Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIGA BIR NAZAR
Ikramova Feruza Xayrullayevna · Imomova Mohidil Furqat qizi · Keywords: My comrades · Ghafur Ghulam, revolutionary ideals
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
the article gives opinions and comments on some poems of the playwright, literary scholar, critic, publicist, translator, publisher, coach, public figure as well as the fiery poet Maqsud Shaykhzoda. Kalit so‘zlar: Undoshlarim, Jumhuriyat, “Sharq haqiqati”, “Chig‘atoy”.Do‘stlar, yaxshilarni avaylab saqlang! “Salom” degan so‘zning salmog‘in oqlang. O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan, Uni tirigida bir soat yo‘qlang! (“Yaxshilar qadri”) O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘la: “Ulug‘ insonlar yulduzlar yanglig‘ yonib dunyoga keladilar. Butun umrlari mobaynida yonib va dunyoni yoritib https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 101 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari yashaydilar. Yonib turib so‘nadilar. Ammo, ular nuri vafotlaridan keyin ham uzoq yillar mobaynida taralib, kishilar qalbi va shuuriga ma’rifat va ma’naviyat yog‘dularini, ezgulikning kamalak ranglarini tarqatib turadi. Maqsud Shayxzoda o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining shunday o‘lmas siymolardan biri edi. Bunday siymolar o‘lmaydilar, ular biz bilan, kelgusi avlodlar bilan yashashda davom etadilar”. Ha, haqiqatdan ham bu ta’rif Maqsud Shayxzoda siymosiga berilgan buyuk bahodir. Maqsud Shayxzoda nafaqat dramaturg, adabiyotshunos olim, tanqidchi, publitsist, tarjimon, noshir, murabbiy, jamoat arbobi shuning bilan birga otashnafas shoir hamdir. Maqsud Shayxzodaning dastlabki she’riy to‘plami 1932yilda “Loyiq soqchi” nomi bilan nashr etilgan. 1932-yilda “O‘n she’r”, 1933- yilda “Undoshlarim”, 1934-yilda “Uchinchi kitob”,1935-yilda “Jumhuriyat” “O‘n ikki”, 1937-yilda “Yangi devon”, 1942-yilda “Kurash nechun”, 1943-yilda “Ko‘ngil deydiki…”, 1947-yilda “O‘n besh yilning daftari”, 1948-yilda “Yurt she’rlari”, 1949-yilda “Olqishlarim”, 1961-yilda “Yillar va yo‘llar”, 1964-yilda “She’rlar” va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Ozarbayjon xalq yozuvchisi Mirzo Ibrohimov Maqsud Shayxzoda haqida shunday deydi: “O‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalari – G‘afur G‘ulom va Oybek kabi otashnafas san’atkorlar safida ijod qilgan Maqsud Shayxzoda zuvalasi she’riyat shu’lasi bilan yorilgan kuychi edi. Uning asarlarida buyuk inqilobiy ideallar, jo‘shqin vatanparvarlik tuyg‘ulari, chinakam ijodiy hissiyotlar bilan yashagan yoniq qalbning gulduros aks sadosi mujassam topgan”. Shayxzodaning dastlabki ijodiga nazar tashlasak, qisman elliginchi yillardagi ayrim she’rlarida ozarbayjon she’riyatiga xos ohanglar ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatining tili va uslubini egallagani sayin uning she’rlarida o‘zbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda bo‘lishga intilib, xalq va mamlakat hayotida ro‘y bergan muhim https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 102 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida e’tibor berdi Shayxzoda she’riy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o‘tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bag‘ishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy to‘g‘risida so‘nggi sahna asarini yozdi. Shayxzoda xalqimizning yana bir ulug‘ farzandi Mirzo Ulug‘bek haqidagi fojeasini yozishga kirishdi. Dastlab buyuk olim va sarkarda, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek haqidagi tarixiy manbalarni sinchiklab o‘rgandi. 1960 yil tarixiy drama yozib tugallandi va 1961 yil sahna yuzini ko‘rdi. Dramadagi rollarni davrning eng mashhur aktyorlari o‘ynagan edi. Bu drama Shayxzodaga misli ko‘rilmagan shuhrat keltirgan edi. Shoir ijodiy biografiyasida “Toshkentnoma” dostoni alohida o‘rin tutadi. Bu asarni unga eng og‘ir kunlarida boshpana va panoh bo‘lgan shahri azimga bo‘lgan muhabbati o‘laroq yaratilgan desak yanglishmagan bo‘lamiz Ijod karvonining uzoq yo‘lini – Aziz yo‘ldoshlar-la o‘toldim, yurdim. Yo‘q, men taqdirimdan emasman xafa, Shoirlik unvoni baxtimdan tuhfa!... Ko‘chat ko‘chib kelib ekilgan tuproq Uning vatanidir deyish to‘g‘riroq. Bu shahar she’rimning tiniq chashmasi. Yashadim o‘ttiz yil bunda chamasi. Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang, ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning ma’naviy jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo‘lib keldi” deb ta’kidlagan edi. Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va odamlarimizning ruhiy olamidagi o‘zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi, betakror obrazlaridir. Shoir she’rlaridagi obrazlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg‘a qarab harakat qiladi, bu insoniyat karvonini – kemani to‘xtatib bo‘lmaydi, u insoniyat orzusi – baxt-saodat manzili sari harakat qiladi. Shoirning o‘zi “Inson umri cheklangan muhlatli daftar”, demak https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 103 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va r
Доказательный фрагмент
«the article gives opinions and comments on some poems of the playwright, literary scholar, critic, publicist, translator, publisher, coach, public figure as well as the fiery poet Maqsud Shaykhzoda.»
Образец извлечения
Демо-превьюthe article gives opinions and comments on some poems of the playwright, literary scholar, critic, publicist, translator, publisher, coach, public figure as well as the fiery poet Maqsud Shaykhzoda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- My comrades, Republic, Ghafur Ghulam, revolutionary ideals, Jumhuriyat, “Sharq haqiqati”, “Chig‘atoy”.Do‘stlar, Uni tirigida bir soat yo‘qlang!, yaxshilarni avaylab saqlang! “Salom” degan so‘zning salmog‘in oqlang. O‘lganda yuz soat yig‘lab turgandan, Keywords: My comrades, Kalit so‘zlar: Undoshlarim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025