Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KARTALARDA YOZUVLARNI JOYLASHTIRISHNING UMUMIY MASALALARI
Behruz Mallayev Qoʻldosh oʻgʻli · Bobur Saitmurotov Sobir oʻgʻli
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
Для большинства картографов разработка и размещение надписей на карте считается последней задачей. Это может привести к отрицательному результату. Во многих случаях конструкция и внешний вид всей открытки зависят от ее надписей, поэтому к их оформлению не следует относиться легкомысленно. В этой статье рассмотрены общие правила размещения надписы на картах, а размещение надписы такими способами обеспечит простоту и понятность карточки. Ключевые слова. Надписи на карте, топонимы, гидронимы, оронимы, этнонимы, зоонимы. https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 3 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Kartadagi yozuvlar deganda kartadagi yordamchi va qoʻshimcha elementlar tarkibidagi emas, balki bevosita karta mazmunini beruvchi, ya’ni kartografik tasvirdagi yozuvlar tushuniladi. Ba’zi kartograflar kartalardagi yozuvlarni “zaruriy nuqson” deyishadi, chunki ular tasavvurni toʻldirib yuboradi va murakkablashtiradi. Yozuvlar kartaga tushirilganda vizual koʻrinishning muhim elementiga aylanadi. Ular e’tiborimizni tortadi va boshqa belgilarni xiralashtriradi. Amalda, kartaning grafik sifati koʻp jihatdan yozuvlar shakli va joylashtirilishiga bog‘liq. Shrift turini tanlash, yozuvlarni tayyorlash va ularni joylashtirishning barchasi birgalikda “kartadagi yozuvlar” deb ataladi. Nomlar soni koʻp yoki xilma-xil boʻlganda, bu kartograik jarayonning eng murakkab va koʻp vaqt talab etadigan qismiga aylanadi. Kompyuterlar yozuvlarni tanlash va joylashtirishda qulaylik tug‘diradi, biroq kompyuter usullari ham ayrim hollarda kartograf aralashuvini talab etadi. Umumgeografik kartalarning qulayligi yozuvlar va ularning joylashuviga juda boʻgliq. Nomlarni topish va ularni oʻqib tegishli hodisalarni anglash umumgeografik kartalarning funksional imkoniytalarini belgilaydi. Mavzuli kartada yozuv umumgeografik kartalardagi kabi qator funksiyalarga ega boʻlmasa-da, biroq u ortiqcha e’tibor tortmay, kommunikatsiyani oshirish uchun beriladi. Yozuv ham kartadagi boshqa belgilar kabi belgi – simvoldir, biroq uning vazifasi koʻpchilik belgilarga qaraganda ancha murakkabroq. Yozuvlar 3 xil vazifani bajarishi mumkin: 1) joylashgan oʻrinni koʻrsatish (shaharlar); 2) chiziqli obyektlar yoʻnalishi va uzunligini koʻrsatish (tog‘lar kabi); 3) obyektlar shakli va maydonini belgilash (viloyatlar yoki davlatlar). Kartadagi yozuvlar karta mazmunini boyitadi shu bilan bir qatorda ba’zi kartani oʻquvchanligini qiyinlashtiradi. Shuning uchun karta yaratilayotganda undagi yozuvlarni soni va joylashtirishni me’yoriy holatda boʻlishini e’tiborga https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 4 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari olish zarur. Kartadagi yozuvlarni 3 guruhga boʻlish mumkin (1-jadval). 1-jadval Kartadagi yozuvlar Toponimlar Atamalar Tushuntirish holatlari Gidronimlar Geologik Miqdor koʻrsatkichlar Oronimlar Geografik Sifat koʻrsatkichlar Etnonimlar Okeanologik Xronologik koʻrsatkichlar Zoonimlar Iqlimiy Chiziqli belgilarga tushuntirish xatlari Urbonimlar Iqtisodiy Geografik toʻrlarga tushuntirish xatlari Antroponimlar Landshaftli Toponimlar – kartaga olish obyektlarining geografik nomlari. Ularga oronimlar (relyef elementlari nomlari), gidronimlar (suv obyektlari nomlari), etnonimlar (etnoslar nomlari), zoonimlar (hayvonot turlari nomlari) va boshqalar kiradi. Aynan ularni kartada toʻg‘ri yozilishi jiddiy masala hisoblanadi. Atamalar – kartaga olish obyektlariga tegishli boʻlgan tushuncha. Bular umumgeografik, geologik, okeanologik, ijtimoiy-iqtisodiy va istalgan boshqa atamalar boʻlishi mumkin. Masalan, “provinsiya”, “iqtisodiy rayon”, “koʻrfaz”, “pasttekislik” va boshqalar. Tushuntirish yozuvlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: - sifat koʻrsatkichlar (“achchiq”, “chuqur”, “terak”, “qum”, “toshloq”); - miqdor koʻrsatkichlari (absolyut va nisbiy balandliklar, suv oqimi tezligi, chuqurligi va boshqalar); - xronologik yozuvlar (voqea sodir boʻlgan vaqt, geografik sayohat amalga oshirilgan vaqtlar, suv koʻpayish va kamayish vaqti); - harakatdagi belgilarga tushuntirish xatlarini (dengiz va temir yoʻllarda tashiladigan yuklar, Magellan sayohati); - koordinata toʻrlarini koʻrsatuvchi raqamlar va ularni nomlarini (Grinvichdan sharqda yoki g‘arbda, janubiy va shimoliy qutb chizig‘i) va boshqalar. https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 5 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Karta tuzishda har bir yozuv tegishli obyektga aniq bog‘langan boʻlishi muhim. Kartaning oʻquvchanligi, axborotni uzatish aniqligi shunga bog‘liq. Yozuvlarni joylashtirish, eng avvalo, obyektlarning joylashuv xususiyatlaridan kelib chiqadi: - nuqtalarda joylashgan obyektlar (aholi punktlari va boshqalar) yozuvlari belgidan oʻng tomonda parallel boʻylab yoki gorizontal tarzda, ya’ni kartaning shimoliy va janubiy ramkalariga parallel yoziladi. Yozuvlar boshqa belgilar juda zich boʻlganda ularni belgidan chap yoki yuqorida yoki hatto
Доказательный фрагмент
«Для большинства картографов разработка и размещение надписей на карте считается последней задачей.»
Образец извлечения
Демо-превьюДля большинства картографов разработка и размещение надписей на карте считается последней задачей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Надписи на карте, топонимы, гидронимы, оронимы, зоонимы., этнонимы, gidronimlar, oronimlar, toponimlar, zoonimlar., etnonimlar, Ключевые слова. Надписи на карте, Kalit soʻzlar. Kartadagi yozuvlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026