К содержанию
РецензированоRU2025

BUGUNGI KUNDA OLIY ТА’LIMDA TALABALARNI O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARINING O’RNI

Aytbayev Mansurbek Yusupovich (ISFT instituti)

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada jahon ilm-fani taraqqiyotiga maqola Sharq allomalari, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniylarning qo'shgan hissasi yoritiladi. Ushbu allomalarning falsafa, tibbiyot, mantiq, tabiiyotshunoslik, matematika, astronomiya va boshqa sohalardagi ilmiy merosi tahlili. Ularning G'arb ilm-fani rivojiga ko'rsatgan ta'siri, asarlarining Yevropa uyg'onish davri olimlari tomonidan o'rganilgan hamda zamonaviy ilmiy tafakkurdagi o'rni ochib beriladi. Kalit sо‘zlar: ilm-fan, Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi, ta’lim, tarbiya, metodologiya, musulmon paradigmasi, didaktika, bilish, insonparvarlik, ilmiy- falsafiy meros, odillik, qadriyat. Kirish. Jahonda insoniyat hozirgi kunga kelib murakkab sivilizatsion transformatsiyalar jarayonida, nafaqat iqtisodiy inqiroz, shuningdek qadriyatlar tizimi inqirozi holatini boshdan kechirmoqda. Ayniqsa, qadriyatlar, ehtiyojlar va manfaatlar doirasida yangilikka bo‘lgan munosabat turlicha namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, falsafa, fan, san’at va dinda vujudga keladigan yangilanishlar keskin bahs-munozaralar, ziddiyatlar va mafkuraviy kurashlarni keltirib chiqarishi muqarrar. Gumanizm va degumanizatsiya tamoyillari murakkab voqelikni qamrab olmoqda va borliqning barcha shakllarida ijtimoiy muvozanat va barqarorlik omillari, iqtisod, maorif, ta’lim va fanga bog‘liqligida namoyon bo‘lmoqda. Gumanizm va gumanitar xavfsizlik muammolari o‘ta dolzarb bo‘lib, voqelikdagi https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 260 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari barcha qadriyatlar va unga qarama-qarshi bo‘lgan degumanistik idrok virtual makonida yangi ijtimoiy guruhlarni tashkil etmoqda. Buning natijasida dunyoda insonning begonalashuvi va majburiy mavjudlik konstruksiyalari ustuvor bo‘lib bormoqda. Jahonning qator ilmiy tadqiqot markazlari va universitetlarida azaliy qadriyat sifatida Gumanizmning tadqiq qilinishi, uning mohiyatini hozirgi kunda faqat transdissiplinar, tarmoqlararo izlanishlar orqali amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Jahon tarixiy taraqqiyotida ulug‘ mutafakkirlarning insonparvarlik merosi ilm-fan va zamonaviy bilimlarning nazariy asosi sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, bugungi axborot asrida ma’naviy-madaniy transformatsiya jarayonlarini tartibga solish, konseptual xarakterga ega ilmiy-falsafiy bilimlar vorisiyligini ta’minlash, bilim ideallari va normalariga rioya qilishda tarixiylik tamoyiliga amal qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, buyuk allomalarning inson va uning har tomonlama kamoloti, fozil jamoa, ilm-fan, ma’rifat, dunyoni bilish, haqiqatni anglashga oid qarashlarini bugungi kun transformatsiyalari bilan uyg‘unlashtirib borish zaruratini saqlab qolmoqda. Zero, umumbashariy merosni o‘rganishning o‘zi gnoseologik va aksiologik ahamiyatga molik ilmiy ma’naviy konsepsiyadir. Bu konsepsiya jahon ilm-fani sohasida olib borilayotgan falsafa tarixi yo‘nalishidagi muhim ma’naviy merosga oid fundamental tadqiqotlarning negizi hisoblanadi. Dunyo sivilizatsiyasiga betakror hissa qo‘shgan mutafakkirlar merosidagi olamning yaralishi, yaratuvchi va inson, axloqiy va ma’naviy yuksalish, ijtimoiy hayot haqidagi qarashlarning ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rnini asoslash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda, o‘rta asr Markaziy Osiyo ilmiy-falsafiy jarayonlari qonuniyatlarining gumanistik mohiyatini chuqur o‘rganish, uning o‘ziga xosligi, ijtimoiy-falsafiy tafakkur yutuqlari bilan aloqadorligi, o‘zaro ta’siri hamda umuminsoniy ahamiyatga molik g‘oyalarni tadqiq qilish bugungi ilm- fanning zaruriy tadqiqot obyektiga aylanmoqda. “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 261 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”. Sharq sivilizatsiyasi tarix asosida ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat rivojida muhim o'rin tutgan. keyingi, XII asrlar davomida yashab ijod qilgan allomalar tomonidan yaratilgan IX-asarlar Yevropa ilmfani rivojiga beqiyos ta'sir ko'rsatgan. Ular orasida Abu Nasr Forobiy alohida o'ringa ega. U o'zining ko'p qirrali ilmiy izlanishlari bilan “muallim as-saniy” – “ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan.Jahonda insoniyat hozirgi kunga kelib murakkab sivilizatsion transformatsiyalar jarayonida, nafaqat iqtisodiy inqiroz, shuningdek qadriyatlar tizimi inqirozi holatini boshdan kechirmoqda. Ayniqsa, qadriyatlar, ehtiyojlar va manfaatlar doirasida yangilikka bo‘lgan munosabat turlicha namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jahon ilm-fani taraqqiyotiga maqola Sharq allomalari, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniylarning qo'shgan hissasi yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jahon ilm-fani taraqqiyotiga maqola Sharq allomalari, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniylarning qo'shgan hissasi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axborotkommunikatsiya texnologiyalari, kompleks faoliyat, didaktik texnologiyalar, resurslar, Kalit so’zlar. Innovatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники