Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1991-2024 YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMINING RIVOJI
SAQLASH TIZIMINING RIVOJI · Adasheva Shoiraxon Maxmudillayevna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 1991
Аннотация
This article examines the stages of development of the healthcare system in Namangan region from 1991 to 2024, key reforms, and their impact on the quality of regional medical services. It analyzes the main directions of healthcare policy implemented after independence, efforts to strengthen the material and technical base of medical institutions, and programs aimed at improving public health. Furthermore, by analyzing the historical development of the regional healthcare system, the article identifies existing challenges and promising directions for future development. Keywords: Namangan region, healthcare, medical services, reforms, medical institutions, public health, doctor, health policy, medical centers Kirish. Mustakillik yillarida sog‘liqni saqlash borasida ham talaygina ishlar amalga oshirildi. Agar 1970 yilda Namangan viloyatida 98 ta shifoxona mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yilga kelib shifoxonalar soni 108 gaga yetdi [1]. 1991 yilda esa viloyatda 19110 o‘ringa ega bo‘lgan 120 ta kasalxona, 12 ta sanatoriya, 45 ta kishlok uchastka kasalxonasi, 470 ta feldsher-akusherlik punktlari faoliyat ko‘rsatdi. Dorixonalar 1941 yilda 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda ularning soni 157 taga yetdi. Viloyatda respublika axamiyatiga molik «Chortoq», «Paxtaliko‘l», https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 120 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari «Parda Tursun» sanatoriylari qayta tashkil etildi. 1991 yil sog‘likni saqlash tarmog‘iga ajratilgan budjet mablag‘ 14,5 mln. so‘mni tashkil etdi. Har bir kishiga yetadigan mablag‘ 96 so‘mdan to‘g‘ri keldi [2]. Namangan viloyati tashkil topgan 1941 yili viloyat bo‘yicha sog‘liqni saqlash sohasida bor-yo‘g‘i 91 nafar shifokor va 500 ga yaqin xamshiralar ishlagan bo‘lsa, 2000 yilga kelib, vrachlar soni 5492 tani tashkil etdi [2]. 1941 yilda viloyatda bittagina «Tez yordam» mashinasi bo‘lib, bemorlarga shifokorlar izvoshlarda xizmat ko‘rsatgan. Kasalxonalarda 800 ta o‘rin bo‘lib, ular moslashtirilmagan binolarda joylashgan edi [2]. Buni o‘sha davrda 2-jahon urushi boshlanib hamma narsa frontga safarbar etilganligi bilan izohlash mumkin. Asosiy qism. Mustakillikning dastlabki yillarida tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun alohida ahamiyat qaratildi. Masalan, viloyatda 1994 yili 16 ta “Tez tibbiy yordam” stansiyasi faoliyat yuritgan [1]. Chunonchi, 1992-1994 yillarda Go‘zal mavzesida ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, ona va bolaga mo‘ljallangan tug‘ruqxona, ayollar maslahatxonasi, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq tumanlarida eng zamonaviy tibbiyot jihozlari, asbob-uskunalar bilan ta’minlangan poliklinika, tibbiyot punktlari, Chernobil halokati qatnashchilari uchun sanatoriya, Namangan shahrida yurak xastaliklarini davolovchi kardiologiya markazi barpo etildi. Namangan viloyatida 1991-2001 yillar mobaynida 104 ta qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 ta qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher- akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 o‘rinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurildi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat ko‘p tarmoqli kasalxonasi, o‘sma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yukumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot instituti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda respublika salomatlik institutlarining https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 1-son May 2025 121 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari aholiga xizmat ko‘rsatdi [3]. Bu yerlarda nafaqat viloyat aholisi, shuningdek Farg‘ona vodiysining boshqa hududlaridan kelgan ko‘plab bemorlar yurak, qon-tomir, xarakat-tayanch organlari va asab xastaliklari bo‘yicha davolandilar. 2001 yil Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga Germaniyaning “Dina dentomed” firmasi bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra 850 ming AQSH dollariga teng tibbiyot uskunalari keltrildi. Ilmiy markazda 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilib, 131 nafar malakali vrach, 320 nafar hamshira mehnat qildi [4]. Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov 2004 yil 17 sentabrda bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida “Chunonchi, 1996-2003 yillarga rejalashtirilgan 209 ta qishloq vrachlik punktidan 32 tasi ishga tushirilmagan”ini ta’kidlab, sog’liqni saqlash borasidagi ishlarni tanqid qilgan edi[5]. 2010-2023 yillarda Namangan viloyatidagi shifoxonalar soni o‘zgaruvchan bo‘lgan. Davr mobaynida 56 ta (2011) minimal va 131 ta (2018) maksimal daraja kuzatilgan. 2023 yilda 118 ta shifoxona faoliyat yu
Доказательный фрагмент
«This article examines the stages of development of the healthcare system in Namangan region from 1991 to 2024, key reforms, and their impact on the quality of regional medical services.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the stages of development of the healthcare system in Namangan region from 1991 to 2024, key reforms, and their impact on the quality of regional medical services. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Namangan region, healthcare, medical services, reforms, public health, doctor, shifokor, медицинские центры, Kalit so‘zlar: Namangan viloyati, медицинские учреждения, tibbiy xizmatlar, islohotlar, sog‘liqni saqlash, tibbiyot muassasalari, политика в области здравоохранения, health policy, Keywords: Namangan region, aholi salomatligi, медицинские услуги, tibbiyot markazlari., реформы, medical centers, Ключевые слова: Наманганская область, здоровье населения, medical institutions, врач, sog‘liqni saqlash siyosati, здравоохранение
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026