К содержанию
РецензированоRU2022

KONSTITUTSIYA – HAYOTIMIZ FAROVONLIGI VA TARAQQIYOTIMIZ KAFOLATIDIR

TARAQQIYOTIMIZ KAFOLATIDIR · Xamdamov Azizbek Xurshid o‘g‘li

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2022

Аннотация

This article provides information about the role and significance of the Constitution, which is considered our main constitution, in human life, as well as the rights and responsibilities provided for in it. Kalit so‘zlar. Konstitusiya, qonun, qarorlar, huquq, burch, mas’uliyat, manfaat, huquqiy savodxonlik. Ключевие слово. Конституция, закон, решения, право, обязанность, ответственность, выгода, юридическая грамотность. Keywords. Constitution, law, decisions, right, duty, responsibility, benefit, legal literacy. Kirish. Ma’lumki, har bir davlatning о‘z qonunchiligi mavjud bо‘lib, uning tarkibiy qismi hukumat tomonidan ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlar yig‘indisidan iborat bо‘ladi. О‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiladigan fuqarolar Prezident farmonlari, Respublika qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, qolaversa bosh qomusimiz hisoblangan Konstitusiyada belgilab qо‘yilgan moddalar asosida faoliyat yuritishi lozim. Shuningdek, davlat va jamiyatning rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun tuzilgan konsepsiyalar, strategiyalarning ham о‘z о‘rni bor. Jumladan, “2022-2026-yillarga mо‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 67 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari inson qadri uchun 100 maqsad belgilangan bо‘lib, bundan kо‘zlangan maqsad, “Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash”1dan iborat. Insonning yashashi davomida qanday sohada faoliyat yuritishi, qanday tartibda hayot kechirishidan qat’iy nazar, barcha huquq va vakolatlari, burch va mas’uliyatlari hisobga olingan. Shuningdek, 14-maqsadda, “Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash”2 ta’kidlab о‘tilgan. Darhaqiqat, mamlakatning farovon va tinch bо‘lishi, rivojlangan mamlakatlar qatoriga qо‘shilishi undagi qonun ustuvorligi bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Asosiy qism. Sо‘nggi yillarda О‘zbekiston Respublikasi har bir sohada taraqqiy etib borishi bilan birga turli yо‘nalishlar bо‘yicha jahon andozalariga mos holda rivojlanib bormoqda. Masalan, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi har bir fuqaroga sezilarli darajada qulayliklar yaratib, ortiqcha ovoragarchiliklar, vaqt sarfining oldini olmoqda. Hatto bu boradagi huquqiy asoslar ham qonun asosida nazoratga olinadi. О‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30-apreldagi yangilangan Konstitusiyasining 72-moddasida ta’kidlanishicha, “Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi”3. Shuningdek, taraqqiyot strategiyasining konstitsiyaga bag‘ishlangan 14-maqsad, 3- bandida aholining farovon yashashi uchun ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni о‘z vaqtida yakuniga yetkazish masalasi 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” ги PF-60 son Farmoni. 28.01.2022 yil 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” ги PF-60 son Farmoni. 28.01.2022 yil 3 О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri, 30.04.2023 yil https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 68 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari e’tiborga olingan. Natijada, konstitusiyaviy mezonlar jamiyatdagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlab boradi, kelajakda ularga jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratishi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillarining tili, dini, urf-odatlari va an’analaridan qat’iy nazar ularning huquqlari tengdir va bu konstitsiyaviy himoya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatning mustaqil-demokratik qomusi hisoblanadi. Sо‘nggi yillarda davlatimiz yoshlarining aksariyat qismi о‘zining bilimi, tafakkuri, keng dunyoqarashi va ilmiy salohiyati bilan dunyo hamjamiyatida munosib о‘rin egallab kelmoqda. Ularning erkin bilim olishi, farovon yashashi, yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olishi va kelajakda munosib kadr va malakali mutaxassis bо‘lib yetishishiga asosiy sabab konstitusiyaviy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligidir. Ba’zan oliy ma’lumotli bо‘lish bilan munosib ish о‘rniga ega bо‘lish qiyin, ish

Доказательный фрагмент

«This article provides information about the role and significance of the Constitution, which is considered our main constitution, in human life, as well as the rights and responsibilities provided for in it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about the role and significance of the Constitution, which is considered our main constitution, in human life, as well as the rights and responsibilities provided for in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Constitution, law, decisions, right, duty, responsibility, benefit, qonun, huquq, ответственность, Kalit so‘zlar. Konstitusiya, обязанность, право, Ключевие слово. Конституция, qarorlar, manfaat, юридическая грамотность., закон, burch, Keywords. Constitution, legal literacy., решения, huquqiy savodxonlik., mas’uliyat, выгода
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники