Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BARQAROR IQTISODIY O‘SISHDA YASHIL IQTISODIYOT VA EKOLOGIK INVESTITSIYALAR ROLI
EKOLOGIK INVESTITSIYALAR ROLI · Nasriyeva Dilafruz Muhiddinovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2019
Аннотация
Maqolada ekologik barqarorlikka erishish, yashil iqtisodiyot va ekologik investitsiyalar atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilish haqida yoritib beriladi. Yashil iqtisodiyotning mohiyati va asosiy yo’nalishlari, barqaror iqtisodiy o’sishda yashil iqtisodiyotning ahamiyati, ekologik investitsiyalar va ularning samaradorligi kabi masalalar ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: barqaror rivojlanish, atrof-muhit, ekologik barqarorlik, ekologik muammolar, "yashil iqtisodiyot", eko-innovatsiya, eko-investitsiya, qayta tiklanadigan energiya, "yashil" ish o`rinlari, ekologik texnologiyalar Oʼzbekistonning 2030 yilgacha boʼlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini taʼminlashda barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni oʼzaro muvofiqlashtirish murakkab vazifa hisoblanadi. Iqtisodiy va ekologik komponentlarning atrof-muhitga tashqi taʼsiri qiymatni baholashning zarurligi bilan bogʼliq yangi gʼoyalar va yondashuvlarning shakllanishiga olib keladi. Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlanishni taʼminlashda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 4 oktyabrda tasdiqlangan “2019–2030 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini "yashil" iqtisodiyotga oʼtish strategiyasi” muhim dasturiy amal hisoblanadi.2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil”iqtisodiyot yili” deb nomlanishi ham bejizga emas, albatta. Ilk bor “yashil iqtisodiyot” atamasi 1989 yilda Buyuk Britaniyalik atrof-muhit iqtisodchilari tomonidan “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish rejasi” deb atalgan. Atrof muhit iqtisodiyoti va ekologiya iqtisodiyotining rivojlanishi asosida ilgari https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 241 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari surilgan tamoyillarning iqtisodiy siyosatga joriy etilishi natijasida “yashil iqtisodiyot” tushunchasi shakllana boshlagan. “Yashil iqtisodiyot” tushunchasining nisbatan to’liq ta’rifi BMTning Atrof muhitni muhofaza qilish dasturi (UNEP) tomonidan ishlab chiqilgan. Unda “yashil iqtisodiyot”-bu insonlar faravonligi va ijtimoiy tengligining yaxshilanishi, ekologik risklar va ekologik taqchilliklarni sezilarli darajada kamaytirishga olib keladigan iqtisodiyotdir, deb keltirilgan “Yashil iqtisodiyot” bu iqtisodiy tizim hisoblanib, uning bosh maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgandir. Yashil iqtisodiyot — bu iqtisodiy o'sishni ekologik barqarorlik, ijtimoiy adolat va samarali resurslardan foydalanish orqali amalga oshirishni ta’minlaydigan iqtisodiy modeldir. Yashil iqtisodiyot, ayniqsa, iqlim o'zgarishi, tabiiy resurslarning tugashi va ekologik muammolarni bartaraf etishda muhim rol o'ynaydi. Uning maqsadi — barqaror rivojlanishni ta'minlash, tabiiy muhitni saqlash va iqtisodiy o'sishni davom ettirishdir. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonning bozor islohotlarining navbatdagi bosqichiga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratdi. Iqtisodiy islohotlar yanada “yashil” bo‘lib, iqtisodiyot barqaror bo‘lsa, ushbu jarayon O‘zbekiston uchun yanada foydaliroq kechishi mumkin. Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish global muammolardan biri bo‘lib, bunda ekologik barqarorlik muhim o‘rin tutadi. Yashil iqtisodiyot va ekologik investitsiyalar atrof- muhitga zarar yetkazmagan holda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Yashil iqtisodiyot atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan moliyaviy vositalar va investitsiyalar tizimini anglatadi. Uning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Yashil obligatsiyalar – ekologik loyihalarni moliyalashtirish uchun chiqariladigan obligatsiyalar. Ekologik kreditlar – korxonalar va tadbirkorlar uchun past foizli ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi kreditlar. Barqaror sug‘urta xizmatlari – tabiiy ofatlar va ekologik muammolarga qarshi sug‘urtalash tizimi. https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 242 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Ekologik investitsiyalar – qayta tiklanuvchi energiya, chiqindisiz ishlab chiqarish va ekologik texnologiyalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar. Iqtisodiy islohotlarning navbatdagi bosqichida kambag‘allikni ikki baravar kamaytirish va 2030-yilga borib O‘zbekistonni daromadi o‘rtachadan yuqori davlatga (UMIC) aylantirishni maqsad qilib qo‘yilgan. Iqtisodiy islohotlarga “yashil” maqsadlarni joriy etish orqali O‘zbekiston o‘tish jarayonini mustahkamlash va ushbu jarayondan olinadigan foydani oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu strategiya “O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”da ham e’tirof etilgan. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish mustaqil jarayon emas, balki barqaror va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ajralmas qismidir. Yashil iqtisodiyot iqtisodiy o‘sish va ekologik muhofazani uyg‘unlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Uning
Доказательный фрагмент
«Maqolada ekologik barqarorlikka erishish, yashil iqtisodiyot va ekologik investitsiyalar atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilish haqida yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ekologik barqarorlikka erishish, yashil iqtisodiyot va ekologik investitsiyalar atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilish haqida yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: barqaror rivojlanish, ekologik muammolar, ekologik barqarorlik, atrof-muhit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025