К содержанию
РецензированоUZ2025

SHAXSNI RIVOJLANISHIDA JAMIYATNING O’RNI

Raxmonova Farangiz Nizomiddin qizi -

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1 · 393-396 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Jamiyat shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omil ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so'zlar: jamiyat, shaxs, omil, rivojlanish, ijtimoiylashuv, madaniy qadriyatlar Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 280 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir- biridan ajratib bo‘lmaydi.Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Jamiyatning har bir a'zosi o'zining ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish yo'lida ko'plab omillar bilan yuzlashadi. Ular orasida ta'lim, oilaviy muhit, ijtimoiy tarmoqlar, madaniy qadriyatlar va boshqa omillarning ahamiyati alohida. Shaxsning jamiyatdagi o‘rni va rivojlanishi, ushbu omillarga bog‘liq bo‘lib, ular har biri o‘zaro chambarchas bog‘langan. Shaxsiy rivojlanish nafaqat insonning o‘zining intilishlari, balki uning atrof-muhitidan, jamiyatdagi aloqalaridan ham ta’sirlanadi. Madaniy qadriyatlar va etika ham jamiyatda shaxsning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har bir jamiyat o‘zining tarixiy va madaniy qadriyatlariga asoslanib shakllanadi. Shaxsning ijtimoiy muvaffaqiyatlari va shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatlar ko‘pincha uning madaniy qadriyatlar va etika me'yorlariga qanday rioya qilishi bilan bog‘liqdir. Bu qadriyatlar shaxsning o‘zini anglashiga, boshqalar bilan munosabatlarini rivojlantirishga yordam beradi.Shaxsni rivojlantirishda jamiyatning ahamiyati beqiyosdir. Ta'lim, oila, ijtimoiy muhit, madaniy qadriyatlar https://scientific-jl.com/ 16-to’plam 2-son fevral 2025 281 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari va raqamli texnologiyalar birgalikda shaxsning o‘zini anglash, ijtimoiy muvaffaqiyatga erishish va hayotdagi maqsadlariga yetishish yo‘lidagi muhim omillar hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishi jamiyatning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir fuqaro o‘z shaxsiy rivojlanishida jamiyatga qanday ta’sir o‘tkazayotganini tushunishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. N. ISLOMOVA, D. ANDULLAYEVA - Ijtimoiy psixologiya o’quv qo’llanma. 2. Akramova, D. (2022). Bo’lajak pedagog-psixologlarning maktabgacha ta’lim tizimidagi faoliyati. Science and innovation, 1(B8), 322-326. 3. Akramova, D. (2022). Oliy ta’lim muassalari talabalarida pedagogik-psixologik moslashuvchanlikni mazmun mohiyati. Science and innovation, 1(B8), 2150-2153. 4. Акрамова, Д. Э. (2023). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ РАЗВИТИЯ МЕХАНИЗМОВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ И ПСИХОЛОГИЧЕСКО

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Jamiyat shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omil ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Jamiyat shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omil ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamiyat, shaxs, omil, rivojlanish, ijtimoiylashuv, madaniy, madaniy qadriyatlar, Kalit so'zlar: jamiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники