К содержанию
РецензированоRU2025

SUV OLISH INSHOOTLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. SUV OLISHNI QО‘LLANISH SHARTLARI VA TASNIFI

Ahatov Bekzod · Eshpo‘latov Nasimjon · Safarov Sherbek

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

The article provides information on water intake structures used in the water management sector and information on water intake structures currently used in water management. The location of water intake structures is discussed in detail. Keywords: hydraulic engineering, hydraulic unit, reservoirs, dams, pumps, water intake, aquifers, sediments. Suv olish haqida tushuncha. Xо‘jalik va ichimlik maqsadlarda foydalaniladigan suv manbalari xilma-xildir, bularga daryolar, daryolardagi va soylardagi suv omborlari, kо‘llar, hovuzlar va boshqalar kiradi. Har bir manbadan https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 19 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari suv olinganda suv oluvchi inshoot qurilma yoki moslama bilan jihozlanadi va u suvni suv о‘tkazuvchi inshootga yoki bevosita iste’molchiga uzatadi. Suv olish inshootlari о‘zi oqar va suvni mexanikaviy (nasoslar) kо‘tarib beradigan turlariga bо‘linadi. Bundan keyin suv manbalardan yoki havzalardan (suv omborlari) suvni bosh va derivatsiya kanallariga, ayrim hollarda novlar va tunnellarga faqat о‘zi oqar suv olishga mо‘ljallangan gidrotexnika inshootlari kо‘rib chiqiladi. Ularni kanallar deb ataymiz. Bunday suv olish inshootlari suvni irrigatsiyaga, yaylovlarni suv bilan ta’minlashga, derivatsiya GES-lariga, hamda о‘zi oqar suv olishda va boshqa iste’molchilarga, masalan, issiqlik va atom gidroelektrostansiyalariga va ba’zi bir hollarda xо‘jalik va ichimlik suv ta’minotiga qо‘llaniladi. Suv olish gidrouzellarining tasnifi. Past bosimli suv olish gidrouzellarni bir nechta asosiy belgilarga kо‘ra tasnifga bо‘lish mumkin: suv olish manbaining turiga kо‘ra-daryo, kо‘l, dengiz, sizot suvlari; suv olish inshootdan suvni transportlash sharoitiga kо‘ra-о‘zi oqar va suvning mexanikaviy kо‘tarish (nasoslar orqali); daryo о‘zaniga nisbatan joylashuvi bо‘yicha-о‘zanda va qirg‘oqda; chо‘kindilarga qarshi kurashishda qо‘llaniladigan vositalar turi bо‘yicha – yuvuvchi yо‘lak bilan, yuvuvchi galereyalar bilan, shag‘al ushlovchi bilan, ikki qavatli, oraliq va yon devorlardagi tirqishlar, novlar va shu kabilar bilan. Suv olishning vazifalari. Har qanday turdagi suv olishga quyidagi talablar qо‘yiladi: 1) suv iste’moli grafigi asosida manbadan (daryodan) kafolatli uzluksiz suv olishni ta’minlash; 2) tub chо‘kundilar, muzlar va suzgichlarni kanalga kirib qolishdan saqlash; 3) suv olish inshootidan suvni о‘tkazishda katta bosim yо‘qolishiga yо‘l qо‘ymaslik; 4) suv olish inshooti va uning alohida qismlarini tozalash, yuvish, ta’mirlash vaqtida va avariya holatida ishlashini va tо‘xtatib qо‘yishni ta’minlash; 5) baliq himoyalovchi va baliq yо‘naltiruvchi qurilmalar yordamida baliqlarni qо‘riqlashni ta’minlash. Ba’zi bir hollarda suv oluvchi inshootlarga maxsus talablar qо‘yiladi, masalan, suv manbasining minimal temperatura va yuqori zichlikka ega bо‘lgan https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 20 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari qatlamidan suv olinadi. Bundan tashqari suv olish gidrouzeli tarkibiga kiruvchi inshootlar va ularning qismlari gidrotexnika inshootlariga qо‘yiladigan mustahkamlik, ustuvorlik, uzoq muddat ishlashi va foydalanishga qulay talablariga javob berishi kerak. Irrigatsiyaga suv olishning о‘ziga xos xususiyatlari. Daryodan irrigatsiya maqsadlarida suv olishda, kо‘p hollarda muallaq va tub chо‘kindilar kanalga о‘tadi. Suv olish tugunlarining vazifasi shundan iborat bо‘ladiki, tub chо‘kindilarni kanalga о‘tmasligini ta’minlash va ularni gidrouzel pastki byefiga tashlab yuborishdir. Kanalga о‘tgan muallaq zarralar esa uning bosh qismida о‘rnatilgan tindirgichlarda chо‘ktiriladi. Suvni maydonga о‘zi oqar tarzda о‘tkazishda suv sathlari orasidagi bosim yо‘qolishi minimal bо‘lishini va о‘z navbatida suv olish inshootidan suv sarflarini о‘tkazishda ham bosim yо‘qolishini minimumgacha yetkazishni ta’minlashdir. Irrigatsiya maqsadlari uchun foydalaniladigan daryolar, masalan, О‘rta Osiyoda muzliklar erishidan tо‘yinadi. Bu holda suv iste’moli grafigini daryoning gidrografigi joylashtirilganda unga mos tushadi va oqimni mavsumiy boshqarish uchun suv ombori qurish zarurati tug‘ilmaydi. Shu sababli irrigatsiya gidrouzellarining vazifasi kanalga suvni о‘tkazish uchun zarur bо‘ladigan dimlangan sathni ta’minlashdir. Bir va ikki tomonga suv olish. Suv iste’molchilari qirg‘oqning u yoki bu qirg‘og‘ida joylashgan bо‘lishi mumkin. Shuning uchun tо‘g‘onli gidrouzellardan bir tomonga va ikki tomonga suv olish mо‘ljallanadi. Ikki tomonga suv о‘tkazishni mustaqil ikki tomonga joylashgan suv olish inshooti yordamida amalga oshirish mumkin, ulardan har biri suvni faqat bir qirg‘oqqa uzatadi. Suvni ikki tomonga uzatishni bir tomonga suv olish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu holda suv sarfining bir qismi suv tashlash tо‘g‘onida qurilgan dyuker yordamida amalga oshirish mumkin. Suv olish koeffitsiyenti. Suv olish inshootining suv olishi suv olish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. U ka

Доказательный фрагмент

«The article provides information on water intake structures used in the water management sector and information on water intake structures currently used in water management.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article provides information on water intake structures used in the water management sector and information on water intake structures currently used in water management. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hydraulic engineering, hydraulic unit, reservoirs, dams, pumps, Kalit so‘zlar:gidrotexnika, cho‘kindilar., to‘g‘onlar nasos, suv omborlar, o‘zanli, water intake, aquifers, Keywords: hydraulic engineering, suv olish, gidrouzel, sediments.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники