К содержанию
РецензированоUZ1991

1991-2024 YILLARDA BUXORO VILOYATIDA OLIY TA’LIM TIZIMI RIVOJI

TIZIMI RIVOJI · Tursunpulatova Barchinoy Safo qizi · Email: BarchinoyTursunpo’latova@mail.ru

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1991

Аннотация

This article analyzes the development processes of the higher education system in the Bukhara region during the period from 1991 to 2024. It highlights the significant growth in both the number and quality of higher education institutions following independence, along with the introduction of new academic programs and educational formats. The activities of Bukhara State University, the Bukhara Institute of Engineering and Technology, and other newly established institutions are examined in detail. The research findings emphasize the improvement in the quality of higher education in the region and its impact on socio-economic development. Keywords: Bukhara region, higher education, education system, reforms, material and technical base, modern technologies, institute, branch. Kirish. Ta’lim tizimining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan oliy ta’limning tubdan o‘zgartirilishi mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi bo‘ldi. Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining bosh bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bu soha jamiyatning iqtisodiyoti, fani, madaniyati va texnologik jarayoni bilan yaxlit holda chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun uning taraqqiyoti umummilliy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. XXI asr globalizatsiya bilan bog‘liq holda oliy ta’limda yangi an’analar va yangi muammolami yuzaga keltirdi. Bu jarayon dunyoning barcha universitetlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Bugungi kunda barcha universitetlar uchun dunyo ta’lim kengliklarida o‘z mavqeyini saqlab qolish, teng huquqli hamkor sifatida bo‘lish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Birinchi galda universitetlar ta’lim tizimining zamonaviy loyihasi tayyorlanib, ta’lim tizimining asosi boʻlgan yangi o‘quv rejalar, dasturlar yaratildi. 1993-yildan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va bakalavrlar tayyorlashda qoʻllanila boshladi. Viloyat markazlarida tashkil etilgan oliy o‘quv yurtlarida https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 109 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ularning ilmiy intellektual imkoniyat va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 1995-yil 31-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy oliy o‘quv yurtlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”[1] maxsus qaror qabul qilindi. Mazkur qaror 2021 yil 22 fevraldan o‘z kuchini yo‘qotgan. Mazkur qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda oliy o‘quv yurtlarining hamda akademik institutlarning taniqli olimlarini hamda yuqori malakali o‘qituvchilarini pedagogik va ilmiy faoliyatni olib borish uchun, doimiy ishdagi besh yil mobaynida ularning lavozim maoshlariga 50 foizgacha miqdorda ustamalar belgilashni nazarda tutgan holda yo‘llash, o‘quv semestrlari davrida Toshkent shahridagi o‘quv yurtlarining tajribali professor hamda o‘qituvchilarini leksiyalar kurslarini o‘qish va fan, texnika hamda texnologiya yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida mintaqaviy yo‘llashni amalda qo‘llash, oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-pedagogik potensialidan va moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 1995-yil 1-iyulgacha oliy o‘quv yurtlarining viloyatlardagi filiallari tarmog‘i qayta ko‘rib chiqish va ularni viloyatlar o‘quv yurtlariga fakultetlar, o‘quv bo‘linmalari sifatida berishning maqsadga muvofiqligi belgilab olindi. Shuningdek, qaror asosida har yili Toshkent shahar oliy o‘quv yurtlarida viloyatlar oliy o‘quv yurtlaridan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida aspirantura va doktoranturaga yo‘llayotganlar uchun o‘rinlar ajratish, oliy o‘quv yurtlari huzurida, ularning o‘qituvchi-professorlarini jalb qilib, ularga oliy o‘quv yurtlari, gimnaziyalar, litseylar tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Asosiy qism. Mustaqillining dastlabki yillarida oliy ta’lim tizimida modernizatsiyalash jarayoni hamda fan va oliy ta’lim mushtarakligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanilib, oliy ta’limni tarkiban qayta qurishdan boshlandi: birinchidan, universitet ta’limining ustuvorligi; ikkinchidan, OTMlarni bo‘lish va ixtisoslashtirish; uchinchidan, https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 110 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari OTMlarni hududiylashtirish va joylashtirishga ahamiyat qaratildi [2]. Buxoro viloyatida ham mustaqillik yillarida oliy ta’lim sohasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirildi. Viloyatdagi yetakchi universitet Buxoro davlat universiteti hisoblanadi. Mazkur universitet 1922-yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjo‘yda xalq maorifi instituti sifatida ochildi. Bu – zamonaviy oliy o`quv yurti tashkil etish yo`lidagi dastlabki harakat edi. F.Xo`jayev va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g’oyasi bilan chiqdilar, ammo BXJning tugatilishi bilan bu g’oya

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the development processes of the higher education system in the Bukhara region during the period from 1991 to 2024.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the development processes of the higher education system in the Bukhara region during the period from 1991 to 2024. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara region, higher education, education system, reforms, institute, islohotlar, система образования, ta’lim tizimi, высшее образование, modern technologies, институт, современные технологии, institut, материально-техническая база, oliy ta’lim, Ключевые слова: Бухарская область, material and technical base, Kalit so‘zlar: Buxoro viloyati, реформы, moddiy-texnik baza, Keywords: Bukhara region, филиал., branch., filial., zamonaviy texnologiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники