К содержанию
РецензированоUZ1948

RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TA’LIM TIZIMINING O‘ZIGA XOSLIKLARI

Yakubova Sitora Sharifovna

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1948

Аннотация

Mazkur maqolada bugungi kunda rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi bo`yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan. Ta'lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta'lim sohasidagi yangiliklar batafsil bayon qilingan. Unda, jumladan, Janubiy Koreya, Germaniya davlati ta’lim jarayonining integratsion xususiyatlari, yo`nalishlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, ta’lim turlari, diniy maktab, individual ta’lim, hamkorlikda o`qitish, sun`iy intellekt. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Muvaffaqiyat asosini ham eng avvalo ilm, ta’lim va tarbiya tashkil etadi. Chunki, ilm-fanga suyangan davlat hech qachon yutqazmaydi. Ta’lim sohasi kuchli davlatlar uchun tayanch bo‘lgan barkamol avlodni yetkazib beradi. Shu sababli ham nafaqat O‘zbekiston balki,butun dunyo mamlakatlarida ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratiladi va bu soha uchun juda aktta mablag‘ ajratiladi. Butun dunyo bo‘ylab bu soha bo‘yicha ko‘plab tizimlar tashkil etilgan bo‘lsada, ularning ko‘plari yaxshi natija bermayapti. Ammo ular orasida juda yaxshi natija ko‘rsatayotgan, o‘zini har tomonlama oqlayotgan va boshqa mamlakatlar namuna olayotgan ta’lim tizimlari ham mavjud. Masalan, Yaponiya talim tizimi, Amerika ta’lim tizimi, Germaniya ta’lim tizimi, Janubiy Koreya ta’lim tizimi va boshqalar. Janubiy Koreyada ta’lim to‘g‘risidagi Qonun 1948-yilda qabul qilingan.[1] Janubiy Koreyada ta’lim raqobatbatdosh ta’lim tizimi hisoblanib, bu ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ta’lim olishning arzonligi, talab yuqori bo’lgani va istiqbolli mutaxassisliklar olish imkoniyati bilan ajaralib turadi. Koreya ta’lim https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 268 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari tizimiga asos qilib an’anaviy g’arb modeli olingan bo‘lib, quyidagi bosqichlardan ibora: 1.Olti yillik boshlang‘ich maktab; 2.Uch yillik o‘rta maktab; 3.Uch yillik yuqori maktab ; 4.To’rt yillik kollej yoki universitet; 5. Ikki yil chuqur o’rganiladigan magistratura; 6.Uch yillik oliy ta’limdan keyingi ta’lim va boshqalar.[2] Janubiy Koreya maktablarida o‘quv yili ikki semestrdan iborat bo‘lib, birinchi semestr mart oyidan avgustgacha, ikkinchi semestr sentyabrdan fevral oyigacha davom etadi. Ikkita ta’til bor: yozda iyuldan avgustgacha va qishda dekabrdan fevralgacha. Koreyada bolalar olti yoshdan maktabga chiqishadi.Boshlang‘ich maktabda sinflarning tig‘izligini kuzatish mumkin. Ya’ni, har sinfda 50 nafargacha bola o‘qiydi. Boshlang’ich maktabda dars 40 minut davom etadi va o‘quvchilarga 9 ta fan o‘qitiladi. Koreys tilini o‘rganishga alohida e’tibor berilad,arifmetika, ayrim ijtimoiy fanlar ham o‘qitiladi. O‘quvchilar dam olishi uchun turli o‘yinlar va dam olish vaqtlari o‘quv dasturiga kiritilgan.[3] O’rta maktabda esa darslar 45 minut bo‘lib, fanlar yana 4 taga ko‘paytirilgan. 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarga chet tillar o‘rgatiladi. Ayniqsa, mamlakatda ingliz tiliga e’tibor kuchli. Ko‘pchilik bu tilda bemalol muloqot qila oladi. Chet tillarni o‘qitishga haftasiga 4-5 soat ajratilgan. Koreyslar klassik xitoy tilini majburiy ravishda o‘rganadilar. 8-sinfdan boshlab Xitoy tarixini o‘rganishni boshlaydilar. Yuqori maktabda darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga to’xtalib o’tish zarur, yani, yuqori maktabga albatta, kirish imtihonlari topshirib kiriladi va o’qishlar ham pullik. Koreyada hunar o‘rgatish maktablari ham mavjud bo‘lib, bu maktablarning 45 foizi bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari yetishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari o’zlashtiriladi.Shunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar homiylik https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 269 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari qiladi. Bu esa “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan.[4] Koreyada alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. Ular uchun sport maktablari, ilmiy maktablar ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko’rsatadi. Koreyada rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati xususiy yoki diniy tashkilotlarning xayriya mablag’lari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida din o‘qitilmaydi. Lekin 3- sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy etiladi. Bu fan 12-sinfgacha o‘qitilib, haftasiga 2 soat vaqt ajratilgan.Bu fan o‘z ichiga dinni ham qabul qiladi. Bu fan o‘quvchilarga qadriyat sifatida o‘qitiladi. Bu butun tarbiya tizimi natijasidir. Ehromlarga borish, tarixiy yodgorliklar bilan tanishish, ma’naviy tarixni o‘rganish maktab fanining majburiy davomi hisoblanadi.[5] Mamlakatda oliy o‘quv yurtlarining ta’lim tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ta’lim koreys va ingliz tillarida olib boriladi. Koreyada 104 ta oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi xususiydir. Hozir mamlakatda oliy o‘quv yurt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bugungi kunda rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi bo`yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bugungi kunda rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi bo`yicha ilg‘or tajribalar tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hamkorlikda o`qitish, sun`iy intellekt., individual ta’lim, ta’lim turlari, Kalit so`zlar: Ta’lim tizimi, diniy maktab
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники