К содержанию
РецензированоUZ2026

NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMI

NIDERLANDIYA TA’LIM TIZIMI · Yakubova Sitora Sharifovna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada bugungi kunda ilg‘or hisoblangan Niderlandiya ta'lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta'lim bosqichlari ketma- ketlikda batafsil bayon qilingan. Unda, jumladan, Niderlandiya ta’lim jarayonining integratsion xususiyatlari, yo`nalishlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, ta’lim turlari, diniy maktab, individual ta’lim, hamkorlikda o`qitish, sun`iy intellekt. Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali foydalanish keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali sifatining o‘sishini susayishiga sabab bo‘lmoqda. Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud o‘qituvchilik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Shu bilan birga oxirgi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda. Respublikamizda ham kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, shu jumladan, umumta‟lim maktablarida pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish obyektiv zarurat. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va ushbu ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo‘ldi. Niderlandiya kichik mamlakat bo’lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar tashkilotining o’tmishdoshi bo’lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 258 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferentsiyalari bo’lib o’tgan. Hozir xalqaro arbitraj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga shahrining Tinchlik saroyida joylashgan. Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a’zosi, tinchlik forumlarining barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol a’zosidir. Niderlandiya ta’lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda frantsuz revolyutsiyasi, ya’ni inqilobi natijasida paydo bo’lgan Bativ Respublikasi davriga to’g’ri keladi. Hozirgi paytda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, shu jumladan, xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan tashkil etilgan. Bu mamlakatda ta’lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qo’shilgan. Uning shakli quyidagi bosqichdadir: 1. boshlang’ich ta’lim; 2. o’rta ta’lim; 3. maxsus ta’lim; 4. oliy ta’lim; 5. chet elliklar uchun ta’lim. Boshlang’ich ta’lim Boshlang’ich maktab 4-12 yoshli bolalarga mo’ljallangan. Bolalar 4-5 yoshlarida maktabga keladilar. Boshlang’ich sinflarda o’qish haftasiga 5 kun. Bolalar 8 dan 15 gacha maqtabda bo’ladilar. Mashg’ulotlar o’yin shaklida amalga oshiriladi, dars soatlari chegaralangan emas. Golland maktablarida 15, 20, 30, 40 minutlik darslari o’tiladi. Soat 12 dan 13.30 gacha tushlik tanaffus. Bu paytda bolalar uylarida ovqatlanib keladilar. O’qituvchilar uchun tushlikda 45 minut tanaffus beriladi. Mashg’ulotlar aksariyat potok bo’yicha amalga oshiriladi. Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o’quv-tarbiya muassasalari yo’q. Bolalar yaslilari ham bor, lekin ular ta’lim vazirligi tasarrufida emas. Boshlang’ich maktabning dastlabki ikki yili o’quv o’yin rejasida bolalarni o’qishga, yozishga, hisoblashga, rasm solishga, qo’l mehnatiga o’rgatish ko’zda tutilgan. O’quvning keyingi 6 yillik bosqichida bolalarga niderlaid tili, matematika, yozuv, tarix, https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 259 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari gsografiya, fizika, jamiyatshunoslik fanlaridan dars o’tiladi. Maxsus maktablarda ilohiyot darslari o’qitiladi. Boshlang’ich maktab o’quvining so’nggi bosqichida bolalarga ingliz tilidan dars beriladi. Boshlang’ich sinfni bitirganlik haqida o’quvchilarga maxsus hujjat berilmaydi. Bolaning boshlang’ich maktabdagi bilimi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga qarab ota-onalar o’rta maktabni tanlaydilar. Niderlandiya maktablarida o’rta ta’lim: — umumiy o’rta ta’lim; — umumiy ilmiy o’rta ta’lim; — hunar-texnika ta’limi va hokazolardan tashkil topgan. O’z navbatida umumiy o’rta ta’lim o’qish muddati 4 yil bo’lgan o’rta va o’quv muddati 5 yil hisoblangan oliy bosqichga bo’linadi. Tayyorlov bosqichi hisoblangan ilmiy o’rta ta’lim ham ikki ko’rinishga ega: gimnaziya va atensum deb ataladigan tipga bo’linadi. Har ikki ko’rinishda ham o’qish muddati 6 yil. Tayyorlov ilmiy o’rta ta’lim oliy ilmiy o’quv yurtlariga kiruvchilarni etishtirib chiqaradi. Hunar

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bugungi kunda ilg‘or hisoblangan Niderlandiya ta'lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta'lim bosqichlari ketma- ketlikda batafsil bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bugungi kunda ilg‘or hisoblangan Niderlandiya ta'lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta'lim bosqichlari ketma- ketlikda batafsil bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hamkorlikda o`qitish, sun`iy intellekt., individual ta’lim, ta’lim turlari, Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, diniy maktab
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники