Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ANTIBIOTIKLARDAN FOYDALANISH
ANTIBIOTIKLARDAN FOYDALANISH · Fayzullayev Baxriddin Abduqahhor o‘g‘li · Umarov Sobir Begali o‘g‘li · Soatov Baxrom Baxtiyorvich
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 1928
Аннотация
Antibiotiklar — bu mikroorganizmlarni o‘ldirish yoki ularning o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega bo‘lgan biologik faol moddalar bo‘lib, asosan bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi. Ular tabiiy, yarim sintetik va to‘liq sintetik yo‘l bilan olinadi. Antibiotiklar hozirgi kunda juda keng sohalarda foydalaniladi. Eng keng foydalaniladigan sohalar sifatida tibbiyotda- infeksiyali kasalliklarni davolashda, chorvachilikdaayvonlarda o'sish promouterlari sifatida, qishloq xo‘jaligida - o‘simlik mahsulotlarini yetishtirishda foydalaniladi. Kalit so‘zlar: Antibiotik, spetsifik, infeksiya, penitsillin, farmatsevtika. Kirish: 1928-yilda Aleksandr Fleming birinchi antibiotik — penitsillinni kashf etdi. 1940-yillarda antibiotiklar keng qo‘llanila boshlandi va tibbiyotda inqilob sodir bo‘ldi. Antibiotiklar tabiatda mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy moddalar yoki laboratoriyada tayyorlangan sintetik moddalardir. Klinik jihatdan samarali va shuning uchun tibbiyotda foydali bo‘lgan antibiotik deb hisoblash uchun mikroorganizmni yo‘q qilish yoki o‘sishini ingibetor qilish antibiotikning organizmdagi tegishli kontsentratsiyasiga erishiladi. Bugungi kunga qadar mikroblar kulturasidan kamida 4000 ta antibiotik ajratilgan va 30 000 tasi yarim sintetika tayyorlangan. Biroq, har kuni amaliyotda ulardan faqat 100 tasi qo‘llaniladi. Antibiotiklar bo'lishi mumkin - keng spektrli bakteriyalar ko‘p turlarini o‘ldiradi, masalan, penitsillinni misol qilib keltirish 5-To’plam 3-son May , 2025 97 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari mumkin. Keng spektrli antibiotiklar, bakteriyalar, rikketsiyalar, mikoplazmalar, protozoa va spiroketalar kabi ko‘plab mikroblarga qarshi faol hisoblanadi[1]. Ma’lum turdagi bakteriyalarni o‘ldiradigan tor spektr, masalan, izoniazid va kolonizatsiya va chidamli bakteriyalar bilan super infektsiya xavfini kamaytirish uchun imkon doirasida foydalanish maqsadga muofiq hisoblanadi. Antibiotiklarning tibbiyotdagi asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Nafas yo‘llari infeksiyalarini davolash - Nafas yo‘llari infeksiyalari eng ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘lib, ulardan ayrimlari bakterial tabiatga ega: Pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi): Ko‘pincha Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae kabi bakteriyalar sabab bo‘ladi. Davolashda penitsillinlar, makrolidlar va ftorxinolonlar ishlatiladi. Bronxit: Asosan surunkali bronxitda bakterial infeksiyalar rivojlanadi, bu holatda aminopenitsillinlar va tsefalosporinlar qo‘llanadi. Tonzillit va faringit: Streptococcus pyogenes kabi bakteriyalar keltirib chiqaradigan angina holatlarida penitsillin yoki eritromitsin buyuriladi. Sinusit va otit: Yuqori nafas yo‘llari infeksiyalarida amoksitsillin - klavulanat yoki tsefalosporinlar samarali hisoblanadi[2]. Siydik chiqarish tizimi infeksiyalarini davolash: Siydik yo‘llari infeksiyalari (SYI) ko‘pincha Escherichia coli kabi bakteriyalar tomonidan keltirib chiqariladi: Tsistit (pufak yallig‘lanishi): Eng ko‘p uchraydigan infeksiyalardan biri bo‘lib, trimethoprim - sulfametoksazol, nitrofurantoin yoki ftorxinolonlar qo‘llaniladi. Pielonefrit (buyrak yallig‘lanishi): Og‘ir holatlarda parenteral (tomir ichiga) yo‘l bilan tsefalosporinlar yoki aminoglikozidlar ishlatiladi. Uretrit: Chlamydia trachomatis yoki Neisseria gonorrhoeae kabi jinsiy yo‘l bilan yuqadigan bakteriyalarda azitromitsin yoki seftriakson ishlatiladi[3]. Teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarini davolash- Teri infeksiyalari turli xil bakteriyalar tomonidan yuzaga keladi: Furunkul va karbunkullar: Staphylococcus aureus sabab bo‘lsa, dikloksatsillin yoki klindamitsin buyuriladi. Yiringli yaralar: Jarrohlik amaliyotidan keyingi infeksiyalarda tsefalosporinlar 5-To’plam 3-son May , 2025 98 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari yoki aminoglikozidlar tavsiya etiladi. Kuyish va jarohatlar: Profilaktika maqsadida keng ta’sir doiradagi antibiotiklar ishlatiladi. Ichak infeksiyalarini davolash - Ichak infeksiyalari ba’zan antibiotik talab qiladigan holatlarga olib keladi: Salmonellyoz va dizenteriya: Ftorxinolonlar (masalan, siprofloksatsin) va kotrimoksazol ishlatiladi. Helikobakter pilori infeksiyasi: Gastrit va oshqozon yarasi davosida amoksitsillin, klaritromitsin va proton nasosi ingibitorlari kombinatsiyasi qo‘llaniladi[4]. Og‘ir infeksiyalarni davolash - Antibiotiklar hayot uchun xavf tug‘diradigan holatlarda ham muhim rol o‘ynaydi: Sepsis (qon zaharlanishi): Tezkor va keng ta’sir doiradagi antibiotiklar (karbapenemlar, vankomitsin) ishlatiladi. Meningit: Neisseria meningitidis yoki Streptococcus pneumoniae kabi bakteriyalar keltirib chiqaradigan meningitda seftriakson yoki vankomitsin buyuriladi. Endokardit: Yurak ichki qavatining yallig‘lanishida penitsillin va aminoglikozid kombinatsiyasi ishlatiladi. Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infeksiyalarni davolash - Jinsiy yo‘l bilan yuqadig
Доказательный фрагмент
«Antibiotiklar — bu mikroorganizmlarni o‘ldirish yoki ularning o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega bo‘lgan biologik faol moddalar bo‘lib, asosan bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAntibiotiklar — bu mikroorganizmlarni o‘ldirish yoki ularning o‘sishini to‘xtatish qobiliyatiga ega bo‘lgan biologik faol moddalar bo‘lib, asosan bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Antibiotik, spetsifik, penitsillin, infeksiya, farmatsevtika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024