К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSH MIYA QON AYLANISH SISTEMASI VA GEMODINAMIKA QONUNLARI

Lolaxon Abduraximovna Raximova · Muhammadaliyev G‘olibjon Muxtorivich (Farg‘ona jamoat salomatligi institute Biotibbiyot muhandisligi, biofizikia va)

Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 452 · 2025

Аннотация

The causes of impaired blood circulation in the brain can be different. Sometimes the cause of this disease can be another disease, in other cases it occurs due to a violation of the laws of hemodynamics. Laws of hemodynamics we show how important they are for the body. Cerebral circulatory disorders can lead to severe pathologies such as hypoxia, ischemia, and stroke. Therefore, studying the laws of cerebral circulation and hemodynamics is important for the diagnosis, prevention, and effective treatment of brain diseases. Bosh miya qon aylanishi (serebrovaskulyar tizim) organizmdagi eng murakkab va ahamiyatga ega tizimlardan biri bo‘lib, u miya hujayralarini kislorod, glyukoza va boshqa muhim moddalar bilan ta’minlaydi. Arterial tizim – miya qon bilan ta’minlanishi.Mikrotsirkulyatsiya – kapillyar darajadagi qon aylanishi.Gematoensefalik to‘siq (BBB) – miyani himoya qiluvchi filtr. Miya qon aylanishini boshqarish mexanizmlari. 6-To’plam 1-son Iyun , 2025 150 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Arterial tizim (Miyani qon bilan ta’minlash) Bosh miya arterial tomirlari ikki asosiy yo‘nalish orqali keladi: Oldingi sistema (karotid sistemi) Ichki uyqu arteriyasi (A. carotis interna) orqali miya oldingi tomoni qon bilan ta’minlanadi. Ushbu arteriya aorta yoyi yoki yelka-bosh magistrali (truncus brachiocephalicus) dan kelib chiqadi va bosh suyagiga kirib, quyidagi tarmoqlarga ajraladi: Old miya arteriyasi (A. cerebri anterior) O‘rta miya arteriyasi (A. cerebri media) Ko‘z arteriyasi (A. ophthalmica) Orqa sistema (vertebrobazilyar sistema) Umurtqa arteriyalari (Aa. vertebrales) tomonidan ta’minlanadi.Ushbu arteriyalar ikkita bo‘lib, har ikkala tomondan o‘tib asosiy arteriya (A. basilaris) ni hosil qiladi.Bu sistema orqa miya, orqa miya ustuni va ensa sohasini qon bilan ta’minlaydi. Williys halqasi (Circulus arteriosus cerebri) Bu halqa qon aylanishining kompensator mexanizmini ta’minlaydi. Uning asosiy tarmoqlari: Old miya arteriyasi (A. cerebri anterior) – ikkala hemisferaning oldingi tomonini qon bilan ta’minlaydi. O‘rta miya arteriyasi (A. cerebri media) – miya po‘stlog‘ining lateral qismlarini ta’minlaydi. Orqa miya arteriyasi (A. cerebri posterior) – ensa va pastki chakka qismini oziqlantiradi. Old biriktiruvchi arteriya (A. communicans anterior) – ikkala oldingi miya arteriyalarini bog‘laydi. Orqa biriktiruvchi arteriya (A. communicans posterior) – ichki uyqu arteriyasini orqa miya arteriyasi bilan bog‘laydi. Fiziologik ahamiyati: Agar bir tomondagi arteriya tiqilib qolsa, qon oqimi boshqa yo‘nalishdan kelishi mumkin. Bu tizim miya qon ta’minotini barqaror ushlab turishga yordam beradi. Venoz tizim (Miyadan venoz qon oqimi) Miya venoz qonini yig‘ish tizimi arteriyalar tizimidan sezilarli farq qiladi. Miyadagi venalar an’anaviy arteriyalar tizimidagi juftlashuvga ega emas va ular qattiq miya pardasi sinuslari orqali yurakka yo‘naltiriladi. Muhim venalar va sinuslar Yuqori sagittal sinus (Sinus sagittalis superior) – peshona va tepa sohasidan qon yig‘adi. Pastki sagittal sinus (Sinus sagittalis inferior) – miya ichki tuzilmalari va talamusdan qon chiqaradi. Transvers sinus (Sinus transversus) – ensa sohasidan kelgan qon bu sinus orqali ichki bo‘yin venasiga yo‘naltiriladi. 6-To’plam 1-son Iyun , 2025 151 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Kavernoz sinus (Sinus cavernosus) – gipofiz bezi va miya tag qismidan kelgan qon ushbu sinusga oqadi. Venoz qon oxir-oqibat ichki bo‘yin venasi (V. jugularis interna) orqali yurakka qaytadi. Mikrotsirkulyatsiya va kapillyarlar tarmog‘i Kapillyarlar – arteriyalar va venalar o‘rtasidagi bog‘lovchi tuzilmalar bo‘lib, ular quyidagi vazifalarni bajaradi: Kislorod va ozuqa moddalarning neyronlarga yetkazilishi. Metabolik chiqindilarning olib tashlanishi. Moddalar almashinuvi uchun yuzaki maydonni oshirish.Kapillyarlar tizimi asosan peritsitlar tomonidan boshqariladi va ularning buzilishi neyrodegenerativ kasalliklarga olib kelishi mumkin. Gematoensefalik to‘siq (Blood-Brain Barrier - BBB) Bu maxsus to‘siq miya qon tomirlarini boshqa organlarnikidan farq qiluvchi himoya mexanizmi bilan ta’minlaydi. BBBning asosiy komponentlari: Endotelial hujayralar – ular orasida zich bog‘lanishlar mavjud bo‘lib, zararli moddalar o‘tishining oldini oladi. Astrositlar – miya kapillyarlari atrofida joylashgan hujayralar bo‘lib, metabolizmni tartibga soladi. Peritsitlar – kapillyar devorini mustahkamlash va qon bosimini tartibga solishda ishtirok etadi. BBB ning funksiyasi: Bakteriya va viruslarning miyaga kirishini oldini oladi. Faqat muhim moddalar (glukoza, aminokislotalar) o‘tishiga imkon beradi. Neyrotransmitterlar muvozanatini saqlaydi. BBB buzilishi Altsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi va insulnga olib kelishi mumkin. Miya qon aylanishining autoregulyatsiyasi Miya qon ta’minoti doimiy bo‘lishi uchun autoregulyatsiya mexanizmlari ishlaydi: a) Miogenik mexanizm Agar a

Доказательный фрагмент

«The causes of impaired blood circulation in the brain can be different.»

Образец извлечения

Демо-превью

The causes of impaired blood circulation in the brain can be different. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
miya qon, miya arteriyasi, arteriyasi cerebri, orqa miya, sinus sinus, kelishi mumkin, laws hemodynamics
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники