Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ENERGETIK ICHIMLIKLARNING TARKIBI VA INSON SALOMATLIGIDAGI ROLI”
SALOMATLIGIDAGI ROLI” · Fayzullayev Baxriddin Abduqahhor o‘g‘li · Mamatkulova Iroda Ergashevna
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Hozirgi kunda yosh o‘smirlar orasida urfga kirishga ulgurgan energetic ichimliklar talaygina. Ularning turlari ham kun sayin ortib bormoqda. Energetik ichimlik turlari ko‘p va ularning tarkibi ham turlicha bo‘lgabi bilan ularning asosiy tarkibiy qismi bir xil moddalardan iborat. Hozirgi kunda deyarli barcha energetik ichimliklar tarkibida koffein, taurine va bir qancha B guruh vita,inlarini o‘z ichiga olgan. Kalit so‘zlar: Kofein, taurin, L-carnitin, shakar koleri E-150, askorbin kislotasi, vitamin(B12), sistein. Kirish: Hozirgi kunda energetik ichimliklar turlicha bo‘lganligi uchun uning tarkibini ma’lum umumiy tarzda korib chiqamiz. Ko‘pchilik energetik ichimliklar tarkibida rang beruvchi modda sifatida: shakar koleri E-150, kislotalilik reguluatori sifatida limon kislotasi, maltodekstrin, taurine, tabiy koffein L-carnitine lar qo‘shilgan. Antioksidant sifatida ichimlik tarkibida askorbin kislotasi, vitaminlardan esa B guruhga kiruvchi B3, B5, B7, B12 vitaminlar mavjud[5]. Kofein energiya ichimligining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, u boshqa moddalar bilan kerakli ogohlantiruvchi ta'sirni keltirib chiqaradigan tarzda birlashtiriladi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, energetik ichimliklardagi kofein miqdori 250 ml (0,32 mg / ml) uchun 80 mg bilan cheklanishi kerak. Ba'zi mamlakatlar o'smirlar tomonidan energiya ichimliklaridagi kofein dozasi bo'yicha o'z qoidalarini o'rnatdilar. Kanadada energetik ichimliklardagi kofein chegarasi 400 mg/l ni tashkil qiladi va bir stakanda taxminan 180 mg dan oshmagan 5-To’plam 3-son May , 2025 105 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari miqdorda kofein bo'lishi kerak. Evropada energetik ichimliklardagi kofein chegarasi mamlakatdan mamlakatga farq qiladi, ammo kofein miqdori 150 mg/l dan oshadigan ichimlik yuqori kofeinli ichimlik sifatida tasniflanadi[4]. Kofeinning koplab salbiy ta’sirlari ham mavjuddir. Kofein markaziy asab tizimini qo‘zg‘atuvchi moddadir va charchoqni kamaytirish, diqqatni oshirish kabi ijobiy ta’sirlari bor. Biroq, ortiqcha iste’mol qilinganda turli nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Markaziy asab tizimiga ta’siri: Kofein miya faoliyatini qo‘zg‘atib, vaqtincha hushyorlikni oshiradi, lekin ortiqcha iste’mol qilish quyidagi muammolarga sabab bo‘lishi mumkin: Qo‘zg‘alish va xavotirlik – Kofein norepinefrin va adrenalin ajralishini kuchaytirib, bezovtalik, asabiylashish, vahima xurujlariga sabab bo‘lishi mumkin. Uyqusizlik – Kofein melatonin gormoni ishlab chiqarishni kamaytirib, uyqu sifatini buzadi, uyqusizlik va uyqu ritmining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi – Organizmda suv balansini buzishi natijasida bosh og‘rig‘i va aylanishi kuzatiladi. Tutilishlar (tremorlar) – Kofein ortiqcha iste’mol qilinganda qo‘l yoki tana titrashi (tremor) paydo bo‘lishi mumkin. Diqqat va konsentratsiya buzilishi – doimiy iste’mol qilish uzoq muddatli diqqatni jamlash qobiliyatini susaytirishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri: kofein yurak urish tezligini oshirib, qon bosimini vaqtinchalik ko‘tarishi mumkin. Shu sababdan yurak kasalliklari bilan og‘rigan odamlar ehtiyot bo‘lishi lozim. Taxikardiya (yurak urishining tezlashishi) – kofein adrenalin ajralishini oshirib, yurak urishini tezlashtiradi va yurak ritmining buzilishiga olib kelishi mumkin. Arterial bosimning oshishi – Kofein qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, bu esa gipertoniya bilan og‘rigan bemorlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Aritmiya (yurak ritmining buzilishi) – Yurakning beqaror urishi, ayniqsa, yuqori dozalarda iste’mol qilinganda kuzatiladi[2]. Ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri: Kofein oshqozon va ichaklarga ta’sir qilib, quyidagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin: Gastrit va oshqozon yarasi xavfi – oshqozon shirasi ishlab chiqarilishini oshirib, gastrit va yaralarni qo‘zg‘atishi mumkin. Ko‘ngil aynishi va qusish – oshqozonga salbiy ta’sir qilib, ovqat hazm 5-To’plam 3-son May , 2025 106 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari qilish tizimida noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Ich ketishi (diareya) – Ichak harakatlarini kuchaytirib, ich ketishiga sabab bo‘lishi mumkin[6]. Endokrin tizim va metabolizmga ta’siri: Kofein gormonlar ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qiladi va moddalar almashinuvini o‘zgartirishi mumkin: Qandli diabet xavfi – kofein insulin sezuvchanligini kamaytirib, qondagi shakar miqdorini oshirishi va 2-toifa diabet rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Gormon balansining buzilishi – stress gormonlari (kortizol, adrenalin) ishlab chiqarishni ko‘paytirib, gormonal disbalansga olib kelishi mumkin. Semirish xavfi – kofein iste’moli organizmni energiya sarflashga undasa ham, ba’zan haddan tashqari ochlik hissini qo‘zg‘atib, ortiqcha ovqat iste’mol qilishga sabab bo‘lishi mumkin[2]. Taurin sistein aminokislotasining hosilasi bo'lib, yurak va skelet mushaklarida ko'p miqdorda topiladi. Inson organizimida taurin yetis
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda yosh o‘smirlar orasida urfga kirishga ulgurgan energetic ichimliklar talaygina.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda yosh o‘smirlar orasida urfga kirishga ulgurgan energetic ichimliklar talaygina. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shakar koleri E-150, askorbin kislotasi, Kalit so‘zlar: Kofein, L-carnitin, sistein., taurin, vitamin(B12)
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025