К содержанию
РецензированоUZ2025

IQBOL MIRZONING “UYG‘ONISH” SHE’RI POETIK TAHLILI

Shoxijaxon Islomov · Ilmiy rahbar: Nurali Murodillayev · XIU o‘qituvchisi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Iqbal Mirzo is one of the most deeply heartfelt, philosophically thoughtful poets of modern Uzbek poetry. His poems often cover the themes of spiritual suffering, human existence, love, and inner awakening. The poet's poem "Awakening" is also imbued with such a deep spiritual and philosophical content, expressing the spiritual awakening of all humanity through personal experience. Keywords: poetic image, lyrical hero, spiritual and philosophical layers, moon. Zamonaviy o‘zbek poeziyasi so‘nggi yillarda ichki falsafiy teranlik, ruhiy izlanish, shaxsiy kechinmalarni global kontekstda ifodalash bilan ajralib turadi. Bu jarayonning ilg‘or vakillaridan biri – Iqbol Mirzo. Shoirning ko‘pgina she’rlari tabiat va inson, hayotiy izlanish va ichki uyg‘onish muammolari atrofida shakllanadi. Shoirning “Uyg‘onish” she’ri – bu nafaqat lirik qahramon kechinmasi, balki universal insoniy holatlar: ruhiy qobiqdan chiqish, befarqlikdan qochish, muhabbat https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 279 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari orqali hayotga qaytish jarayonining poetik ifodasidir. Mazkur maqolada she’rning mazmun va shakl xususiyatlari, poetik vositalar, ruhiy-falsafiy qatlamlar tizimli tarzda tahlil qilinadi. She’r ilk satrlardan boshlab lirik subyektning ichki holatini aks ettiradi: "Huvillagan dunyo, huvillagan qalb, Na quvonch, na rayhon, na g‘am, na yalpiz..." Bu satrlarda befarqlik, bo‘shliq, ruhiy karaxtlik kayfiyati ustuvor. Lirik qahramon hayotdan uzilgan, u tashqi dunyodagi go‘zalliklarni ham ko‘rmayapti. Ushbu satrlar ruhiy inqiroz holatining timsoli sifatida talqin qilinadi. Aynan mana shu befarqlikdan uyg‘onish jarayoni she’rning asosiy dramatik nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Shoir bu holatni zamon, makon va ichki kechinma orqali kengaytiradi: "Qip-qizil qumlarni kechdim yuz yillab, O‘zim bilan o‘zim yashadim yolg‘iz". Bu yerda vaqt (yuz yillab), makon (qip- qizil qumlar) va holat (yolg‘izlik) – barchasi poetik simvolga aylanadi. Demak, “uyg‘onish” oddiy fiziologik holat emas, ruhiy-psixologik o‘zgarish, ichki metamorfoza (evrilish) jarayonidir. Uyg‘onishning sababi shunchaki ichki anglash emas, balki tashqi ilhom, ya’ni muhabbatdir: "Muhabbat, oy kabi kirding yodimga..." Muhabbat bu yerda shunchaki romantik tuyg‘u emas, balki ruhiy holat sifatida aks etgan. Oy obrazining tanlanishi ham bejiz emas – u kechaning, sukunatning, osoyishtalikning timsoli. Demak, muhabbat lirik shaxs hayotiga orom, nurlanish, yana yashash istagini olib kiradi. She’r strukturaviy jihatdan uyg‘onishning bosqichma-bosqich rivojini ifodalaydi: – birinchi bosqich: befarqlik va iztirob holati (1-band); – ikkinchi bosqich: o‘zini anglash, yurak og‘irligini sezish (2-band); – uchinchi bosqich: muhabbat sabab ongning o‘zgarishi (3-band); – to‘rtinchi bosqich: ozodlik, kuchli his-tuyg‘ular, yoshlikni qayta his qilish (4-band); https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 280 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari – beshinchi bosqich: uyg‘ongan qalbning koinot bilan birlashuvi (5-band). "Yovvoyi yoshlikda azot hayqirdim – Titradi koinot etaklari-da!" Bu misralarda insonning ichki energiyasi koinotni larzaga soladi. Bu holat – ruhiyatning g‘ayritabiiy darajada kuchayishidir. Shoir uyg‘onishni nafaqat ruhiy, balki kosmik, global miqyosda ko‘rsatadi. She’rda boy poetik ifoda vositalari mavjud: – Metafora: “huvillagan dunyo”, “shiddatim qoldirgan oq iz” – holat va hissiyotlarni obrazga aylantirish; – Tashxis: oy, yulduz, bulutlar – barchasi harakatda, lirik subyektga hamohang; – Allegoriya: “qush bo‘ldim”, “oy bilan tillashdim” – ramziy obrazlar orqali ruhiy o‘zgarish beriladi; – Antiteza: muhabbat va yolg‘izlik, zulmat va ziyo, jimlik va harakat — bular she’rga ichki dinamizm bag‘ishlaydi. Iqbol Mirzo she’rlarida poetik tafakkur – shunchaki so‘z o‘yini emas, balki ruhiy va falsafiy anglash manbayi ham hisoblanadi. “Uyg‘onish” she’rida shoir o‘z-o‘zini, ruhini, hayotga bo‘lgan munosabatini yangi bosqichga olib chiqadi. Bu uyg‘onish – ijtimoiy emas, ontologik tabiatga ega: inson o‘zining borligini, yashash zarurligini anglaydi. Ko‘rib o‘tganimizdek, Iqbol Mirzoning “Uyg‘onish” she’ri – zamonaviy o‘zbek poeziyasida inson ruhiyatini poetik darajada chuqur tahlil qilgan yuksak namunadir. Shoir befarqlikdan uyg‘onish, muhabbat orqali yashashga qaytish, ichki ozodlikni his etish kabi jarayonlarni badiiy tasvirlar orqali ifodalagan. She’rda ruhiy taraqqiyot, ong o‘zgarishi, ichki kechinmani koinot bilan uyg‘unlashtirish darajasida ko‘rsatish – Iqbol Mirzoning poetik tafakkurini yuksak darajada namoyon etadi. Ushbu she’r bugungi o‘quvchi uchun ham dolzarb: u befarqlik va ruhiy karaxtlik davrida inson qalbining uyg‘onishi zarurligini eslatadi. Bu uyg‘onish esa faqat muhabbat, ishonch orqali sodir bo‘ladi. https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 281 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Foydalanilgan ada

Доказательный фрагмент

«Iqbal Mirzo is one of the most deeply heartfelt, philosophically thoughtful poets of modern Uzbek poetry.»

Образец извлечения

Демо-превью

Iqbal Mirzo is one of the most deeply heartfelt, philosophically thoughtful poets of modern Uzbek poetry. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetic image, lyrical hero, spiritual and philosophical layers, moon., oy., lirik qahramon, ruhiy-falsafiy qatlamlar, Kalit so‘z: poetik tasvir, Keywords: poetic image
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники