К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH

MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH · Qurbonaliyeva Shohista Abduvoxit qizi · Qurbonova Marjona Abdunabi qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti) · Tog`ayeva Mahliyo Baxtiyorovna (Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti) · Ashurova Nilufar Parda qizi (Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti)

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Maqolada Sharq mutafakkirlarining matematika faniga qo`shgan hissalari haqida aytib o`tiladi . Matematika darslarida mutafakkirlarimizning merosidan foydalanishning afzalliklari boshlang`ich sinflar doirasida ko`rib chiqiladi va foydalanish usullari tahlil qilinadi . Kalit so‘zlar : O`rta Sharq , Muhammad al- Xorazmiy Al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom , ko`rgazmalilik, tushunarlilik , formulalar , geometriya , algebra , tenglama . Ota - bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o`rganib, uni ta'lim tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviy barkamol va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir.Matematika fani tarixi ham barcha fanlar tarixi kabi chinakam fuqarolik xulq-atvori va olimlarning yuksak vatanparvarlik harakatlariga doir meroslarga nihoyatda boy. Bolalarni o`zligini anglash va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda matematika tarixiga doir ilmiy-nazariy ma'lumotlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda qadimgi Yunon matematiklari asos soldilar va uni O`rta Osiyodagi https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 454 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari O`rta Sharq olimlari davom ettirdilar.Bu eramizdan oldingi VI-V asrlardan boshlab eramizning XVII asrigacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oladi. Bu davrda matematika alohida fan tariqasida o`zining predmeti va metodi bilan vujudga keladi. O’rta Osiyo mamlakatlarida Muhammad al- Xorazmiy algebrani ijod etish bilan uni alohida fan darajasiga ko’taradi.O`rta Osiyo ensiklopediyasi olimlari Al- Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulug`bek, G`iyosiddin Koshiy va boshqalar matematika faniga o’z hissalarini qo’shdilar . O`tmish tariximizda buyuk mutafakkir olimlar juda katta ilmiy-didaktik meros qoldirganlar. Tarix xalqning haqiqiy tarbiyachisidir. Ulug` ajdodlarimizning ishlari va jasorati yangicha dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy-axloqiy tarbiya va saboq olishning manbaiga aylanadi. Markaziy Osiyo tarixida, o`zlarida siyosiy ong, axloqiy jasoratni, diniy dunyoqarash va qomusiy bilimlarni mujassamlashtirgan buyuk siymolar juda ko’p bo’lgan.Yaqin va O`rta Sharqda Al Xorazmiy, Al- Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktika asoschilaridir. Al-Forobiy matematika fani misollari asosida o`qitishning ilmiylik, ko`rgazmalilik, tushunarlilik va izchillik printsiplarini ishlab chiqadi. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarini mohiyatini yoritib berdi. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida qo`pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali o`tishi kerak. Mantiq ob’ektni anglashga qaratilgan va aql yetadigan mohiyatlarni tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to`g`rililigini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi. Matematikani o`qitish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishni tashkil etish, o`zining tizimiga asosan, ikki maqsadni parallel ravishda amalga oshiradi. Birinchidan, matematik qonuniyat, dalil, formulalarni, matematik talqinini amalga oshirsa, ikkinchi tomondan, bu qonuniyat, dalil, formulalarning faqat https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 455 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari matematikada, balki boshqa fanlarda ham undan foydalanish uslublari ko`rsatiladi, natijada shu sohada o`quvchilar bilimi chuqurlashadi. Shuning uchun ham matematikani o`rta maktabda, ayniqsa , boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning bilimlari chuqurlashadi. Shuning uchun ham matematikani o`rta maktabda, ayniqsa , boshlang`ich sinflarda o`quvchilarga tarixiy materiallar bilan qo’shib o`qitishda o`zini pedagogik va psixologik jihatlari bilan birga o`qitish jarayonida ishlatiladigan metodlarni o`zaro uzviyligi didaktik ketma-ketligi oddiy odatiy darslardan farq qiladi . Xulosa qilib aytganda , boshlang'ich matematika darslarida sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish, o`quvchilarga nafaqat matematikani o'rgatish, balki ilm-fan, madaniyat va tarixni tushunishga ham yordam beradi. Sharq mutafakkirlari, ayniqsa, Islom olamining o‘rta asrlaridagi olimlari, matematika, geometriya, algebra va boshqa fanlar bo‘yicha katta meros qoldirganlar. Ularning asarlari nafaqat matematikani rivojlantirishga, balki o‘quvchilarda matematik fikrlashni chuqurlashtirishga ham yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. https://library.samdu.uz/download/1655 2. Abdullayeva B.S., N.A.Xamedova, M. Xusanova “Boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi” uslubiy qo’llanma. -T.: 2010, 135 bet. 3. Ahadova. M.O‘rta osiyolik mashhur olimlar va ularning matеmatikaga doir ishlari. Toshkеnt. O‘qituvchi. 1983. 4. www.pedagog.uz https://scientific-jl.com/ 18-to’plam 2-son Aprel 2025 456

Доказательный фрагмент

«Maqolada Sharq mutafakkirlarining matematika faniga qo`shgan hissalari haqida aytib o`tiladi .»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Sharq mutafakkirlarining matematika faniga qo`shgan hissalari haqida aytib o`tiladi . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
algebra, Muhammad al- Xorazmiy Al-Farg`oniy, Kalit so‘zlar : O`rta Sharq, tenglama ., tushunarlilik, Abu Ali Ibn Sino, formulalar, geometriya, Abu Rayhon Beruniy, ko`rgazmalilik, Umar Xayyom
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники