К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAHALLIY BUDJET DAROMADLARI MANBASINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI

Sharopov Dilshodjon Raxmatullayevich –

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

This article discusses the process of forming local budget revenue sources and expanding the tax base, aimed at increasing transparency, ensuring compliance with legislation, and enhancing efficiency. Keywords: local budget, local taxes and fees, tax administration, sources of local taxes and fees, taxpayers. Erkin iqtisodiyot sharoitida jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishi, avvalo, davlatning bozor munosabatlarini tartibga solishdagi samarali va maqsadli ishtirokiga bevosita bog‘liqdir. 5-To’plam 3-son May , 2025 161 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Bunday sharoitda davlatning iqtisodiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish jarayoni murakkab, biroq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan masala sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda qabul qilinadigan boshqaruv mexanizmlari, tanlangan uslub va vositalar, shuningdek, milliy iqtisodiyotning ichki salohiyati hamda unga xos tarkibiy xususiyatlar e’tiborga olinishi zarur. Natijada, bozor iqtisodiyotida barqaror iqtisodiy muhitni shakllantirish, samarali moliyaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, davlat boshqaruvining iqtisodiy, ma’muriy, tashkiliy hamda ijtimoiy-psixologik usullarini takomillashtirish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, ushbu usullar ichida ayniqsa iqtisodiy yondashuvlar, xususan, budjet-soliq siyosati, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor va samarali vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi. Soliqlar – iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy moliyaviy vositasi hisoblanadi. Ularning davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni, tarkibiy tuzilishi, bevosita va bilvosita soliqlar nisbati, soliq imtiyozlari va yuklamalarning darajasi mamlakatning iqtisodiy tuzumi, siyosiy-iqtisodiy rivojlanish holati hamda mulkchilik va ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimizda 2020-yildan 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlarini kengaytirish, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning mas’uliyatini yanada oshirish, mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanishda mahalliy davlat xokimiyati organlarining erkinligini ta’minlashga qaratilgan yangi budjet tizimi joriy etildi. Ilk bor, “2020- yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan mahalliy budjet xarajatlari xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi. 5-To’plam 3-son May , 2025 162 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Umumdavlat pul mablag‘larining budjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi mahalliy budjet mustaqilligi, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va daromadlarni hududiy manbalar asosida shakllantirish tamoyillariga asoslanadi. Shu asosda mahalliy budjetlar daromadlari ikki qismdan – o‘z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidan tashkil topadi. O‘z daromadlari to‘liq yoki belgilangan ulushda mahalliy budjetga tushadigan mablag‘lar bo‘lib, ularning asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi. Shunga muvofiq mahalliy budjet daromadlari o‘z daromadlari (mahalliy soliq va yig‘imlar) va yuqori budjetdan ajratiladigan ajratmalar (transfert mablag‘lar) hisobidan shakllanadi. Mahalliy budjetning eng birinchi daromad manbai bo‘lib mahalliy soliq va yig‘imlar hisoblanadi. Bu daromad turlari qonunchilikka asosan mahalliy budjetga to‘liq biriktirilgan daromad manbai hisoblanadi. Mahalliy soliq mahalliy budjet tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliq mahalliy budjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashtirishda yetarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. Budjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat solig‘idan ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili budjet parametrlarini tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va tasdiqlanadi. Umumdavlat solig‘idan ajratmalar ulushi har yili mahalliy budjetning o‘z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat solig‘ining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan soliqdan mahalliy budjetni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy budjetning o‘z daromad manbalari (solig‘i) ko‘payib qolsa, umumdavlat solig‘idan ajratma berishning hojati qolmaydi. Umumdavlat va mahalliy soliq yagona mohiyatga ega bo‘lib, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovdir. Shu bilan birga, umumdavlat solig‘ining ayrim 5-To’plam 3-son May , 2025 163 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari turlari ham mahalliy budjetni to‘ldirish manbai sifatida mahalliy budjet ixtiyorida qoldirilishi maqsadga muvoqdir. O‘zbekiston Respublikasining budjet kodeksining 7-moddasida budjet tizimining asosiy pri

Доказательный фрагмент

«This article discusses the process of forming local budget revenue sources and expanding the tax base, aimed at increasing transparency, ensuring compliance with legislation, and enhancing efficiency.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the process of forming local budget revenue sources and expanding the tax base, aimed at increasing transparency, ensuring compliance with legislation, and enhancing efficiency. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
local budget, local taxes and fees, tax administration, sources, Ключевые слова: местный бюджет, налоговое администрирование, налогоплателщики., soliq to‘lovchilar., mahalliy soliq va yig‘imlar, soliq ma’muriyatchiligi, местные налоги и сборы, mahalliy soliq va yig‘imlar manbasi, Kalit so‘zlar: mahalliy budjet, источники местных налогов и сборов
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники