К содержанию
РецензированоUZ2025

SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ZAMONAVIY TA’LIMGA TA’SIRI

TA’LIMGA TA’SIRI · Saidova Umida Karimovna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Zamonaviy texnologik taraqqiyot natijasida sun’iy intellekt (SI) ta’lim sohasiga ham kirib kelmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, individual yondashuvni rivojlantirish va o‘quv jarayonini interaktiv qilish imkonini bermoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellektning ta’lim sohasiga ta’siri, uning afzalliklari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, ta’limni raqamlashtirish, sun’iy intellect, ta’lim platformalari, ta’limni optimallashtirish, yangi pedagogik yondashuvlar, virtual o’qituvchilar. Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari turli sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida ham faol qo‘llanilmoqda. U ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, individual yondashuvni rivojlantirish va ta’lim sifati bo‘yicha yangi imkoniyatlarni yaratishda muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish, individual yondashuvni ta’minlash va samaradorlikni oshirishda sun’iy intellektning ahamiyati muhim. Sun’iy intellekt har bir o‘quvchining qobiliyat va o‘zlashtirish darajasiga mos ravishda ta’lim berish imkonini yaratadi. SI yordamida o‘quvchilar bilim darajasiga moslashtirilgan ta’lim dasturlarini yaratish mumkin. Sun’iy intellekt o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib, ularga individual topshiriqlar beradi. SI asosida ishlovchi platformalar (masalan, Coursera, Khan Academy) o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos kurslarni tavsiya qiladi Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan tizimlar ta’lim jarayonining https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 236 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning ta’limga ta’siri quyidagicha namoyon bo‘ladi: 1. Individual yondashuv – SI o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlab, individual o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda yordam beradi. 2. Avtomatlashtirilgan baholash – test va imtihon natijalarini avtomatik tekshirish orqali o‘qituvchilarning ish hajmini kamaytiradi. 3. Virtual o‘qituvchilar – sun’iy intellektga asoslangan chat-bot va o‘qituvchi yordamchilari o‘quvchilarga 24/7 ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. 4. Interaktiv ta’lim platformalari – SI algoritmlari orqali o‘quv materiallari vizual va interaktiv shaklda taqdim etiladi. 5. Tillarni o‘rganishda yordam – sun’iy intellekt asosidagi tarjimon va til o‘rgatuvchi dasturlar til o‘rganishni osonlashtiradi. SI texnologiyalari o‘qituvchilarga yuklama kamaytirish va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari test va imtihonlarni mustaqil ravishda tekshiradi. Chatbotlar va virtual yordamchilar o‘quvchilarga dars jarayonida tezkor yordam ko‘rsatadi. Ya’ni, AI chat-botlari talabalar savollariga tezkor javob berib, qo‘shimcha tushuntirishlar berishga yordam beradi . Elektron darslik va videoma’ruzalar yaratishda sun’iy intellekt vositalari ishlatiladi. Chunki o‘qituvchilar ma’ruza va dars materiallarini yaratishda SI-dan foydalansa, vaqtini tejaydi. Sun’iy intellekt ta’lim jarayonini sezilarli darajada rivojlantirishga yordam beradi. Quyidagi yo‘nalishlar bunga misol bo‘la oladi: Moslashuvchan o‘quv tizimlari – har bir o‘quvchining bilim darajasiga mos keluvchi individual ta’lim dasturlarini shakllantirish. Repetitorlik xizmatlari – SI yordamida talabalarga onlayn repetitorlik xizmatlarini taqdim etish. Baholash tizimining takomillashtirilishi – plagiatni aniqlash, insho va loyihalarni avtomatlashtirilgan baholash tizimlari orqali tekshirish. https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 237 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Yangi pedagogik yondashuvlar – o‘qitish jarayonida interaktiv o‘yinlar va simulatsiyalardan foydalanish. Virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) bilan integratsiya to’g’risida to’xtaladigan bo’lsak quyidagicha xulosa qilish mumkin. Virtual va kengaytirilgan reallik SI bilan birga qo‘llanilganda o‘quv jarayoni yanada interaktiv va samarali bo‘ladi. Sun’iy intellekt VR/AR texnologiyalari bilan birga ishlatilsa, o‘quvchilar murakkab mavzularni vizual va interaktiv tarzda o‘rganishlari mumkin. Masalan, tibbiyotda amaliyot o‘tkazish yoki muhandislik sohasida murakkab mexanizmlarni tushuntirish osonlashadi. Tarixiy voqealarni virtual tarzda jonlantirish orqali tarix fani yanada qiziqarli o‘rgatiladi. Fizika va kimyo fanlarida laboratoriya tajribalarini xavfsiz muhitda sinab ko‘rish imkoniyati yaratiladi. Ma’lumotlarni tahlil qilish va ta’lim jarayonini optimallashtirishda ham SIning o’rni beqiyos. SI katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha statistik tahlillar o‘tkazilganda, Sun’iy intellekt o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini real vaqt rejimida kuzatib boradi. O‘qitish metodlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlarining samaradorl

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy texnologik taraqqiyot natijasida sun’iy intellekt (SI) ta’lim sohasiga ham kirib kelmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy texnologik taraqqiyot natijasida sun’iy intellekt (SI) ta’lim sohasiga ham kirib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sun’iy intellect, yangi pedagogik yondashuvlar, ta’lim platformalari, Kalit so’zlar: ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish, virtual o’qituvchilar., ta’limni raqamlashtirish, ta’limni optimallashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники