К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIMDA TASVIRIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH MASALASI

ETISH MASALASI · Sabirxodjaeva Tursunoy Tojitdin qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlari imkoniyatlari tahlil qilingan.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va guruhda rivojlantiruvchi muhitning tarkib topishi izchil asoslangan. Kalit so’zlar; tasviriy faoliyat, estetik tarbiya, integral faoliyat. Sh.M. Mirziyoyev Oliy majlisga yo'llagan murojaatlarida "Ilm va ta'limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta'lim o'rganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz"- deya ta'kidlaganlar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o’rni beqiyos.U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo’lishi, buning uchun muntazam rvishda o’z ustida ishlashi, ilmiy-nazariy saviyasini tinimsiz ko’tarishi, ilg’or tajribalarga tayanishi kerak. Tasviriy faoliyat bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan qiziqishni uyg’otish estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va tasvirlashni rivojlantirishni ko’zda tutadi.Maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlarida bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qib ketishi uchun zarur bo’lgan vazifalar hal etiladi.Rasm,applikatsiya loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz sintez, takrorlash,konkretlashtirish kabi ko’nikmalari shakllanadi.Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o’z harakatini o’rtoqlarining harakatiga moslashtirishga o’rganadilar. Tasviriy faoliyat bo‘yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan ijobiy munosabatini, bundan tashqari san'at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 405 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ko‘zda tutadi. Ma’lumki, maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg‘ulotlarida maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar. Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishning samarasi estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshqalar) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida: badiiy didni tarbiyalash; amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish; fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish; qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish; kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta'limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi. Bundan xulosa shuki, tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Ushbu omil o’z navbatida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari mazmuni, nazariyasi va texnologiyasi faoliyatning boshqa turlariga bog’liq tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar,san’at asarlari, xususan https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 1-son Aprel 2025 406 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari rasmga qarab hikoya qilish boshqa faoliyatlar bilan integral ravishda olib boriladi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida, qalam hamda moyqalamdan erkin foydalanishda o’z harakterini va qo’l kuchini idora etishga o;rganadilar.Bu esa malakani egallash ,bolalarda qo’lini yengil ,erkin bir tekisdagi harakat qilish hususisyatini rivojlantiradi. Umumiy tatqiqotlarimiz natijasida bolalar turli shakl ,proporsiyadagi predmedlarni chizish jarayonida predmetning ish hususiyatiga qarab yo’nalishni saqlash zarurligiga predmetning kattaligiga mos ravishda harakatlanishga yordam beradigan metodikalarni tadqiq etdik.Bundan kelib chiqdiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ol

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlari imkoniyatlari tahlil qilingan.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va guruhda rivojlantiruvc…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlari imkoniyatlari tahlil qilingan.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va guruhda rivojlantiruvc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar, tasviriy faoliyat, estetik tarbiya, integral faoliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники