Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBAL MAKONDA TALABALARNING MA’NAVIY, MA’RIFIY VA AXLOQIY DUNYOQARASHI: IJTIMOIY MOSLASHUVI VA MA’NAVIY TARBIYASI
MA’NAVIY TARBIYASI · Tillayev Bobomurod Abduvahhobivich (Namangan davlat pedagogika institute Falsafa va tarix fanlar kafedrasi) · Xakimova Xushroy (Namangan davlat pedagogika institute Falsafa va tarix fanlar kafedrasi)
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025
Аннотация
The article analyzes the scientific and theoretical foundations of the spiritual, educational and moral worldview of students in the Global space, which is a topical issue today: social adaptation and spiritual education, preparation for the organization of spiritual and educational work in the process of pedagogical https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 230 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari education. Keywords: educational process, higher education, organization of spiritual and educational work, concept, pedagogical technologies. Jahon oliy ta’lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy- axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy immunitetini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob¸ oila va jamiyat hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Сhunki tahdid so‘zi “xavf-xatar, xuruj va buzish” ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlarni shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar deyish mumkin. Ma’naviy tahdidlardan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yishdir. Diqqat qilsak, ma’naviy tahdidlarning barcha turi nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtayi nazardan eng xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 231 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari qaratilgan talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish borasida Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miramonovich hozirgi O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish doir qarorlar qabul qilmoqda. Globallashuvning milliy ma’naviyatga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirlari to‘g‘risida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: – madaniy aloqalar va munosabatlarning globallashuvi bir hududda yangi madaniy va ma’naviy qadriyatlarni, san’at turlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, bu esa milliy ma’naviyat tarkibini yanada boyib borishiga olib keladi; – iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi esa mamlakatlar moddiy hayotini yaxshilashga keng yo‘llar ochib beradi hamda fuqarolar farovonligining ta’minlanishiga imkon beradi; – fan va texnika sohasining globallashuvi milliy ma’naviyatning asosi bo‘lmish milliy intellektual salohiyatni kuchaytiradi; – siyosiy-mafkuraviy sohalarning globallashuvi umumjahon ma’naviy muhitning rivojlanishiga zamin yaratadi, bu esa milliy ma’naviyatning yanada takomillashishiga asos bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, globallashuv jarayonlarining milliy ma’naviyatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri xususida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. – demografik ko‘chishlarning ayrim hududlarda haddan ziyod oshib ketishi ma’naviy ta’sirlar oqimining ham oshishiga olib keladi, bu holat shu hududdagi milliy ma’naviyatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi; – umumjahon miqyosida ma’naviy-madaniy ne’matlarga ehtiyoj rivojlangan davlatlar talabiga ko‘ra shakllanishi milliy ma’naviyatga bir qutbli ta’sirini https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 232 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari kuchaytiradi; Yangi O’zbekiston sharoitida mafkuramizning tub ma’no-mazmunini belgilab beradigan ana shu maqsad bizning hayotimiz, ong-u tafakkurimizga singib, dunyoqarashimiz, amaliy harakatlarimizning asosiga ay
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the scientific and theoretical foundations of the spiritual, educational and moral worldview of students in the Global space, which is a topical issue today: social adaptation and spiritual educat…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the scientific and theoretical foundations of the spiritual, educational and moral worldview of students in the Global space, which is a topical issue today: social adaptation and spiritual educat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- educational process, higher education, organization of spiritual, Kalit so’zlar: ta’lim jarayoni, Keywords: educational process, concept, организация духовно-просветительской работы, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, organization of spiritual and educational work, pedagogik texnologiyalar., педагогические технологии., pedagogical technologies., oliy ta’lim, высшее образование, konsepsiya, концепция, Ключевые слова: образовательный процесс
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026