К содержанию
РецензированоUZ2025

AXBOROT MATNINING PRAGMALINGVISTIK XUSUSIYATLARI

U. Y. Dushayeva

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada axborot matnining pragmalingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Axborot matni o‘ziga xos kommunikativ maqsadga ega bo‘lib, auditoriyaga ta’sir o‘tkazish, uni ma’lum bir yo‘nalishda fikrlashga undash va aniq ma’lumot yetkazish vazifalarini bajaradi. Tadqiqotda pragmatika va lingvistika nuqtayi nazaridan axborot matnining strukturasi, stilistik vositalari va muloqot jarayonidagi ro‘li ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, matnning ta’sirchanligi va tushunarliligini oshirishga xizmat qiluvchi lingvistik birliklar o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Axborot matni, pragmalingvistika, kommunikativ maqsad, ta’sirchanlik, lingvistik birliklar, stilistik vositalar. Zamonaviy jamiyatda axborot almashinuvi tezlashib, matnlarning kommunikativ samaradorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot matnlari ommaviy axborot vositalari, ilmiy maqolalar, biznes hujjatlari va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada axborot matnlarining pragmalingvistik xususiyatlari o‘rganilib, ularning ta’sirchanligi va tushunarliligini belgilovchi omillar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ,,Pragmatika” — ,,Pragmalingvistika” nomli yangi soha sifatida rivojlanib, o‘rganilmoqda va tadqiqotlar olib borilmoqda. Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 70- yillarida shakllandi. Axborot matni – aniq va tushunarli ma’lumot yetkazish uchun mo‘ljallangan matn shakli bo‘lib, uning asosiy vazifasi auditoriyani kerakli ma’lumot bilan ta’minlashdan iborat. U quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Obyektivlik – haqiqatga mos ma’lumotlarni yetkazish; 2. Tushunarlilik – matnning soddaligi va ravonligi; https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 130 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 3. Ta’sirchanlik – auditoriyani ma’lum bir harakat yoki fikrlashga undash. Pragmalingvistika til birliklarining qo‘llanishi va ularning nutqiy faoliyatdagi ahamiyatini o‘rganadi. Axborot matnlari kommunikativ vazifalarni bajarishda pragmalingvistik tamoyillarga asoslanadi. Ushbu matnlarda quyidagi elementlar muhim ro‘l o‘ynaydi: 1. Apellyativlik – auditoriya e’tiborini jalb qilish; 2. Maqsadga yo‘naltirilganlik – matnning konkret vazifaga mosligi; 3. Kontekstga moslashuvchanlik – turli vaziyatlarga mos holda tuzilishi. Pragmalingvistikaning asosiy maqsadlaridan biri lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishini, ya’ni tilni axborot kommunikatsiya vositasi sifatida o‘rganishdir. O‘tgan asr oxirlarida antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida maydonga kelgan pragmalingvistikada til egalarining borliqni idrok etishi, olam haqidagi tasavvurlari va uni tilda aks ettirishi, lisoniy tafakkuri, til ko‘nikmasi, nutqiy faoliyati, nutq obyekti haqidagi bilimlari, ruhiyati, voqelikka munosabati, kasb-kori, yoshi, gender belgisi kabi nolisoniy omillar bilan bog‘liq holda tadqiq etishga jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Pragmalingvistika hozirgi kunga kelib o‘rganish ob’yekti, asosiy tushunchalari, terminologik tizimi, nazariy muammolari, maqsad va vazifalarini aniq belgilab oldi. Pragmalingvistikaning tadqiqot obyekti, ya’ni muloqot tizimi tahlili asosini faoliyat nazariyasi tashkil etadi. Axborot matnining samaradorligi ko‘p jihatdan lingvistik vositalarga bog‘liq. Uning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat: • Leksik vositalar – aniq, sermazmun va ommabop so‘zlarning ishlatilishi; • Sintaktik struktura – oddiy va murakkab gaplarning mantiqiy ketma- ketligi; https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 131 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari • Stilistik vositalar – metafora, epitet va boshqa usullar orqali ta’sirchanlikni oshirish. Axborot matnining ta’sirchanligini oshirish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: • Oddiy va ravon tilda bayon qilish; • Vizual elementlardan foydalanish (diagrammalar, jadvallar); • Qisqa va lo‘nda jumlalar ishlatish; • Aktual mavzularni yoritish. Bundan tashqari, Media matnlarining pragmatik jihatlari ularning auditoriya bilan muloqot qilish qobiliyatida ham namoyon bo‘ladi. Har bir matn ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lib, uning til uslubi, mazmuni va formatiga qarab shakllantiriladi. Masalan, yoshlar uchun mo‘ljallangan matnlar sodda va dinamik bo‘lishi mumkin, kattalar uchun esa murakkab va analitik mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Bugungi globallashuv davrida media matnlar ijtimoiy, madaniy va siyosiy jarayonlarning ajralmas qismi sifatida maydonga chiqmoqda. Ular nafaqat ma’lumot yetkazish, balki jamiyatdagi qarashlarni shakllantirish, fikrlarni boshqarish va ma’lum bir harakatga undash vazifasini ham bajaradi. Shu bois, media matnlarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish nafaqat tilshunoslik, balki kommunikatsiya fanlari uchun ham dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada media matnlarning pragmatik xususiyatlari, ularning maqsadi va auditoriyaga ta’sir qilish usullari tahlil qilinadi. Pragmatika tilshunoslikning amaliy sohasi bo‘lib, tilning qanday qo‘llanilishi va

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada axborot matnining pragmalingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada axborot matnining pragmalingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’sirchanlik, Kalit so‘zlar: Axborot matni, lingvistik birliklar, stilistik vositalar., kommunikativ maqsad, pragmalingvistika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники