К содержанию
РецензированоUZ2025

QONUN QABUL QILISH JARAYONIDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINING ROLI

ISHTIROKINING ROLI

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslari, shakl va uslublari, hamda ularning amaliy ahamiyati yoritiladi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarining qonun qabul qilish tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, jamoatchilik muhokamasi institutining rivojlanishiga oid Prezident farmonlari va qonun hujjatlari asosida tahlillar keltiriladi. Ishda xorijiy tajriba bilan taqqoslashlar orqali fuqarolarning qonunchilikda ishtirokini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi. Kalit so‘zlar: Qonun ijodkorligi, jamoatchilik ishtiroki, ochiqlik, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik muhokamasi, normativ-huquqiy hujjatlar, qonunchilik jarayoni, ijtimoiy hamkorlik. Har qanday demokratik jamiyatda qonunchilik jarayonining ochiqligi va shaffofligi fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning fikr va takliflarini hisobga olgan holda qonunlar qabul qilish amaliyoti shakllanmoqda. Bu esa nafaqat jamiyatdagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshiradi, balki qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning sifatini ham yuqori bosqichga olib chiqadi. Mazkur mavzuda jamoatchilik ishtirokining qonunchilik jarayonidagi roli, mavjud mexanizmlari, muammolari va rivojlanish istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar sharoitida qonun qabul qilish jarayonining ochiqligi, oshkoraligi va 5-To’plam 3-son May , 2025 274 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari jamoatchilik ishtiroki masalasi alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday normativ-huquqiy hujjatning hayotiyligi va samaradorligi, eng avvalo, fuqarolarning fikr-mulohazalari, ehtiyojlari va takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishiga bog‘liq. Jamoatchilik ishtirokini ta’minlovchi asosiy qonunchilik hujjatlaridan biri bu 2018-yil 12-aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidir. Ushbu hujjatda jamoatchilik muhokamasi, jamoaviy murojaatlar, ommaviy axborot vositalari orqali nazorat shakllari belgilab berilgan. Xususan, qonunning 9-moddasida “ijtimoiy ahamiyatga moillik masalalari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ommaviy muhokama qilish” jamoatchilik muhokamasi sifatida belgilanadi. Bundan tashqari, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq, qonun loyihalari Oliy Majlis palatalarining rasmiy veb- saytlarida e’lon qilinib, fuqarolar tomonidan fikr va mulohazalar berilishi uchun imkoniyat yaratilgan. Bu esa jamoatchilik ishtirokining qonuniy asosga ega ekanligini, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2021-yil 4-martdagi PF–6181-sonli Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ham qonunchilik jarayonlarida jamoatchilik muhokamalari, fuqarolik tashabbuslari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar yig‘inlarining ishtirokini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Amaliyotda esa jamoatchilik ishtiroki quyidagicha ko‘zga tashlanadi: - qonun loyihalarini parlament saytlari orqali e’lon qilish; - nodavlat tashkilotlar, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalarining munosabatlarini olish; - muhim huquqiy hujjatlarni muhokama qilish bo‘yicha forumlar, seminar va eshituvlar tashkil etish. Bu jarayonlar fuqarolarning faolligini oshirish, ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash va qonun ijodkorligini yanada hayotiy 5-To’plam 3-son May , 2025 275 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari qilishga xizmat qiladi. Ayniqsa, jamoatchilik ishtiroki orqali ijtimoiy ahamiyatga ega qonunlarning mazmunan boyib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday yondashuv qonunchilik faoliyatining demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotganini, davlat va jamiyat o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik shakllanayotganini ko‘rsatadi. Qo’shimcha qilib, 2019-2024 yillar oralig’idagi O’zbekiston saylovlaridagi ishtirok darajalarini keltirishimiz mumkin: YIL SAYLOV TURI SAYLOVCHILARNING ISHTIROKI (%) 2019 Oliy Majlis va mahalliy 71,1% kengashlar saylovi 2021 Prezident saylovi 80,12% 2023 Muddatidan oldin 84,5% president saylovi 2024 Oliy Majlis va mahalliy 447,62% kengashlar saylovi Ta’kidlash joizki, har bir qabul qilinayotgan qonunchilik hujjati xalq irodasini ifoda etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ko‘zda tutishi kerak. Buning uchun esa fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilingandan keyin emas, balki ular bilan loyihaligidayoq tanishib chiqishlari, uning mazmuni shakllantirilishida bevosita ishtirok etishlari kerak bo‘ladi. Albatta, bu borada turli ko‘rinishdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumlad

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslari, shakl va uslublari, hamda ularning amaliy ahamiyati yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslari, shakl va uslublari, hamda ularning amaliy ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy hamkorlik., jamoatchilik ishtiroki, Kalit so‘zlar: Qonun ijodkorligi, jamoatchilik muhokamasi, ochiqlik, qonunchilik jarayoni, fuqarolik jamiyati, normativ-huquqiy hujjatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники