К содержанию
РецензированоUZ2022

DORIVOR TIRNOQGUL (CALENDULA OFFICINALIS L.) O‘SIMLIGININGNING ASOSIY ZARARKUNANDALARINI BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI

O‘SIMLIGININGNING ASOSIY ZARARKUNANDALARINI · BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI · Ro’ziqulov Davlatbek Nazaraliyevich.

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2022

Аннотация

Mazkur maqolada dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar, uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirkalar va simqurtlar kabi zararkunadalarning, bioekologiyasi, tur-tarkibi hamda tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.), tarqalishi, zararkunanda. KIRISH: Respublikada o‘simliklarni himoya qilish sohasida atrof-muhit, insonlar va jonzotlar uchun bezarar bo‘lgan biologik kurash usulini qo‘llashga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston sharoitida aholining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha bir qator keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dorivor o‘simliklar zararkunandalariga qarshi kurash usullarini takomillashtirish natijasida hosildorlikni sezilarli darajada saqlab qolish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.05.2022 yildagi PF-139- son “Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash, dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan hamda tadbirkorlik https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 87 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari subektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish, dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha hududlar kesimida ixtisoslashtiriladi. Bunda, 2022- yildan 2026-yilgacha 36 000 gektar maydonda yangi dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi. Keyingi yillarda yangidan biolaboratoriyalar tashkil etilmoqda va eskilari qayta zararkunandalarning yoppasiga tarqalishi oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarga ham katta e’tibor berilmoqda. Dorivor tirnoqgulga asosan zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar, uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirkalar, buzuqboshilar zararlaydi hamda hosilni kamayishiga olib keladi. Issiqxona oqqanoti – (Trialeurodes vaporariorum Westw) Teng qanotli hasharotlar (Homoptera) turkumining oqqanotlar (Aleyrodidae) oilasiga mansub. Issiqxona oqqanoti asosan issiqxonalardagi ekinlarni zararlab, ochiq sharoitga bahordan boshlab uchib chiqadi. Ochiqdagi ekinlarda issiqxona oqqanoti yozning jazirama issiq kunlarida rivojlanmaydi. Oqqanotlarning bu turiga havoning yuqori issiqligi salbiy ta’sir etmaydi. Shuning uchun ham oqqanot 1990 yillardan boshlab Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda dominant turga aylandi. U ochiq dala sharoitlarida va issiqxonalarda ham kuchli rivojlanib, ya’ni o‘simlik qanchalik erta zararlansa, shuncha ko‘p hosilni yo‘qotishi mumkin. Masalan, ko‘chatlik davridan boshlab zararlangan tirnoqgul (himoya qilinmasa) butunlay hosilsiz qolishi mumkin. Qiyg‘os hosilga kirgan paytdan boshlab zararlansa 1/3 hosilni yo‘qotishi mumkin. Dorivor tirnoqgul issiqxona oqqanoti bilan kuchli zararlanganda 60-70% hosilni yo‘qotishi mumkin. O‘rgimchakkana - Tetranychus urticae Koch. O‘rgimchakkana – Markaziy Osiyoda g‘o‘zaning eng xavfli zararkunandasidir. Bu zararkunanda ayrim dalalarda paxta hosilining yarmidan ko‘proq qismini nobud qilib qo‘yishi mumkin. Odatdagi yillarda o‘rgimchakkana yalpi paxta hosilining 6 – 10 % ni, ba’zi yillarda esa hatto 14 % ni nobud qiladi. Dorivor tirnoqgul zararkunandalarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra o‘rgimchakkana hosilni kamaytirish bilan birga tirnoqgulni dorivorlik sifatini ham pasaytiradi. Kana ko‘plab tushgan dorivor https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 88 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari tirnoqgul tuplaridagi normal unish kuchi yo‘qoladi, bunday sabab tufayli maysalari sekin o‘sadi va notekis bo‘ladi. O‘rgimchakkana aosan dorivor tirnoqgul o‘simliging barglarini orqa tomoniga joylashib olib so‘rib zarar keltiradi.Ushbu zararkunanda shamol yordamida dorivor tirnoqgul ekilgan maydonlarda tez tarqalib yil davomida 12-20 tagacha avlod beradi. Shiralar: Teng qanotlilar (Homoptera) turkumining Aphidinea kenja turkumiga mansub. Shiralardan bir necha turi zarar yetkazadi. Bular orasida beda yoki akatsiya shirasi xavflidir. 1-rasm. O‘rgimchakkanalar bilan zararlanayotgan dorivor tirnoqgul o‘simligi barglarining mikroskopda ko‘rinishi. Akatsiya shirasi - Aphis medicaginis craccivora Koch. Akatsiya shirasi Yevropa, Shimoliy-Sharqiy Afrika va Shimoliy Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan. O‘rta Osiyo va Kavkaz ortida ham uchraydi. Ushbu zararkunanda tropik va subtropik iqlim sharoiti mavjud bo‘lgan mintaqalarga xos bo‘lganligi sababli, u ekvatordan 60° shimoliy va 40° janubiy kenglikda joylashgan mamlakatlarda uchraydi. Katta shira Kavkaz orti, Janubiy Ukraina va O‘rta Osiyo respublikalarida tarqalgan. https://scientific-jl.com/ 17-to’pla

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar, uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirkalar va simqurtlar kabi zararku…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.) o‘simligining asosiy zararkunandalaridan shiralar, tunlamlar, uzunburunlar, qandalalar, oqqanotlar, o‘rgimchakkanalar chigirkalar va simqurtlar kabi zararku… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.), zararkunanda., tarqalishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники