kichik biznes, ribo, ijara, murobaha, mudoraba
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники