К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MOLIYAVIY BARQARORLIK VA INVESTITSION MUHITNI RIVOJLANTIRISH

Ergasheva Shohida Temirovna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot jahon miqyosida iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylangan. Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning turli jabhalariga kirib borishi bilan moliyaviy barqarorlik va investitsion muhit ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy barqarorlik va investitsion muhitni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, moliyaviy barqarorlik,raqamlashtirish, axborot tizimlari, milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar,investitsiya Sun’iy intellect,investitsion muhit, electron hukumat, startap, raqamli moliyalashtirish, davlat va xususiy sektorlar Bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi eng muhim va dolzarb masala bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni raqamlashtirish, investitsion muhitni yaratish, iqtisodiy barqarorlik va rivojlantirishning ahamiyati juda muhimdir. Raqamli iqtisodiyot - bu so’nggi yillarda dunyo bo’ylab tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan va iqtisodiyotni tubdan o’zgartirayotgan soha hisoblanadi. Raqamli texnologiyalarning keng qo’llanilishi nafaqat iqtisodiyotni, balki ijtimoiy va madaniy hayotimizni ham qayta shakllantirmoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi nafaqat iqtisodiyotda, balki jamiyatda ham tub o’zgarishlarga olib keladi. Axborot xarajatlarini kamaytirish orqali raqamli texnologiyalar davlat, kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun iqtisodiy va ijtimoiy bitimlar qiymatini sezilarli darajada pasaytiradi, https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 226 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlaydi, ular bo’yicha bitimlar deyarli “nol”ga aylanadi, shuningdek, samaradorlik sezilarli darajada oshadi: mavjud faoliyat va xizmatlar arzonroq, tezroq yoki yanada qulayroq bo’ladi. Va nihoyat, raqamli texnologiyalar integratsiyalashuvni ta’minlaydi: odamlar oldin ularga kirish imkoniga ega bo’lmagan xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Uning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: Bank tizimining raqamlashtirilishi – elektron to‘lov tizimlari va fintech kompaniyalarning rivojlanishi orqali moliyaviy xizmatlarning samaradorligi oshmoqda. Blokcheyn va kriptovalyutalar – moliyaviy shaffoflikni ta’minlash va tranzaksiyalar xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt va Big Data – iqtisodiy prognozlash va moliyaviy risklarni boshqarishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun davlat va xususiy sektor tomonidan quyidagi choralar amalga oshirilishi lozim: 1. Regulyativ mexanizmlarni modernizatsiya qilish – moliyaviy bozor ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta’minlash. 2. Raqamli xavfsizlikni mustahkamlash – kiberxavfsizlik tizimlarini kuchaytirish va moliyaviy firibgarlikning oldini olish. 3. Raqamli moliyaviy savodxonlikni oshirish – aholining raqamli xizmatlardan foydalana olish qobiliyatini oshirish. 4. Moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish – bank va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini barcha qatlamlar uchun ochiq qilish. Raqamli iqtisodiyot samarali ishlashi uchun zamonaviy va barqaror infratuzilmatalab etiladi. Bu esa investitsiyalarni talab qiladi. Optik tolali internet tarmoqlari, 5G texnologiyasi, ma’lumotlar markazlari va boshqa texnologik infratuzilma elementlariga yo’naltirilgan investitsiyalar raqamli iqtisodiyotning poydevorini mustahkamlaydi. Infratuzilmaning rivojlanishi, o’z navbatida, raqamli xizmatlarning keng ko’lamda joriy etilishiga va ulardan foydalanishga imkon beradi. https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 227 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Oʻzbekiston 2023-yilda investitsiya muhitini yaxshilash va chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida bir qator islohotlar va chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Bu islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yanada raqobatbardosh qilish va barqaror o’sishni ta’minlashga qaratilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi uchun investitsiyalar zaruriy shartdir. Texnologik innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish, kichik va o’rta bizneslarni qo’llab-quvvatlash, ta’lim va kadrlar tayyorlash hamda ijtimoiy va iqtisodiy tenglikni ta’minlash uchun investitsiyalar muhim ahamiyatga ega. Shu bois, davlat va xususiy sektor tomonidan raqamli iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalarni oshirish kerak. Investitsion muhitning jozibadorligi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, raqamli texnologiyalar ushbu jarayonni tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydi: Elektron hukumat va biznes muhitini yaxshilash – investitsiya jarayonlarini soddalashtirish va shaffoflikni oshirish. Smart-kontraktlar va blokcheyn texnologiyalari – investitsiyalarni boshqarish va nazorat qilish mexanizmlarini mustahkamlash. Sun’iy intellekt asosida investitsion tahlillar – potensial investorlar uchun aniq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish. Raqa

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot jahon miqyosida iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot jahon miqyosida iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davlat va xususiy sektorlar, raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, startap, investitsiya Sun’iy intellect, milliy iqtisodiyot, moliyaviy barqarorlik, electron hukumat, raqamli moliyalashtirish, Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, axborot tizimlari, investitsion muhit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники