Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POSTNATAL ONTOGENEZDA QUYONLAR URUGʻDONINING GISTOMORFOLOGIK OʻZGARISHI
GISTOMORFOLOGIK OʻZGARISHI · Ibragimov B.B.
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 36 · 204- 208 · 2025
Аннотация
Quyonlar postnatal ontogenezida urugʻdonning asosiy gistomorfologik strukturasidagi oʻzgarishlar qayd etilgan. Bunda urugʻdonni tashqi tomondan oʻrab turuvchi zardop va oqsil pardalarning qalinligi yosh davrlari boʻyicha oʻzgarishi aniqlangan. Urugʻdonning asosiy gistomorfologik tarkibiy qismi boʻlgan urug‘ egri kanalchalari, parenximatoz toʻqima va qon tomirlari yuzasining stromasiga nisbatan ulushi dinamikasi hisoblab chiqilgan. Kalit soʻzlar: postnatal ontogenez, quyon, urugʻdon, stroma, gistopreparat. Kirish. Urug‘donlar juft parenximatoz organ bo‘lib, unda jinsiy hujayralar va testosteron ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan erkaklik a’zo hisoblanadi. Urug‘donlar qorin bo‘shlig‘idan tashqarida urug‘don xaltasida joylashgan bo‘ladi. urug‘don xaltasidagi harorat tana haroratidan nisbatan pastroq bo‘ladi. Bu xususiyat normal spermatogenez va spermiylarning anabioz holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Testosteron gormoni urug‘donning qon tomirlari atrofida to‘plangan intersitsial glandulotsitlar tomonidan sekretsiya qilinadi. Urug‘donining endokrin funktsiyani ta'minlash uchun turli xil hayvon turlarida urug‘donning intersitsial toʻqimasi qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan bo‘ladi. Ontogenez jarayonida urug‘donlar qorin bo‘shlig‘idan urug‘don xaltasi – skrotumga tushadi. Sutemizuvchilarda urug‘donlarni tashqi tomondan parda bilan qoplangan bo‘ladi. Urug‘donlar ustki tomondan seroz parda bilan qoplangan bo‘lib, shu pardaning ostida har bir bezni o‘rab turuvchi va zich biriktiruvchi to‘qimadan https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 163 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari iborat bo‘lgan oqsil parda mavjud. Urug‘donlar anatomiyasining bunday xususiyatga ega bo‘lishi ularning ish funksiyasi va himoyalashda muhim ahamiyatga ega. Seroz parda oqsil parda bilan bilan birlashadi. Urug‘donning ichki yuzasiga kirib borib, mediastinni hosil qiladi. Undan bir qancha septalar urug‘donning ichkarisiga kirib borib, uni boʻlaklarga boʻladi. Urug‘donda intersitsial to‘qima (lotincha intersitium – oraliq) mavjud bo‘lib, sutemizuvchi hayvonlarda urug‘don stromasi va urug‘ kanalchalari orasida joylashgan. Intersitsial to‘qima joylashgan hujayralari jinsiy gormonlar ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Intersitsial hujayralar Leydig hujayralari deb ham nomlanadi. Ular asosan testosteron va boshqa androgen birikmalarni ishlab chiqaradi. Shuningdek, oz miqdorda estrogen va progestinlarni hosil qiladi. Urug‘donlar ovalsimon shaklga ega bo‘lib, tashqi tomondan zardob parda uning ostida esa oqsil parda mavjud. Zardob parda o‘z tuzilishiga ko‘ra parietal va visseral qatlamlardan tashkil topgan. Zardob pardaning visseral qatlami zich tolali biriktiruvchi to‘qima bilan ifodalanib, oqsil parda membranasi bilan mahkam bog‘langan bo‘ladi. Urug‘donning oqsil pardasidan biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan to‘siq(septa)lar ichki tomonga kirib borib, uni bo‘laklarga ajratadi. Tadqiqot manbai va uslubiyati. Tadqiqotlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi vivariyda parvarishlanayotgan go‘sht yo‘nalishidagi erkak oq yangi zelandiya va kaliforniya zotli quyonlar ustida o‘tkazildi. Bunda uchta guruh shakllantirilib birinchi (I) guruhga bir yoshgacha (n-5); ikkinchi (II) guruhga 2 yoshdan 3 yoshgacha (n-5), uchinchi (III) guruhga 3 yoshdan katta yoshli quyonlar kiritildi. Tadqiqotlar davomida tajriba guruhidagi quyonlar evtanaziya qilinib, urugʻdonlarning gistomorfologik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Bunda (oʻng) urug‘donning gistologik tuzilishini aniqlash uchun autopsiya olindi. Namuna urugʻdon oʻrta qismidan koʻndalangiga 3 mm qalinlikda kesib olinib, 10% neytral formalinda 24 soat davomida fiksatsiya qilindi. Etil spirtli batareyada degidradatsiya qilinib, soʻng parafinlandi. Mikrotom yordamida 5-6 mkm https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 164 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari kesmalar tayyorlanib, gemataksilin va eosin yordamida boʻyaldi. Gistologik preparatlar mikrometrik toʻr yordamida metrik koʻrsatkichlar oʻlchandi. Olingan raqamli ma’lumotlarga matematik-statistik uslubida qayta ishlov berilib: o‘rtacha arifmetik qiymat – 𝑋̅, o‘rtacha arifmetik qiymatning xatosi – S , x o‘zgaruvchanlik koeffitsienti – C %, guruhlar o‘rtasida farqlanishning v ishonchlilik mezoni – P Microsoft Office Excel 2007 kompyuter dasturi yordamida tegishli formulalar orqali hisoblab chiqildi. Olingan natijalar va ularning muhokamasi. Tadqiqotlarda posnatal ontogenezda quyonlar urug‘donning zardop va oqsil pardasi qalinligi dinamikasi amiqlanib, olingan raqamli ma’lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Turli zot va yoshdagi quyonlar urug‘don zardop va oqsil pardasining qalinligi, mkm Oq yangi zelandiya Zardop parda Oqsil parda Guruh 𝐗̅±S C % 𝐗̅±S C % x v x v I 130,75±3,22 11,03 36,25±0,64 7,86 II 147,33±3,19 9,67 44,87±0,91 9,08 III 173,52±5,38 13,88 58,23±1,27 12,07 Kaliforniya I
Доказательный фрагмент
«Quyonlar postnatal ontogenezida urugʻdonning asosiy gistomorfologik strukturasidagi oʻzgarishlar qayd etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюQuyonlar postnatal ontogenezida urugʻdonning asosiy gistomorfologik strukturasidagi oʻzgarishlar qayd etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- quyon, gistopreparat., stroma, urugʻdon, Kalit soʻzlar: postnatal ontogenez
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025