Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Sharopov Dilshodjon Raxmatullayevich –
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
The article focuses on the mechanisms for increasing tax efficiency in the process of forming local budget revenue sources and expanding the tax base, while adhering to tax legislation. Keywords: local budget, local taxes and fees, tax administration, tax efficiency mechanism. Mahalliy budjetlarning barqaror moliyaviy asosini ta’minlashda soliq tushumlarining samaradorligi muhim o‘rin tutadi. Soliq samaradorligini oshirish uchun, avvalo, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, soliq bazasini 5-To’plam 3-son May , 2025 170 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari kengaytirish, soliq solish ob’ektlarini aniq hisobga olish va noqonuniy iqtisodiy faollikka qarshi qat’iy choralar ko‘rish zarur. Shuningdek, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning yig‘imdarligini oshirish, elektron axborot tizimlari orqali soliq to‘lovchilarni monitoring qilish hamda maxalliy hokimiyatlar va soliq organlari o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy etish talab etiladi. Soliq siyosatining hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi tarzda qayta tarhlash ham ushbu jarayonning muhim qismi hisoblanadi. Soliq qonunchiligiga asosan mahalliy soliqni mahalliy budjet daromadlari tarkibida soliq tushumlarining ko‘paytirish uchun yangi soliq bazalarini topish lozim. Respublikada mol-mulk solig‘i bilan bog‘liq muammolarini shartli ravishda bir necha guruhlarga bo‘lish kerak. Bu ommaviy baholashning hal qilinmagan masalalari, eng muhimi, mulk huquqi, еr va mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, mol- mulk solig‘ini boshqarish tizimidagi kamchiliklar va ularning to‘lanishi ustidan nazorat tizimining isloh qilish zarur. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hududdagi to‘liq mulklarni inventarizatsiya qilish orqali mol-mulk ro‘yhatdan o‘tkazish bilan soliq bazasini kengaytirish mumkin. O‘zbekistonda mol-mulk solig‘i sohasidagi asosiy muammolar ommaviy baholashning еtarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining samarasizligi va nazorat mexanizmlarining zaifligi bilan bog‘liqdir. Soliq bazasini kengaytirish uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan mulk ob’ektlarini to‘liq inventarizatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi. Biroq, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining qiyin va xarajatli ekanligi, baholash xizmatida malakali kadrlar еtishmasligi bu jarayonni sustlashtirmoqda. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan soliq siyosati qurilayotgan ob’ektlarning 5-To’plam 3-son May , 2025 171 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari ko‘p qismi soliqdan tashqari qolishiga olib kelmoqda, bu esa soliq tizimini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruratini yanada dolzarb qiladi. Soliq yig‘ish tizimini yanada soddalashtirish maqsadida yaqinda mahalla еttiligi instituti joriy etildi. Amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq, mahalliy o‘zini- o‘zi boshqarish organlariga soliq yig‘ish vakolati berilgan bo‘lib, bu vazifa mahalla еttiligi orqali amalga oshirilmoqda. Ilgari mahalliy ma’muriyatlar tarkibida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiladigan soliq xodimlari faoliyat yuritgan. Hozirda esa “mahallabay” tamoyili asosida soliq yig‘ish bir nechta mahallalarga xizmat ko‘rsatuvchi soliq xodimlari tomonidan olib borilmoqda. Bu tizim har bir tumandagi mahallalarni belgilangan dastur asosida xizmat hududlariga biriktirish orqali amalga oshirilmoqda. Soliq organlari soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan budjetga soliq qarzlarini faqat mahalliy soliqni samarali boshqarish orqali kamaytirishga intilishadi. Bundan tashqari, soliq organlari hozirda mahalliy soliqni undirish mexanizmini moliyaviy jihatdan mustahkamlash zarur. Shu bilan birga, Respublikada deyarli barcha soliqni to‘lash uchun mobil ilovalardan foydalanish ham rivojlanib bormoqda. Bunda bir vaqtning o‘zida soliq to‘lash mexanizmi bank tizimidan foydalanishni belgilaydi. Qishloq joylarda yashovchi mahalliy aholi soliq xizmatidan to‘lov xabarnomasini olgandan keyin, uni to‘lash uchun tuman markaziga borib to‘lar edi. Yuqorida aytilganlarning barchasini hisobga olgan holda, mahalliy budjetning xavfsizligi masalalarini еchish maqsadida mobil ilovalar orqali to‘lash joriy etildi. Soliq tizimini soddalashtirishda “Soliq – iqtisodiyot tayanchidir” tamoyilini amalda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir soliq manbai o‘z darajasidagi budjetga to‘liq tushishi kerak bo‘lib, daromadlarni qayta taqsimlash markazlashtirilgan o‘tkazmalar orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. 5-To’plam 3-son May , 2025 172 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Mahalliy soliqlarni optimallashtirish maqsadida ba’zi mintaqaviy soliq turlarini yagona mahalliy soliqlarga integratsiya qilish taklif etiladi. Xalqaro amaliyotga asosan, shaxsiy daromad solig‘ini mahalliy soliq sifatida belgilash maqsadga muvofiq, chunki u fuqarolarning yashas
Доказательный фрагмент
«The article focuses on the mechanisms for increasing tax efficiency in the process of forming local budget revenue sources and expanding the tax base, while adhering to tax legislation.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article focuses on the mechanisms for increasing tax efficiency in the process of forming local budget revenue sources and expanding the tax base, while adhering to tax legislation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- local budget, local taxes and fees, tax administration, tax, soliq samaradorligi mexanizmi., Ключевые слова: местный бюджет, tax efficiency mechanism., налоговое администрирование, Keywords: local budget, механизм налоговой эффективности., mahalliy soliq va yig‘imlar, soliq ma’muriyatchiligi, местные налоги и сборы, Kalit so‘zlar: mahalliy budjet
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024